1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja


Oilaning relaksatsiya funksiyasi nima



Yüklə 281,36 Kb.
səhifə15/57
tarix30.11.2023
ölçüsü281,36 Kb.
#170077
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
OBBII 1-qism

Oilaning relaksatsiya funksiyasi nima?
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relaksatsiya funksiyalaridir. Bu degani oila a’zolarning jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy jismoniy qkuvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. Ma’lumki, fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo’jaligining turli jabxalarida yangi texnologiyalarining joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingilarga karaganda ko’proq jismoniy, ruhiy zo’rikishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatni safarbar kilib, butun vujudi bilan ishlashni va o’zining kasb-hunar mahoratini muntazam oshirib borishni taqozo qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insonni tezda toliqib, o’zining mehnat qobiliyatini yo’qotishga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida ko’tarinkilik, kuchli zuriqish bilan ishlagan hodim ishdan so’ng o’z uyida, oila a’zolari qurshovida boshqa tashvishlarni unutib, unga ko’rsatilgan mehr-oqibatdan baxramand bo’lgan holda, ular bilan bo’ladigan o’zaro muloqot, ular tomonidan bo’ladigan emotsional qo’llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruhiy quvvat olib, ertangi kun mehnat faoliyatiga o’zini qayta tiklab olishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik-totuvlik, bir-birini tushunish, o’zaro xurmat, mehr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim hukm surmog’i lozim. Aks holda inson bu oilada emotsional jihatdan, ruhiy jihatdan o’zini qayta tiklab ola olmaydi. Bu esa oqibatda odamning mehnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlik, jaroxatlarga yo’l qo’yishiga, turli kasalliklarga duchor bo’lishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon hisoblanadi. Shuni xam nazarda tutish kerakki, oila-jamiyatning bir bo’lagi, uning asosiy yacheykasidir.
Shuning uchun oilaning o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki xolatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog’lomligiga ham ta’sir etadi. Shunday ekan, jamiyatni sog’lomlashtirish uchun, eng avvalo, oilaviy munosabatlarni yo’lga qo’yish, oilaning faqat ichki muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammolarni ham xal qilishiga hissa qo’shishini ta’minlash lozim.
So’nggi yillarda O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi tashabbusi hamda hukumatimizning qo’llab-quvvatlashi bilan oilaviy biznes, xotin-qizlar kichik va o’rta biznesini rivojlantirish, ayollar tadbirkorligi uchun banklardan imtiyozli kreditlar berish siyosati izchil amalga oshirilishi tufayli ayollarning oila byudjetiga qo’shayotgan hissasi ham ortib bormoqda. Buning natijasida farzandlarda ham tadbirkorlik hislatlari o’sishiga real imkoniyatlar yaratilmoqda. O’tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, onasi tadbirkor bo’lgan qizlarda ilk yoshlikdanoq boshqaruv va liderlik sifatlari, tadbirkorlik ko’nikmalari shakllanib borar ekan (V.M.Karimova, 2003).
Yuqorida ta’kidlangan vazifalar ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning xarakteriga ko’ra o’zgarishi, biri dolzarb, biri esa kamroq ahamiyatli bo’lib qolishi mumkin. Lekin har bir oila a’zosining shu vazifalarga psixologik jihatdan tayyorligi – ularning inson sifatida o’zini baxtli his qilishini, oilasining mustahkam bo’lishi, farzandlarining komil bo’lib etishishlarini ta’minlaydi.
Biz oila va nikoh tushunchalarining allomalar va taniqli olimlar izlanishlarida qanday ifoda etilganiga e’tiborni qaratamiz.
Ana shunday nikoh tarixiga qiziqqan olimlardan biri qadimgi grek faylasufi Platon bo’lgan. Uning fikricha, barcha zamon va makonlarda patriarxal oila ijtimoiy munosabatlarning, jamiyat hayotining asosi bo’ladi, davlat esa ana shu kabi oilalarning birlashuvidan paydo bo’lgan. Lekin Platonning o’zi o’z qarashlarini oxirigacha himoya qilib, fikrlarini yakunlay olmadi. “Ideal davlat”2 deb nomlangan loyihasida u jamiyatda hamjihatlikni ta’minlash uchun ayollar, bolalar birlashmalari va sarmoyalarning umumiyligiga erishish lozim, degan fikrni ilgari surdi. Lekin ayni shu oxirgi fikr aslida yangi emas edi. Qadimgi grek tarixchi olimi Geradot o’zining mashhur “Tarixlar” deb nomlangan asarida ayollar birlashmalari bir qator qabilalar uchun o’ziga xos xususiyat ekanligini ta’kidlagan edi. Bu kabi ma’lumotlar antik davrga xos bo’lgan qator manbalarda o’z ifodasini topgan.
Aristotel Platonning izdoshi sifatida uning “ideal davlat”ga oid fikrlarini rivojlantirib, ustozining patriarxal, ya’ni, erkak kishi etakchi bo’lgan oila modelini yoqlab fikr bildirgan. Uning fikricha, oilalar birlashib, “turar-joylarni”, “turar-joylar” birlashib, yaxlit davlatni tashkil etadi. Platon va Aristotellarning shu kabi nuqtai nazarlari anchagina davrgacha hukmron bo’ldi va oila jamiyatning bo’lagi sifatida, o’ziga xos bo’linmas patriarxal institut sifatida idrok etildi. Fransuz ma’rifatparvari Jan-Jak Russo o’z davrida “Oila – eng qadimiy va asli tabiiy bo’lgan jamiyat bo’lagidir. Oila – kerak bo’lsa, jamiyat siyosiy qiyofasini belgilovchi obraz, bunda yetakchi, rahbar – go’yoki ota misoli, xalq esa – farzandlar kabidir” deb yozgan edi. Bu aslida insoniyat tarixida uzoq vaqtgacha ustivor bo’lgan paternalizm tamoyilining yaqqol timsolidir (“patern” – ota, otalik, yetakchilik ma’nosini bildiradi).
Masalan, rus olimi A.G. Xarchevning kitoblarida bu ikki tushunchani farqlovchi jihatlar aniq belgilangan. Xususan, uning talqinida “nikoh – erkak va ayol o’rtasidagi tarixan o’zgaruvchan o’zaro munosabatlarni bildirib, shu orqali jamiyat ularning jinsiy hayotlarini tartibga soladi, o’zaro er-xotinlik munosabatlarini hamda farzandlari bilan shakllanadigan munosabatlarni, bu boradagi huquq va majburiyatlarni belgilaydi, yo’naltiradi”. Oila esa nikohga nisbatan murakkabroq tabiatli munosabatlarni ifodalaydi, chunki u nafaqat er va xotinlarning o’zaro munosabatlarini, balki ularning farzandlari, qarindosh-urug’lar, ikkalalari uchun yaqin bo’lgan insonlar munosabatlarini ham qamrab oladi.
Oila va nikoh masalalariga tarixiy yondashuv shveytsariyalik olim I.Baxoven (1815-1887) ishlarida, ayniqsa, uning “Onalik huquqi” kitobida yoritilgan. Undan tashqari, amerikalik tadqiqotchi L.Morgan (1818-1881)ning asarlarida ham oilaga nisbatan evolyutsion qarashlar bayon etilgan bo’lib, “Qadimgi jamiyat” kitobi buning yaqqol namunasi hisoblanadi. Bu asarlarda oila institutining bevosita jamiyat tarqqiyoti bilan bog’liqligi, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning takomili oilaning mustahkamligiga bog’liq ekanligi g’oyasi o’z isbotini topgan. Shunday qilib, oilani ijtimoiy institut sifatida idrok etish va uni ilmiy jihatdan o’rganish an’analari tarixi XIX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Ayni shu davrdan boshlab jahonning turli burchaklaridagi taniqli sotsiologlar va antropologlar (L.Morgan, M.Kovalevskiy, B.Malinovkiy, P.Sorokin, keyinchalik A.Xarchev, S.Golod va boshqalar.) oila muammolarini o’zlarining aniq tadqiqot mavzulari sifatida o’rgana boshladilar.

Yüklə 281,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin