Nazorat uchun savollar: “Sibling maqomi” tushunchasiga izoh bering.
Gipperproteksiya nima?
Detronizatsiya tushunchasiga izoh bering.
Agressiya nima?
Ota ona va bola munosabatlari necha turga bo`linadi?
“Siblinglar raqobati” tushunchasiga izoh bering.
Bolaning tajovvuzkor bo`lib qolishiga nima sabab bo`ladi?
Sibling maqomida- yagona farzand.
10-mavzu. Ijtimoiy xavf guruhidagi oilalar bilan ijtimoiy ish metodlari. Reja: Murakkab hayotiy vaziyatdagi oilalarni aniqlash metodikasi.
Ijtimoiy xavf guruhidagi oilalar bilan ishlash; sotsial texnologiyalari.
Murakkab hayotiy vaziyatdagi oilalarning asosiy muammolari.
Ijtimoiy qiyin ahvoldagi oilalar bilan ishlash tizimi.
Tayanch iboralar:nizo, sotsial texnologiya, murakkab hayotiy vaziyat, konstruktiv, destruktiv.
Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga kо‘ra ularning quydagicha asosiy turlariga ajratish mumkin:
Er-xotin о‘rtasidagi nizolar:
qaynona-kelin о‘rtasidagi nizolar:
qaynona-kuyov о‘rtasidagi nizolar:
ovsinlar о‘rtasidagi nizolar:
ota-onalar va bolalar о‘rtasidagi nizolar:
farzandlar о‘rtasidagi nizolar:
Albatta, bu rо‘yxatni yana davom etiraverish mumkin, xar qanday oilada er-xotinning о‘zaro munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning xarakteri, ularning oqibatlariga kо‘ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi. Muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar birikturuvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun xam psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda “konstruktiv” (“biriktiruvchi”) va ”destruktiv” (“ajratuvchi”) nizolarga farqlanadi. Ular о‘zlarining yuzaga kelishiga asos bо‘lgan muammolar, bu muammolarning xal etilishi, kechinishi, ishtirokchilar, oqibatlari va boshqalarning xarakteriga kо‘ra bir-birlaridan farqlanadi.
Qanday nizolarga biriktiruvchi nizolar deyiladi? Biriktiruvchi nizolarning yuzaga kelishiga sabab bо‘lgan muammolar va ularning xal qilinishi ham earning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlari qaratilgan bо‘ladi. Agar ular xal etilsa, buning oqibatida oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar о‘z yechimini topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, intizom, ozodalik, oila byudje6tini yuritish, saranjomlik, tejamkorlik, isrofgarchilikka yо‘l qо‘ymaslik, bola tarbiyasi va boshqa shu kabi masalalar toifasidagi nizolar misol bо‘la oladi. Ular asosan er xotin о‘rtasidagina yuzaga keladi, ularning ishtrokchilari ham faqat er-xotinlarning о‘zlarigina hisoblanadi. Bunday nizolarning muvaffaqiyatli hal etilishida er-xotinlarning bir-birini yanada yaqinroq bilib, tushunib, bir-birining salbiy va ijobiy xususiyatlarini о‘rganib borish, bir-biriga maoslashish, muammolarni xal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiluvchi jarayonlar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday nizolar “er-xotinning urishi-doka rо‘molni qurishi” kabi nizolar toifasiga kiradi. “Doka rо‘molni qurishi” er-xotin о‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.