2-mavzu: Korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi bozor sub’ekti. Reja



Yüklə 60,4 Kb.
səhifə1/14
tarix02.06.2023
ölçüsü60,4 Kb.
#122883
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 mavzu


2-MAVZU: Korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi bozor sub’ekti.
Reja.

2.1. Korxona faoliyat yuritish maqsadi


2.2. Korxona tushunchasi, belgilari, shakllari va turlari.
2.3. Korxonaning tashkiliy va ishlab chiqarish tuzilishi
2.4. Korxonadagi ishlab chiqarish va bozor aloqalari


2.1. Korxona faoliyat yuritish maqsadi

Insoniyat hayotining va faoliyatining muhim xususiyati uning moddiy borliq bilan bog‘liqligi. Inson nimaiki qilmasa, qanday ishga qo‘l o‘rmasa, o‘z maqsadiga erishish yo‘lida chegaralangan moddiy vositalarga duch keladi.


Insoniyat taraqqiyoti tarixiga nazar solsak, inson o‘zining birlamchi ehtiyojini (oziq-ovqat, uy, kiyim-kechak) qondirish maqsadida ular yerga ishlov berish, o‘rmonlarni kesish, bino qurish, chorvachilik bilan shug‘ullanish, kiyim-kechak tikish kabi ishlab chiqarish jarayonlari bilan shug‘ullangan. Ushbular bilan bir qatorda insonning ijtimoiy, ma’naviy, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud. Ularni qondirish uchun ham inson moddiy va ma’naviy resurslarga duch keladi. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z taraqqiyotining qandaydir tarixiy bosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o‘z faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, talant va boshqa vositalardan foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan.
Haqiqatda olganda korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni tashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi, hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi.



SHunday qilib korxona insoniyatni ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan jamiyatning birlamchi va asosiy bo‘g‘inidir.



Zamonaviy korxona – murakkab tashkiliy tuzilmaga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarini tashkil etishning uchta asosiy yo‘nalishda amalga oshadi:

  • ishlab chiqarishni ilmiy tashkil etish (IITE);

  • mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE);

  • boshqaruvni ilmiy tashkil etish (BITE).


Yüklə 60,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin