1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja


Onalar va bolalar muhofazasi



Yüklə 281,36 Kb.
səhifə37/57
tarix30.11.2023
ölçüsü281,36 Kb.
#170077
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
OBBII 1-qism

Onalar va bolalar muhofazasi — onalar va bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash, sogʻlom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida bu tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar mehnatini muhofaza qilish qonunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, shuningdek, akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini koʻrsatadigan maxsus davolash-profilaktika muassasalari tarmoqlarini yaratishga asoslangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan soʻng Oila. va boshqa masalaga qaratilgan keng qamrovli chora tadbirlar koʻzda tutilgan dasturlar ishlab chiqilgan. 1998 yildan Toshkentda "Oila" ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsata boshladi; bu markazda Oʻzbekistonda oilani shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid muammolar yuzasidan ishlar olib boriladi. Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish soatlari cheklanadi, ularga toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, shuningdek, zaruriyatdan kelib chiqib oʻzlariga qulay soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari beriladi. Har bir ona va bola sogʻligʻini kuzatish, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish ham davlat zimmasida. Sogʻlom avlodni tarbiyalash maqsadida davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari tomonidan maktabgacha taʼlim, maktab, internat maktab, bolalarni sogʻlomlashtirish komplekslari kabi xilma-xil tarmoqlar rivojlantirilmoqda.
Oila va bolalar muhofazasi 2 asosiy boʻlimni: akusherlik-ginekologiya (tugʻishga yordam berish) va bolalarga davolash-profilaktika yordami koʻrsatishni tashkil qilishni oʻz ichiga oladi. Akusherlik-ginekologiya yordamini maxsus muassasalar, xususan, shaharda tugʻruqxonalar, shuningdek, tarkibida ayollar maslahatxonasi boʻlgan tug`ruqxona komplekslari, kasalxonalarning akusherlik-ginekologiya boʻlimlari, akusherlik va ginekologiya instituti, tibbiyot institutlari akusherlik-ginekologiya kafedrasi tarkibidagi shu soha boʻlimlari, ayollar maslahatxonasi, poliklinika va ishlab chiqarish korxonalari tibbiy-sanitariya qismi qoshidagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari amalga oshiradi. Qishloq joylarda ayollarga akusherlik-ginekologiya yordamini viloyat, tuman kasalxonalarining tugʻruqxona boʻlimlari, ambulatoriyasi, feldsher akusherlik punktlari va poliklinikadagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari koʻrsatadi.
Ayollar maslahatxonasi oʻz hududidagi poliklinika, homiladorlarni sogʻlomlashtirish muassasalari, "Ona va bola skrining" markazi va perinatal markazlar, tibbiy-genetik, shuningdek, "Nikoh va oila" maslahatxonalari, oilaviy va bolalar poliklinikalari, koʻp tarmoqli kasalxonalarning ixtisoslashtirilgan boʻlimlari bilan uzviy bogʻliq holda faoliyat koʻrsatadi.
Oila va bolalar muhofazasi tizimida davolash-profilaktika yordamining bir nechta bosqichlari mavjud: 1-bosqich — yoshlarni jinsiy masalalarga tayyorlash, sogʻlom oila qurish, jinsiy hayot genetikasi va jinsiy yoʻl orqali yuqadigan kasalliklardan boxabar etish boʻyicha yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatishni "Oila va nikoh" ilmiy maslahatxonalari amalga oshiradi; 2-bosqich — homilani antinatal muhofazalash kompleks chora tadbirlarini amalga oshirish ayollar maslahatxonasi, tugʻruqxona komplekslari va boshqa faoliyatiga kiradi; 3-bosqich — tugʻishni bekamu-koʻst olib borish uchun homilani perenatal muxofazalash — bu tugʻruqxonalar zimmasiga yuklatilgan; 4-bosqich — yangi tugʻilgan chaqaloq sogʻligʻini himoya etish, uni emizish, umumiy holati, fiziologik rivojlanishini nazorat qilish va boshqa tugʻruqxonalarning chaqaloqlar boʻlimida koʻzdan kechirib boriladi; 5-bosqich — maktabgacha yoshdagi bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish; 6-bosqich — maktab yoshidagi bolalar sogʻligʻigi himoya qilish. Bularning hammasi Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlga qoʻyilgan yagona Oila va bolalar muhofazasi tizimida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan Akusherlik va ginekologiya instituti, Pediatriya instituti, "Ona va bola" kasalxonasi va markazlari, shuningdek, shu sohaga oid qator davolash-profilaktika muassasalarida Oila va bolalar muhofazasi boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.

Yüklə 281,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin