ko'zda tutiladi. Hosildorlikni dasturlash usullari to'liq ishlab chiqilgan (Ziganshin
A.A.).
O'simliklar fiziologiyasi fanining vazifalari
O'simliklar fiziologiyasi fanining asosiy vazifasi o'simliklar hayot faoliyati
qonunlarini o'rgangan holda ularni boshqarish va hosildorlik sifatini yaxshilashdan
iborat. Hozirgi kun talabiga ko'ra o'simliklarni oziqlantirishning
ilmiy asoslarini
ishlab chiqib, qishloq xo'jalik ekinlarinining hosildorligini oshirish fiziologiya
faninng markaziy muammosidir. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov
ta'kidlaganlaridek, don mustaqilligiga erishish uchun hosildorlikni oshirish va
yangi navlarni, ya'ni qattiq bug'doyning tarkibida kleykovina ko'p bo'lgan navlarini
ko'paytirish zarur bo'ladi. Buning uchun mineral va organik o'g'itlardan
kerakli
miqdorda foydalanish hamda begona o'tlar va kasalliklarga qarshi kurash va
tegishli preparatlarni ishlatish kerak.
Fiziologiya fani yutuqlarini qo'llagan holda, serhosil, qurg'oqchilikka va
sovuqqa
chidamli yangi navlar yaratish, ular tarkibidagi oqsillar, yog'lar,
uglevodlar va vitaminlar miqdorini ko'paytirishga erishish zarur.
Dostları ilə paylaş: