1-Mavzu. O'smirlik davri Reja


Yoshlikni davrlashtirish muammosi



Yüklə 119,32 Kb.
səhifə8/17
tarix20.07.2022
ölçüsü119,32 Kb.
#62834
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
1-Mavzu. O\'smirlik davri Reja

Yoshlikni davrlashtirish muammosi.Yetuklikning bosqichlari turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilingan. Yetuklik davrini birinchilardan bolib davrlashtirgan Sh.Byuler o’z-o’zini aniqlashni asos qilib, yetuklikning beshta
bosqichini ajratgan:
Birinchi bosqich (16—20 yosh) shaxsiy o’z-o’zini belgilashdan oldin keladi.
Ikkinchi bosqich (16-20 yoshdan 25-30 yoshgacha) – urinib ko’rish va izlash bosqichidir (kasb, umr yoldosh va b.). Bu davrda hayotiy maqsadlar noreal bolib,o’zgarib turadi.
Uchinchi bosqich (25-30 yoshdan 45—50 yoshgacha) – yetuklik davri: inson hayotda o’z o’rnini topadi, oila quradi. 40 yoshlarda shaxs o’zining hayotda erishgan natijalariga qarab o’zini baholay boshlaydi.
To'rtinchi bosqich (45—50 yoshdan 65—70 yoshgacha) — qartayayotgan inson, kasbiy faoliyatning tugashi, maqsadlar qo’yish va faol o’z-o’zini belgilashning yo’qolishi.
Beshinchi bosqich (70 yoshdan keyin) — qari inson: o’tmishni eslash va tinchlikni xohlash.
Mashhur gollandiyalik psixolog va psixoterapevt B.Divexud kattalar hayotidagi 7 yillik bosqichlarni ajratgan Uotering davrlashtirishini misol sifatida keltiradi1.
21—28 yosh — hayotiy bazisni egallash;
28—35 yosh — topilgan hayot asoslarini tasdiqlash;
35-42 yosh - ikkinchi jinsiy yetilish, kasbiy maqsadlarga yo’nalganlik;
42—49 yosh — maniakal-depressiv davr;
49-56 yosh - shaxsiy qartayish bilan kurash;
56—63 yosh — donolik;
63-70 yosh - o’z hayotida yana muvaffaqqiyatga erishish mumkinligini anglash, ≪ikkinchi yoshlik≫ imkoniyati. Lekin inson hayot yo’lini bunday davrlashtirish tavsiflovchi xarakterga ega bo'lib, jiddiy empirik asoslarga ega emas. Antropologlar va fiziologlar tomonidan yetuklikning quyi chegarasini 17 yoshdan (D.Birren), 21 yoshdan (D.B.Bromley),20 yoshdan ayollar, 21 yoshdan erkaklar (xalqaro klassifikatsiya bo’yicha), 25 yoshdan (W.Bunak) boshlanadi, deb hisoblashgan.O’rta yetuklik chegaralari ham turli olimlar tomonidan turlicha ko’rsatilgan: 20 yoshdan 35 yoshgacha (D.Veksler), 25 yoshdan 40 yoshgacha (D.Bromley), 25 yoshdan 50 yoshgacha (D.Birren), 36-60 yoshgacha (yoshning xalqaro klassifikatsiyasi bo’yicha).Yetuklikning yuqori chegarasi va keksalikning boshlanishi haqida ham turlicha qarashlar mavjud: 55 yoshdan (W.Bunak,W.Ginzburg, D.Bromley, D.Veksler), 60 yoshdan (G.Grim va ko’pchilik demograflar), 75 yoshdan (D.Birren).
Ilk yetuklik (yoshlik) bosqichi saylov huquqiga ega bo’lish, to'liq huquqiy va iqtisodiy javobgarlik, ijtimoiy faollikning barcha turlari bilan shug'ullanish imkoniyati bilan tavsiflanadi. Bu bosqichda hayotiy muhim qarorlar qabul qilinadi, kasbiy ta’lim olish tugallanadi, kasbiy rollar egallanadi, ma’lum muloqot doirasi
shakllanadi. Ko’pchilik oila qurgan va birinchi farzandli bo’lishadi, er-xotin va ota-ona rollari egallanadi va amalga oshiriladi.O’rta yetuklik davridagi insonlar keksalik davriga o’tayotgan ota-onalari va ota-ona uyidan alohida chiqib mustaqil hayot boshlayotganlar orasidagi holatni egallaydi. Odatda, ular ijtimoiy tomondan moddiy mustaqil emaslik, kasbiy faoliyatda yuqori darajaga erishganligi tufayli oila boshlig'i, boquvchisi, jamiyatniboshqaruvchi bo’ladilar

Yüklə 119,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin