1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja



Yüklə 281,36 Kb.
səhifə29/57
tarix30.11.2023
ölçüsü281,36 Kb.
#170077
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
OBBII 1-qism

1-bosqich. Aksariyat olimlar oiladagi hayot sikli ikki yoshning uzoq muddatga ahdu-paymon qilib nikohga kirishga qaror qilgan onlaridanoq boshlanishini ta’kidlaydilar. Boshqa mualliflarning fikricha, oilaning boshlang’ich nuqtasi ikki shaxs rasman nikohga kirgan vaqt, ko’pchilikning guvohligida o’tkazilgan tantanalar bilan izohlanadi.

  • 2-bosqich. Ikki yoshning intim qovushishi oqibatida zurriyodning paydo bo’lishi. Satirning fikricha, zurriyodning paydo bo’lishi, tug’ilishi er va xotinning asl munosabatlarini sinovdan o’tkazadi va ular o’ziga xos yangicha munosabatlar davrini boshdan kechira boshlaydilar. Bu davrga asosiy mazmun va ma’no beruvchi voqea – bu er va xotinga yangi rollarning berilishi, anchagina katta ijtimoiy mas’uliyatni o’ziga qamrab olgan ota-onalik rollarining boshlanishidir. Ko’plab xalqlarda, ayniqsa, o’zbeklarda bolaning dunyoga kelishi juda katta quvonchli marosimlar bilan boshlanib, ular qadriyat sifatida asrlar osha saqlab kelinmoqda. Masalan, bola tug’ilishi bilan bog’liq suyunchi marosimlari, aqiqa, beshik soldi, sunnat va beshik to’ylari kabilar shular jumlasidandir. Shunga qaramay, ayrim xalqlarda, masalan, Yevropa xalqlarida oilada farzandning tug’ilishi muayyan tashvishlar, ruhiy tarangliklar, ayniqsa, ona boshidan kechiradigan emotsional hayajonlar, yaqinlariga ijtimoiy va moliyaviy tashvishlarni keltirib chiqaradiki, bu ham ba’zan oilaviy munosabatlardagi tarangliklarda aks etadi. Oila va farzand oldidagi bunday mas’uliyatlar ayrim hollarda er-xotin munosabatlarining darz ketishiga, ba’zan ajrimlarga, bizning sharoitimizda quda-andachilik munosabatlaridagi kelishmovchiliklarga ham sabab bo’ladi.

  • 3-bosqich. Bola oiladan tashqaridagi ijtimoiy institutlar – maktabgacha ta’lim muassasalari, ayniqsa, uzluksiz ta’limning boshlang’ich o’chog’i hisoblangan maktabga bora boshlaydi. Maktab shunday maskanki, u yerda har bir bolaning qay darajada va qanday ijtimoiylashgani sinovdan o’tadi. Chunki u endi nafaqat o’zi tengqur bolalar bilan, balki kattalar, begonalar, ko’chadagi turli toifali insonlar bilan muomalaga kirisha boshlaydi. Bu muomala jarayonida uning qanchalik hayotga tayyorligi, oilasida qanday ahloqiy va ma’naviy o’gitlarni olganligi, kimning bolasi ekanligi, oilaviy muhiti qandayligi bilina boshlaydi. Eng muhimi – maktabga kelgach, bolaning aqliy va intellektual salohiyati, intizomi tekshiruvdan o’tadi. Ya’ni, bolasini maktabga berar ekanlar, ota-onalar ham jamoatchilik oldida o’ziga xos sinov va tekshiruvdan o’tayotganday his qiladilar o’zlarini. Yaxshi yoki yomon ota-onalik rollari maktab yillarining dastlabki oy va yillarida bilingani sababli, ko’pgina ota-onalar ayni shu davrlarda kuchli stressni boshidan kechiradilar.


  • Yüklə 281,36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin