1-Mavzu. O'smirlik davri Reja



Yüklə 119,32 Kb.
səhifə10/17
tarix20.07.2022
ölçüsü119,32 Kb.
#62834
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
1-Mavzu. O\'smirlik davri Reja

Keksayish va keksalik
Reja:
1. Keksalik bioijtimoiy hodisa sifatida.
2. Gerontopsixologiya muammolariga doir dolzarb tadqiqotlar.
3. Keksalik va keksayish nazariyalari
Tayanch tushunchalar: gerontologiya, oliy psixik jarayonlar,skleroz, demensiya, altsgeymer.
Qarilikning birinchi davri gerontogenez yoki keksayish davri deb ataladi. Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, bu davr 60 dan keyin boshlanadi. Ba’zi olimlar esa bu davrni ayollarda 55 yoshdan, erkaklarda 60 yoshdan keyin boshlanadi, deya ta’kidlashgan.Bu yoshdagi insonlarni uch guruhga bo'lish mumkin: qariyalar, keksalar, uzoq umr ko’ruvchilar.Xorij olimi Bernsayd bu davrni to’rt guruhga ajratgan: 60—69 yoshgacha qarilikdan oldingi davr, 70—79 yoshgacha qarilik, 80—89 yoshgacha keksalik, 90—99 yoshgacha munkillagan qarilik.Bu yoshning eng muhim xususiyatlaridan biri yosh o’zgarishi bilan kechadigan genetik programmalashtirilgan jarayonning qarishini bildiradi. Qarilik murakkab bioijtimoiy psixologik hodisadir. Biologik jarayon sifatida qarilik organizmning keksayishi, o’lim ehtimoliningortishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy hodisa sifatida keksalik nafaqaga chiqish,ijtimoiy statusning o’zgarishi, muhim ijtimoiy rollaming yo’qolishi bilan bog‘lanadi. Psixologik darajada bu ro’y bergan o’zgarishlarni anglash va unga muvaffaqiyatli moslashishdan iborat.Bu yosh o’zgarishlari nimalarda ko’rinadi, degan o’rinli savol tug‘iladi?
Dastlab organizm faoliyatining sekin-asta susayishida kuzatiladi.
Bu yoshdagi insonlarning jismoniy kuchi, energiyaning umumiyz zaxirasi yoshlik davriga nisbatan ancha kamayganligini kuzatish mumkin. Insonning qon aylanish va immun tizimi ham susayadi.Qarish jarayoni insonning nerv sistemasiga ham ta’sir qiladi.Dastlab uning sezgirligi kamayadi, tashqi ta’sirlarga organizmning sekin reaksiya bildirishi, turli sezgi organlari sezgirligining pasayishi kuzatiladi. Qarilik davrida ko'pchilik insonlar u yoki bu ma’lumotni olish uchun ko’proq vaqt sarflayotganligini his qilishadi.Qarish jarayonining natijalari insonning eshitish sezgirligining susayishida kuzatiladi. Fozard (1990)ning tadqiqotlaridan ma’lum
bolishicha, bu yoshdagi insonlarda eshitishning susayishi qariyalarning uchdan bir qismida, ko’proq erkaklarda kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning ko’pchiligida ko'rishning turlicha buzilishlari kuzatilishi mumkin. Ko’z gavhari elastikligining
yo’qotilishi hisobiga predmetlarga nazar tashlash qobiliyatining susayishini payqash mumkin. Ko’z gavhari strukturasining o’zgarishi aniq ko’rmaslikka, keyinchalik kataraktaga olib kelishi mumkin. Qariyalardagi o’zgarishlardan biri sifatida ko’rish o'tkirligining susayishida, mayda detallarni farqlashning qiyinchiligida namoyon boladi. Bunday o'zgarishlar bifokal va trifokal ko’zoynaklar bilan toldirilishi mumkin. Qariyalarda ko’rish sezgirligining o’zgarishi ko’p jihatdan psixofizik funksiyalar dinamikasi bilan ko’p jihatdan bogliq. Qariyalarda ranglarni ajratish
ham birmuncha susayadi, faqat sariq rangni ajratish 50 yoshdan keyin ham o’zgarmaydi.Ta’m bilish sezgilari ham qariyalarda qariyb o’zgarmaydi. Bartoshukning (1990) tadqiqotlaridan ma’lum bolishicha, shirinni sezish qobiliyati o’zgarmaydi. M. Spitzer (1988)ning tadqiqotlaridan ma’lum bolishicha, achchiqni sezish biroz kamayadi. Ta’m bilish sezgilaridagi qator o'zgarishlar ba’zan insonning individual xususiyatlariga ham bogliq boladi. Qariyalar ovqatdagi ba’zi komponentlarning ta’mini sezishda qiyinchilikni boshdan kechiradi, bu esa ta’m bilish analizatori emas, balki hid bilish sezgirligining susayishi evaziga sodir boladi.
Hid sezgirligining o’zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezgirligi kamayishining sabablari havoning ifloslanishi,
zaharli va qolansa hidli moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir. Shunday qilib, keksayish davrida ko’pchilik sensor funksiyalar susayadi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, biz yuqorida ko’rib o’tgan sensor sezgirlik tiplarining ko’pchilikda susayishi kuzatilsa-da, bu hammada bir xil emas. Sensor funksiyalarning susayishi, shaxs shug‘ullangan faoliyat turiga bogliq ravishda o’zgarish kuzatiladi. Masalan, butun hayoti davomida musiqa bilan shug‘ullangan insonlarda eshitish sezgirligining unchalik o’zgarmaganligini kuzatish mumkin.

Yüklə 119,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin