1-mavzu. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” faniga kirish r e j a


Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 61,02 Kb.
səhifə2/7
tarix30.12.2021
ölçüsü61,02 Kb.
#49259
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu

Fiziologiya fanining rivojlanish tarixi. Odam organizmini o‘rganishga qadimgi Xitoy, hindiston, Rimda urinib ko‘rilgan. Ammo hayvonlar tanasi ilmiy asosda tekshirilmagan. Bunday urinishlar asosan din tomonidan qattiq ta’qib qilingan.

Fiziologik ilmiy kuzatish ishlari ingliz tabibi va fiziologi Uilyam Garveydan boshlandi. U 1628 yilda «hayvonlarda yurak va qon harakatini anatomik tekshirish» nomli kitob yozdi. Bu kitobda katta va kichik qon aylanish doirasi hamda yurak haqida to‘g‘ri tasavvur berdi. Bu fiziologiyaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. XVI-XVII asrda sanoatning rivojlanishi fanni rivojlanishini taqozo qiladi.

Avvalo anatomiya, keyin fiziologiya rivojlana boshladi. XVI asrda Vezaliy, Servit Kolombo, Fallopiy va boshqa anatomlar o‘tkazgan tajribalar qon aylanishini o‘rganishga asos bo‘ladi.

Levinguk va Malpigiy tomonidan kapillyarlarning topilishi qon aylanishi va qonning modda almashinuvidagi roli haqida tassavvurlarning to‘g‘riligini isbotlaydi.

XVII asrning birinchi yarimida R.Dekard (fransuz faylasufi) reflekslarni kashf etdi. Ular odam sezgi a’zolari ta’sirlanganda miyaga boradigan nerv taranglashadi, miyaning ichki teshiklari ochilib, u erdan «hayvon ruhlari» chiqadi, bu ruhlar esa nerv orqali muskullarga kelib, ularni ishga tushiradi, dedi. Bu qancha sodda tushuncha bo‘lmasin, reflektor vokeani, asab impulsi o‘tadigan yo‘lni tasvir etadi.

D.A.Borelli nafas harakatlari mexanizmi, diafragmaning ahamiyati, tasvirlardagi qon harakatlarini o‘rgandi. R.SHayner ko‘z muhitning nur sindirish qobiliyatini aniqladi. L.Galvani bioelektrik xodisalarni kashf etdi.

XIX asrda tabiatda eng katta burilish bo‘ldi, anatomiya va gistologiyadan fiziologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. SHu asrning 40-yillarida R.Meyer, J.Joul energiyani saqlanish qonunini aniqladi. Natijada odam va hayvonlar faoliyati davrida ajralib chiqqan energiya massasi sirli bo‘lib kelgan bo‘lsa, endi aniq bo‘ladi.

I.M.Sechenov va V.YA.Danilevskiy nerv markazlaridagi elektr xodisalarini birinchi bo‘lib tekshirdi. J.B.Lamarkning «Zoologiya falsafasi» va CH.Darvinning «Turlarning kelib chiqishi» nomli asarlari, SHleyden va SHvannlarning organizmni hujayralardan tuzilganligini kashf etishi, hujayra fiziologiyasi haqida tasavvurlarni vujudga keltirdi va bular ko‘p hujayrali hayvonlar fiziologiyasini o‘rganish muammosini keltirib chiqardi.

XIX asrda asosan I.N.Sechenov, I.P.Pavlov, S.P.Botkin va V.M.Bixtirovlar kabi rus fiziologlari ishlab chiqqan ta’limot-nervizm ta’limoti vujudning yagona ekanligi haqidagi har qanday qarashlarga zarba berdi. 1862 yilda markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini ochgan, 1863 yilda esa «Bosh miya refleksi» nomli asarini nashr qilgan I.M.Sechenov ishlari juda nazariy va Laboratoriya ahamiyatga ega bo‘ldi.

I.M.Sechenov oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga asos soldi. Fiziologiyani bu soxasini keyinchalik I.M.Pavlov rivojlantirdi. Oliy nerv haqidagi I.Pavlov ta’limoti fiziologiyani muhim muvaffaqiyati bo‘ldi. U shartli va shartsiz reflekslar haqidagi ta’limotni yaratdi. Buning natijasida birinchi va ikkinchi signal tartibi haqidagi ta’limot vujudga keldi.

I.M.Pavlov va uning shogirdlari izlanishlari tufayli so‘lak bezlari faoliyati, ovqat hazm qilish organlari faoliyatiga oid ko‘p qonuniyatlar to‘g‘ri va ilmiy asoslab berildi.


Yüklə 61,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin