1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja


nizolarga nimalar sabab bо‘lishi mumkin?



Yüklə 281,36 Kb.
səhifə56/57
tarix30.11.2023
ölçüsü281,36 Kb.
#170077
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
OBBII 1-qism

nizolarga nimalar sabab bо‘lishi mumkin?
Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bо‘lib quydagilar xizmat bо‘lish.

  1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqni xisobga olinmasligi.

  2. Yoshlarning bо‘sh vaqtini yо‘q tashkil etilishi, dо‘stlar tanlashdagi yо‘qligi, xissiyot soxasidagi yо‘qligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi yо‘qligi, umr yо‘ldosh tanlashda yо‘qlik uchun ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi:

  3. Ota-onalar ichkilikka rujо‘ qо‘yishi yoki or-nomusini yig‘ishtirib qо‘yib, buzuqchilik qilishi:

  4. Ba’zi bolalarni mexnat qilishga о‘rgatilmaganligi va buning oqibatidagi yengil-yelpi xayot kechirishiga о‘rganib qolishi:

  5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unitib qо‘yishi xam xokazo:

  6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar.

Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida oilada xalovat yо‘qoladi, о‘rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin, xatto ichib kelib, ota-onasiga qо‘l kо‘taradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq foxishaparastlar borligiga nima deysiz?
Ba’zi ota-onalar bolalardagi 3,6,13-14 yoshlarda muqarrar ravishda bо‘lib о‘tadigan krizislarni bilishmaydi. Bu yosh bosqichlarda bola ruxiyatida yangi psixologik qо‘shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan ota-onalar bilan bо‘lgan munosabatlarida kо‘zga tashlanadi. Buni sazmagan ba’zi ota-onalar “bolam nixoyatda qaysar, quloqsiz bо‘lib qoldi”, deb о‘ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi о‘zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-onadan bezish xollari kuzatiladi.
Nima sababdan qaynona bilan kelin о‘rtasida nizolar yuzaga keladi?
Oilada yangi tushgan kelinlarning kо‘pchiligi yuzaga keladigan ba’zi qiyinchiliklarni osonlik bilan yengib, kelinlik vazifalarini kо‘ngildagidek eplab ketadilar, qaynonalarini rо‘zg‘or tashvishlaridan xalos bо‘lishlar, tezda ularning mexriga sazavor bо‘ladilar. Qaynonalar xam bunday kelinni “qizim” deb bag‘riga oladilar, bilmaganini о‘rgatiladi, qiynalganida yordam beradilar, xayotiy yо‘l-yо‘riq kо‘rsatadilar. Ularning uy-rо‘zg‘or ishlarida va bola tarbiyasida yaqin kо‘makdoshga aylanadilar. Biroq xayotda qaynona –kelin orasida turli tо‘qnashuvlar xam sodir bо‘lib turadi. Gap qaynona-kelin о‘rtasida borar ekan, shuni aytib о‘tishimiz lozimki, bu masalada azal-azaldan odamlarning, insoniyatning atoqli namoyondalarining diqqat e’tiborida bо‘lib kelgan muammolardan biridir. Jumladan, XXI asrining ikkinchi yarmida yashab ijod etgan sharq mutaffakurlaridan biri Axmad Donish о‘zining “Navodir ul vaqoye” (Nodir voqealar) nomi kitobida qaynona-kelin nizolari haqida yozar ekan shunday deydi: “Qaynona-kelin nizolari bundan oldingi oilalarda xam bо‘lgan, xozir xam bor va bundan keyin xam bо‘ladi. Ular doim urushaveradilar. Ular nima uchun urushadilar? Chunki ular nima uchun urushishayotganliklarini о‘zlari xam bilmaydilar Shuning uchun urushadilar”. Demak, bu о‘rinda qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish aloxida axamiyatga molik masala ekanligi kо‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklarni keltirib chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini kо‘rib chiqamiz.

  1. Ba’zi qizlarda nikoxgacha oilaviy xayotga-qaynonaga,qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan salbiy tasavvur shakillangan bо‘ladi. Ayniqsa, yoshlar qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasavvur bо‘lishlar. Keyin esa oila qurib, tasavvuridagi emas, balki xayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar. Oqibatda ular о‘z tasavvuridagi qaynonaga xos bо‘lgan kamchilik va illatlarni xayotdagi qaynonadan axtar boshlaydilar. Borinki topishlari aniq, xatto yо‘g‘ini xam topishga xarakat bо‘lishlar.Chunki tasavvurlari ularni aldanganini tan olishni istamaydilar. Xayotda kamchiliksiz odam bо‘lmagan emas, bо‘lmaydi xam. Ideal qaynona, ideal kelin xam bо‘lishi mumkin emas. Kelinlar о‘zlari tushgan yangi oila a’zolariga ilk taassurot asosida baxo berishga oshiqmasliklari lozim. Aks xolda, pashshadan fil yasash xam xech gap emas. Kelinlar og‘ir bosiq, sabr-toqatli bо‘lishlari iloji boricha о‘zlari tushgan xonadon a’zolarining yaxshi tomonlarini kо‘rishga intilishlariga, eri shu xonadon a’zosi ekanligini unutmasligi lozim. Ana shunda bu oila tinch-totuv bо‘ladi. Zotan, kelin bu xonadonga besh kunlik mexmon emas, balki bir umirlik a’zo bо‘lib kelganligini unutmaslik kerak.

  2. Qaynona-kelinning dunyoqarashlari va uy-rо‘zzg‘or tutishlari orasida kelishmovchilik paydo bо‘ladi va keskinlashadi.

Ikki avlodning dunyoqarashi, xayotiy tamoillari о‘rtasida tafovut bо‘lish tabiiy xoldir. Ammo aksariyat xollarda qaynona-kelinlar kо‘p jixatdan bir-birining aksi bо‘ladilar. Ayrim xollarda esa qaynona-kelin andishani yig‘shtirib qо‘yib, xar birlari о‘z gaplarini о‘tkazishga xarakat bо‘lishlar. Bunday kelishmovchiliklarning oldini olish uchun kattalar yoshlarini kiyinishi, soch turmaklashi, yoqtirgan kuy va qо‘shiqlarinitinglash va shu kabi boshqa masalalarda ularni о‘z xoliga qо‘yishlari lozim. Yoshlar xam о‘z navbatida iloji boricha otaqonalarni tushinishga intilishlari ularni g‘ashiga tegadigan noо‘rin qiliq va odatlardan qaynonaga xush kelmaydigan salbiy “xoyi xavaslardan о‘zlarini tiyishlari kerak.

  1. Ba’zi kelinlar kelinlik va onalik vazifalarini bajarishga tayyor bо‘lmaydilar. Shunday kelinlar bо‘ladiki, ular na ovqat pishirishni, na kir yuvishni, na kattalar bilan muomala qilishni biladilar.

Kelin kelinligining birinchi kunidayoq xamma narsani kerakligicha bilishi va katta tajribaga ega bо‘lgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U darajada bimasa xam mayli-ya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun nikoxgacha onalar qizlariga osh-ovqat pishirishni, meva sabzavotlardan qishga sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni saramjoa-sarishta tutishini, did bilan mexmon kutishni, tejamkorlikni, oila byudjetini iqtisod qilishni, uy anjomlarini, jixozlardan asrab –avaylab foydalanishi va shu kabi uy-rо‘zg‘or ishlarini о‘rgatishga aloxida e’tibor berishlari zarur. Chunki el orasida “qiz birovning xasmi, boshqa oilaga tushishi bor”, degan xikmat bor. Shuni doimo esda tutib qizlarni rо‘zg‘orga tutishga puxta tayyorlash kerak.
Qaynonalar xam kelinlardan xadeb kamchilik va qusur axtarmasddan, uni о‘z farzandiday kо‘rib, bilmaganini sabr-toqat bilan о‘rgatib borish lozim. Kamchiliklarini yuziga solavermasdan, yaxshi tomonlarini eslab turishlari kerak. Yaxshi sо‘z xam, yomon sо‘z xam bir og‘izdan chiqadi.Qaynonalar kelinlarida xosil qilingan kо‘nikma va malakalarning о‘g‘li uchun va kelajakda nabiralari uchun xizmat qilishini esda tutishlari kerak.

  1. Ayrim xollarda qaynona –kelin bolalar tarbiyasi masalasida kelisholmay qolishadilar. Ayrim oilalarda bolalar yo bobo-buvilar yoki ota-onalar tomonidanmeyoridan ortiqcha erkalatib yuboriladi. Natijada ota-onalar bilan bobo-buvilar о‘rtasidagi “bolaga kim tarbiya berishi kerak”, degan masalada kelishmovchilik kelib chiqadi. Aslida ular xam, bular xam bolalarni kelajakda yaxshi kishilar bо‘lib yetishishini istamaydilar, tanlagan yо‘llari esa turlicha, biroq ular bir bitimga kelib olishmasa, bola tarbiyachisining xoliga voy deyavering. Buning uchun ular boladan xali joyida bir murosaga: yakdil qarorga kelib olishlari lozim. Ana shunday bobo-buvilar xam axillik bilan bola tarbiyasi borasida о‘zaro mos chora-tartiblarni belgilab olishlari lozim. Bunda bola qanday muxit va shart-sharoitda, davrdv о‘sayotganini, mijozi turini xisobga olish zarur.

  2. Ba’zi katta xonadonda ovsinlar, qaynona iltifotini qozonish yо‘lida bir-birlaridan rashk qilishlari asosida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.

  3. Oilada ikki va undan ortiq kelin bо‘lsa, qaynona ularning xammasiga bir xilda qaray olmasligi tibiiy xoldir. Kelinlardan birontasi qaynonaning didigayaqinroq, ba’zisi uzoqroq bо‘ladi. Ayollar о‘ta ruxiy sezgirliklari tufayli buni tezda sezadilar. Natijada “о‘gay” kelin bilan о‘rtasida kelishmovchilik boshlanadi. Bunday xolning oldini olish va ovsinlar orasiga sovuqchilik tushurmaslik uchun qaynona о‘z kelinlariga mumkin qadar bir xilda munosabatda bо‘lishi (ammo bu yerda xar bir kelinning muomalasi, munosabatini, qaynonaga bо‘lgan mexrini xisobga olish inkor etilmaydi) rashk qilishlariga imkon yaratib qо‘yishidan extiyot bо‘lishlari kerak. Bu о‘rinda shaxsan kelinlardan xam aql –idrok, muloxazalilik va sabr- toqat talab qilinadi.

  4. Ba’zi xollarda qaynona -kelinning yosh xususiyatlarini, qiziqishini,orzu-xavaslarini, ishlashi yoki о‘qishini xisobga olmaydi.

Kaynonalar orasida umr buyi uy bekasi bulganlari xam bor.Ular ishlash bilan uy ruzgor ishlarini baravar olib borishni uz boshidan olib borishni utkazmagan.Ana shunday kaynonalar yeshligidauzlarini risoladagiday kelin bulmagan deb biladilar.Qaynota-qaynonalar izzat qilganlarini “ularning soyalariga kо‘rpacha solganlarini ”(rostmi yolg‘onmi baribir) tez-tez ishlashni yaxshi kо‘radilar va kelinlarining xam “uzlariday”bulishini istaydilar.Bazan esa uni ugli orkali ochikdan-ochik talab kiladilar.Bunga kelinlarning imkoni bormi,yukmi,uylab xam kо‘rmaydilar. Bunday qaynonalar “extiyojini”qondirish imkoniga ega bulmagan kelinlar ularning g‘azabiga uchraydilar. Kelini xakida bular bulmas gaplarni ugillarning kulogiga kuyadilar.”О‘g‘limga aytib seni quyib yubormasam,yurgan ekanman”,deb dо‘q-pо‘pisa bо‘lishlar.Ba’zi xollarda maqsadlariga erishadilar xam. Bunday qaynonalar о‘g‘illari, nabiralari baxtidan kо‘ra uz xuzur xalovatlari kо‘prok о‘ylaydilar.Buning oldini olish uchun о‘g‘ildan kо‘prok zukkolik talab kilinadi. 7.Ayrim kelinlarning yangi oilaga mostlashishi qiyin bо‘ladi,oqibatda qaynona kelin orasida kelishmovchiliklar kelib chiqadi.Xar bir oilaning о‘ziga mos muxiti,qonun-qoidalari, an’analari, atrofda yuz berayotgan vokea xodisalarga beradigan xavo mezonlari,xatto faqat shu xonadan azolari tushinadigan,shartli ravishda qabul qilingan sо‘z, iboralari bо‘ladi.Yangi tushgan kelin о‘zi bilan о‘z tug‘ilib о‘sgan uyining muxitini,odat-kо‘nikmalarini xam olib keladi.Shuning uchun xam ayrim xollarda kelin bilan kaynonaning oilaviy muxitlari mos kelmay qoladi.
Ota -onalar iqtisodiy, moddiy, ijtimoiy saviyasi orasidagi tafovut xam aksariyat kelin-kuyov orasidagi munosabatlarning keskinlashuviga ta’sir qilishi mumkin. Bunda iqtisodiy omil shu bilan ifodalanadiki, kelin yangi tushgan xonadonda qizlik xonadonidagi iqtisodiy mо‘lqkо‘lchilikni kо‘rmasdan, о‘z turmushidan sovushi mumkin.
Shuning uchun xam donolar “Qiz bersang о‘zingdan bir pog‘ona balandga ber, sening xonadoningda kо‘rmaganini yangi xonadonda kо‘rib, yangi xonadonga kо‘nikishi oson kechadi. Qiz olsang о‘zingdan bir pog‘ona pastdan ol. Shunda kelin о‘z uyida kо‘rmagan mо‘l-kо‘lchilikni sening xonadoningdan kо‘rib, bu muxitga tez kо‘nikadi” deyishgan.
Ayollar bilan ijtimoiy ish umuman ijtimoiy ishning eng muhim va muhim yo'nalishlaridan biri sifatida tan olingan. Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 03.02.2018 yildagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 06/18/5325/0653-son Farmonida ayollarni maqsadli qo'llab-quvvatlash tizimi mavjud emasligi ko‘rsatilgan. Xotin qizlar ishlash Komissiasining maqsadlari belgilab berildi: yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan, ishsizlar bilan yakka tartibda ishlash amaliyoti yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlar bandligiga ko‘maklashish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar samarali tashkil etish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, muammolarni samarali hal etish, ikkinchidan, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolda bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarni o‘z vaqtida aniqlash; ularga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, uchinchidan, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni keng jalb etish masalalariga har tomonlama manzilli ko‘mak ko‘rsatish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, birinchi navbatda, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibda ishlash, shuningdek, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish orqali hamkorligini amalga oshirish, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish.
2018-yil 1-apreldan boshlab fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi o‘rniga xotin-qizlar bilan ishlash va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimiga o‘tkazilib, tegishli oilalarning (keyingi o‘rinlarda tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tuzilmalariga shtat birliklari) .O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni; Ijtimoiy og`ir ahvoldagi ayollar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar, bolasini (bolalarini) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan kam ta’minlangan onalar va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan ayollar uchun hududiy qulay turar-joy binolari qurish bo‘yicha manzilli dasturlar tasdiqlandi. O'zbekiston hukumati ayollar uchun imtiyozli shartlarda kvartira va uy-joyga ega bo`lish imkoniyatini yaratdi. Dastlabki toʻlov (25%) davlat jamgʻarmasi yoki ish beruvchi tashkilotlar hisobidan qoplanadi, yana 75 foizi tijorat banklari tomonidan imtiyozli ipoteka kreditlari hisobidan toʻlanadi. Keyinchalik, kvartira yoki uy uchun barcha qarzlar asta-sekin ayolning o'zi yoki ish beruvchi tomonidan to'lanadi. Yangi dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchilarni tanlash bilan shug'ullanadigan komissiyada mutaxassislar, oilaning umumiy daromadini, bir qator shartli ravishda ikki yoki undan ortiq farzand tarbiyalanishini baholamoqda.
Ayollarni maxsus ijtimoiy-demografik guruhga va mijozlarning ma'lum bir toifasiga ajratishning asosiy sababi generativ funktsiya, ularning bajarilishi biologik, ya'ni bola tug'ish qobiliyati, xususiyatlar uchun bir qator madaniy ijtimoiy shartlardir. Jamiyatning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy psixologik holatining shartliligining murakkabligi ularni yo'q qilishga tizimli yondashish, ayollarning o'ziga xos kognitiv butun ijtimoiy muammolarini olish uchun turli xil texnologiyalardan foydalanish zarurligini belgilaydi. Turli sabablarga ko'ra qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga yordam ko'rsatish uchun ayollar uchun inqiroz markazlari yoki turli turdagi ijtimoiy xizmat ko'rsatish muassasalarida filiallar ochiladi. Yaqin kunlarda imzolanishi kutilayotgan Xotin-qizlar qoʻmitasining roli va vakolatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi hujjatga koʻra, inqirozli vaziyatlarda koʻmaklashish markazlari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, shuningdek, profilaktika ishlarini kuchaytirish boʻyicha ishlar kuchaytiriladi. Oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish va ijtimoiy-psixologik xizmatlarning malaka darajasini oshirish, O‘zbekistonda yaqin yillarda davlat inqiroz markazlari tarmog‘i yaratiladi. Ularni yaratish o‘tgan yili qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan. Ular qiyin vaziyatga tushib qolgan odamlarga yordam berishga qaratilgan bo'ladi. Ixtisoslashgan markazlarning tashkil etilishi fakt bilan bog‘liq, qiyin vaziyatga tushib qolgan odamlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash zarur kadrlarga ega bo'lmagan bir nechta tuzilmalar o'rtasida qayta taqsimlanadi.



Yüklə 281,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin