2-mavzu: Korxona mustaqil xo‘jalik yurituvchi bozor sub’ekti. Reja


Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy)



Yüklə 60,4 Kb.
səhifə7/14
tarix02.06.2023
ölçüsü60,4 Kb.
#122883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
2 mavzu

Hozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo‘lib, ular o‘zlariga biriktirib qo‘yilgan mulk tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko‘ra ham tasniflanadi.
Xo‘jalik faoliyati yurituvchi har bir sub’ekt bir qator huquqlarga ega bo‘lib, bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o‘zaro munosabatlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Korxonalar huquqiy shaklining har bir ko‘rinishida ularning egalari, ya’ni xususiy mulk egalari, korxona bilan turli darajadagi aloqada bo‘ladilar. Masalan, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati egalari korxona mulkining bir qismigagina egalik qilish huquqiga egalar hamda boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishda ham o‘z aktsiyalari miqyosida ishtirok etadilar.
Xo‘jalik o‘rtoqliklarida (jamiyatlarida) esa mulk egasi va mulk yaqinlashtirilgan bo‘lib, korxonani boshqarishda ularga bevosita ishtirok etish imkoniyati yaratib berilgan.
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo‘jalik o‘rtoqliklari bo‘lib, ular ishonch asosidagi to‘liq o‘rtoqlik (kommandit o‘rtoqligi) ko‘rinishida tashkil qilinishi mumkin.
Qonunga asosan ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega bo‘lgan o‘rtoqliklar - to‘liq o‘rtoqliklar hisoblanadi.
Kommandit o‘rtoqligi bir nechta fuqarolar yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro xo‘jalik faoliyati yuritish maqsadidagi shartnomalar asosida birlashuvi natijasida paydo bo‘ladi.
Jamiyatlarning ko‘pchiligida kapitallar birlashtirilgan bo‘ladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilib, Nizom jamg‘armasi hujjatlarda (Nizom va ta’sis shartnomasi) belgilab qo‘yilgan ulushlarga bo‘lingan bo‘ladi.
Bunday jamiyat muassislari jamiyatning majburiyatlari uchun javobgar bo‘lmaydilar hamda jamiyat faoliyatida o‘zlari kiritgan ulushlar doirasida zarar ko‘rishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida ochiq va yopiq turdagi hissadorlik jamiyatlari mustaqillikka erishilgandan keyin keng faoliyat ko‘rsatmoqda.
Nizom jamg‘armasi aktsiyalarga taqsimlangan jamiyat hissadorlik jamiyati hisoblanadi. Hissadorlik jamiyati a’zolari jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar, biroq o‘zlariga tegishli bo‘lgan aktsiyalar qiymati doirasida zarar ko‘rishlari mumkin.
Hissadorlik jamiyatlarining ijobiy jihatlari qatoriga quyidagilar kiradi: aktsiyadorlik kapitalining teng taqsimlangan, erkin muomaladagi ulushlar - aktsiyalarga taqsimlanishi; aktsiyadorlar jamiyat majburiyatlari uchun javobgarligining aktsiyalar qiymati hajmida cheklanganligi; aktsiyadorlik kapitalining hajmi va a’zolar sonini osonlik bilan o‘zgartirish imkonini beruvchi Nizom asosida birlashish; umumiy boshqaruv vazfalarining xo‘jalik faoliyatini boshqarish vazifalaridan alohida yuritilishi va hokazolar.
Iqtisodyotimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanoat ishlab chiqarishini jahon iqtisodiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqobatbardosh korxonalar tashkil qilish maqsadidagi tuzilmaviy qayta qurishdan iborat. Buning uchun integratsiya hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarni vaqtinchalik yoki doimiy ravishda kooperatsiya yoki kontsentratsiya asosida birlashtirish amalga oshiriladi.
Kooperatsiya jarayonida kontsern, konsortsium, xo‘jalik asotsiatsiyasi kabi tashkiliy shakllar vaqtnchalik yoki doimiy ravishda tuzilishi mumkin. Ushbu tuzilmaviy birliklarining mohiyatini qisqacha ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 60,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin