1 Mavzu: O’zbekiston Raspublikasi agrar siyosatining mazmuni, maqsadi va asosiy yo’nalishlari. Reja



Yüklə 427,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix20.11.2023
ölçüsü427,65 Kb.
#162120
1   2   3   4   5
Lecture-1

2
 
Agrar siyosatni amalga oshirishning vosita va mexanizmlari 
Mamlakat agrar siyosatini samarali amalga oshirish uchun bir qator 
qiyinchiliklar ham mavjudki, ularni e’tiborga olmasdan rivojlanish strategiyasini 
tanlash mumkin emas. Shuning uchun ham agrar siyosatni to’g’ri tanlash iqtisodiy 
islohotlarning samarali borish garovidir. Davlat tomonidan agrar siyosat orqali 
tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 

agrosanoat majmui mahsulotlari ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va 
rivojlantirish; 

O’zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash; 

aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash; 

qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni 
qo’llab-quvvatlash va takomillashtirish; 

agrar soha va sanoat sohalari ishlab chiqaruvchilari daromadlari darajasini bir-
biriga yaqinlashtirish; 

mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish. 

Davlat tomonidan agrar siyosati orqali tartibga solish quyidagi yo’nalishlarda 
amalga oshiriladi: 

oziq-ovqat, xom-ashyo va qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorlarini 
shakllantirish va rivojlantirish; 

moliya, kredit, sug’urta, imtiyozli soliqqa tortish; 

tashqi iqtisodiy faoliyatda mahalliy ishlab ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini 
himoyalash; 

agrosanoat ishlab chiqarish sohalarida ilmiy faoliyatni qo’llash va fanni 


rivojlantirish; 

qishloq joylarda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish. 
Davlat agrar siyosati orqali tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu 
usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: 

bevosita ta’ sir qilish usullari; 

bilvosita ta’ sir qilish usullari; 

tashqi iqtisodiy usullar. 
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy 
jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor 
iqtisodiyoti esa asosan iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan 
bog’langan. 
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan 
foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va ta’qiqlash, 
ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi. 
Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror 
ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri tartibga 
solish ko’zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda 
iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma’muriy 
vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. 
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik 
beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi. 
Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bir qator 
shakllarini ham ajratib ko’rsatish mumkin: 
-
davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi; 
-
ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat 
tomonidan rag’batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni 
ta’minlash; 
-
investisiya jarayoni va iqtisodiy o’sishni davlat tomonidan tartibga solish; 
-
ishchi kuchi bozoriga davlat tomonidan ta’sir ko’rsatish; 
-
qishloq xo’j aligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo’jaligini o’ziga xos bo’lgan bir qator 
xususiyatlari ta’sirida agrar tarmoqdagi xo’jalik yuritish subyektlari faoliyatini 
tartibga solishda davlatning roli muhimligicha qolmoqda. Bu, eng avvalo, qishloq 
xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer hamda boshqa bir qator 
resurslar umummilliy, davlat mulki ekanligi, ulardan samarali va oqilona 
foydalanishni davlat mulki ekanligi, ulardan samarali va oqilona foydalanishni 
davlat tomonidan tartibga solish jamiyatimiz uchun nihoyatda zarurligi bilan 
bog’liq. Shu bilan birga agrar tarmoqda xo’jalik yuritishning shartnomaviy-
huquqiy bazasini yaratish, soliq, moliya-kredit va narx mexanizmlari orqali 
tartibga solish har qanday xo’jalik yuritish sharoitlarida ham o’z ahamiyatini 
yo’qotmaydi. 
Agrar 
soha 
rivojlanishining 
hozirgi 
holati, 
tarmoq 
investision 
jozibadorligining nisbatan pastligi, kapitalning sekin aylanishi, qishloq xo’jaligida 
tadbirkorlik bilan shug’ullanishning o’ta tavakkalchilikka moyilligi hukumat 
tomonidan agrar siyosatni olib borishda har tomonlama puxta o’ylangan va tizimli 
yondoshuvni talab etadi. Bunday siyosat yuritish agrar sohasida bozorning salbiy 
ta’sirlarini yumshatish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish, uzoq muddatli 
iqtisodiy sur’atlarini va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash 
imkonini beradi. 
Amerikalik iqtisodchi olimlar K.R.Makkonnel va S.L.Bryular davlatning 


agrar sohaga faol aralashuvi zaruriyatini quyidagi muammolarga bog’laydilar: 
-
qishloq xo’j alik mahsulotlariga bo’lgan talabning noelastikligi; 
-
texnik rivojlanish natijasida fermerlar mahsulotlarining talabdan oshiqcha 
ishlab chiqarilishi; 
-
qishloq xo’j alik resurslarining nisbatan immobillik xususiyati; 
-
qishloq xo’j aligi mahsulotlari bozorida sof raqobat kurashi hukm surgan 
holda, 
unga 
resurslar 
yetkazib 
beruvchi 
bozorlarda 
monopoliya 
elementlarining mavjudligi. 
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining tabiiy-iqlimiy sharoitlarga bog’liqligi 
bu tarmoqda narxlar va fermer xo’jaligi daromadining barqarorligiga ham salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. Masalan, qulay ob-havo sharoitida bozorga talabdan ortiqcha 
mahsulotning kirishi narxlarning keskin pasayishiga olib kelishi mumkin. Bunday 
holatni ko’proq g’alla, sabzavot, poliz, meva va uzum mahsulotlari bozorida 
kuzatish mumkin. Ba’zan narxlarning bunday pasayishi mahsulot tannarxini 
qoplashga ham imkon bermasligi oqibatida fermerlar katta zarar ko’radi. Tabiiyki, 
bunday sharoitlarda agrar sohada erkin bozor munosabatlari amal qilayotgan 
bo’lsa, fermerlar xonavayron bo’lishi turgan gap. Ikkinchi bir yili ob-havoning 
noqulay kelishi (qurg’oqchilik, sel, jala va hokazo) hosilning keskin kamayib 
ketishiga va natijada narxlarning haddan tashqari qimmatlashib ketishiga sabab 
bo’lishi mumkin. Bunday hollarda fermerlar hosilning kamayib ketishidan zarar 
ko’rsalar, iste’molchilar narxlarining balandligidan aziyat chekadilar. Ko’rinib 
turibdiki, har ikkala holda ham fermer ko’proq zarar ko’radi va bu holat qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-quvvatlash 
zaruriyatini yuzaga keltiruvchi omillardan biri sifatida yuzaga chiqadi. Davlatning 
agrar iqtisodiyotni tartibga solishdagi asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni 
belgilash mumkin: 
1.
Ma’muriy-huquqiy tartibga solish vazifasi - fermer xo’jaliklari faoliyatining 
tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa asoslarini tartibga solib turuvchi 
qonuniy me’yorlar hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish va ularga rioya etilishini 
nazorat etishni nazarda tutadi. 
2.
Huquqiy himoyalash va kafolatlash vazifasi - fermer xo’jaliklarining 
barqaror rivojlanishini, boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar bilan teng 
sharoitlarda faoliyat yuritishini ta’minlashga va ular faoliyatiga turli nazorat 
etuvchi hamda tekshiruvchi organlarning noqonuniy aralashuvlarini cheklashga 
imkon beruvchi qonuniy-me’yoriy asoslarini yaratish va ularga rioya etilishini 
nazorat etishni nazarda tutadi. 
3.
Barqarorlashtirish vazifasi - agrar iqtisodiyotda inqirozli holatlarni bartaraf 
etish, ishlab chiqarishning pasayishiga yo’l qo’ymaslik, inflyasiya va ishsizlik 
darajasini kamaytirish, qishloq xo’jaligi tarmoqlari tarkibining mutanosibligini 
ta’minlash bilan bog’liq. 
4.
Rag’batlantirish vazifasi - fermer xo’jaliklarini, shuningdek, ularga xizmat 
ko’rsatuvchi tarmoqlar faoliyatini turli iqtisodiy dastaklar yordamida 
rag’batlantirish va qo’llabquvvatlash choralarini ifodalaydi. 
5.
Taqsimlash vazifasi - ijtimoiy adolat va himoyalash sifatida daromadlarni 
qayta taqsimlash, shuningdek, fermer xo’jaliklarining moddiy-texnikaviy 
resurslardan imtiyozli asoslarda foydalanishiga sharoit yaratish maqsadida 
resurslar taqsimotiga tuzatishlar kiritish bilan bog’liq. 
6.
Ijtimoiy kafolatlash vazifasi - ijtimoiy ta’minot va himoyalashning samarali 
tizimini yaratish, shuningdek fermer xo’jaliklarining ta’lim, sog’liqni saqlash va 


madaniy tadbirlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish bilan bog’liq chora-tadbirlarni 
o’z ichiga oladi. 
7.
Muhofaza qilish vazifasi - qishloq xo’jaligini salbiy xarakterdagi tashqi 
ta’sirlardan (masalan, atrof-muhitning ifloslanishi, qishloq xo’jaligiga yaroqli 
yerlarning sho’rlanishi, qurg’oqchilik yoki tabiiy-ofatlar va b.) saqlash, tovar 
ishlab chiqaruvchilarini tashqi eksportyorlardan yoki jahon bozoridagi kuchli 
raqobatdan himoyalash kabi vazifalardan iborat. 
8.
Nazorat etish vazifasi - qonuniy-me’yoriy hujjatlar, hukumat qarorlari va 
boshqa hujjatlarning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish bilan bog’liq. 
9.
Axborot-maslahat ta’minot vazifasi - fermer xo’jaliklarining axborot 
ta’minoti tizimidan teng sharoitlarda, to’siqlarsiz foydalanish imkoniyatini 
yaratish, ular uchun iqtisodiy muammolarning samarali yechimini topish, xom-
ashyo va resurslar ta’minoti, ilg’or texnika va texnologiyalarni qo’llash yuzasidan 
maslahat berishni nazarda tutadi. 
10.
Analitik-tahlil vazifasi - davlatning fermer xo’jaliklari rivojlanishini kuzatib 
borish, chuqur tahlil qilish va shu asosda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish 
vazifasini nazarda tutadi. 
11.
Ekspertlik vazifasi - fermer xo’jaliklari va agrar tarmoqni barqaror 
rivojlantirishga oid loyihalarni, dasturlarni, shuningdek mahsulot va tovarlarni 
davlat standartlariga mos kelishini davlat ekspertizasidan o’tkazish hamda tegishli 
xulosalar chiqarishdan iborat. 
12.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish vazifasi - xalqaro bozorlarda 
fermer xo’jaliklari manfaatlarini himoyalash, imtiyozli bojxona ta’riflari va 
soliqlar orqali eksport uchun qulay iqtisodiy muhit hosil qilish tadbirlaridan iborat. 
13.
Istiqbolni belgilash vazifasi - agrar tarmoq va fermer xo’jaliklarini 
istiqbolda rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash choralarini izchil 
amalga oshirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. 
Fermer xo’jaliklarini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-
quvvatlashning turli shakllari, usullari, mexanizmlari va dastaklarini o’z ichiga 
muayyan tizim shakllangan bo’lib, bu tajribalarni o’rganish agrar sohani qo’llab-
quvvatlashning milliy tizimini shakllantirishga yordam berishi mumkin. 
Shunday qilib, davlat tomonidan agrar siyosatni tartibga solishning qarab 
chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda 
milliy iqtisodiyot agrar sektorida takror ishlab chiqarish jarayoniga va 
mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 

Yüklə 427,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin