1 Mavzu: O’zbekiston Raspublikasi agrar siyosatining mazmuni, maqsadi va asosiy yo’nalishlari. Reja



Yüklə 427,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.11.2023
ölçüsü427,65 Kb.
#162120
1   2   3   4   5
Lecture-1

 
 


1
 
O'zbekiston respublikasi agrar siyosatining o'ziga hos hususiyatlari 
“Siyosat” termini (grek tilidan 
politika-davlat
va jamiyat ishlari) aholi turli 
guruhlari o’rtasidagi munosabatlar sohasidagi faoliyat, shuningdek davlat 
ishlaridagi ishtirok, uning faoliyati mazmuni, shakl va vazifalarining 
aniqlanishi tushuniladi. 
Davlatning iqtisodiy siyosati uning strategik vazifalaridan kelib chiqib 
jamiyatda ishlab chiqarish, daromad va ne’matlarni taqsimlash jarayonlarini 
tartiblash uchun davlat tomonidan joriy davr ichida qo’llaniladigan chora-
tadbirlar tizimini ifodalaydi. 
Davlatning iqtisodiy siyosati o’z ichiga tashqi iqtisodiy, tarkibiy-
investisiyaviy, institusional, agrar, sanoat, ijtimoiy, narx, moliyaviy, soliq-
byudjet, pul-kredit, hududiy (mintaqaviy) siyosatlarni oladi.
1
Agrar siyosat - iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u 
qishloq xo’jaligi va unga bog’liq xo’jalik sohalarini qamrab oladi, mamlakat 
oziq-ovqat xavfsizligini va aholini oziqovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni 
yaxshilash, agrar sektor ishlab chiqarishining samaradorligini oshirish, 
qishloqlarni obod etish asosida qishloq aholisining daromadlari va turmush 
darajasini yuksaltirish vazifalarining amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Uni 
davlatning agrar iqtisodiyot doirasida harakatga keltiriladigan jarayonlar shakli 
va metodlari ko’rinishidagi faoliyati deb ham tushunish mumkin. Agrar 
siyosatni agrar iqtisodiyot sohasida eng ta’sirchan shakl va usullar orqali yuz 
beradigan iqtisodiy jarayonlarning o’zaro ta’siri orqali amalga oshuvchi agrar 
sektorda xo’jalik-moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratishga 
qaratilgan davlatning faoliyati sifatida belgilash mumkin. 
Davlatning agrar siyosati qishloq xo’jaligi va hududlarini barqaror 
rivojlantirishga qaratilgan davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi 
bo’lib hisoblanadi. 
Qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi deganda ularning barqaror 
ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishning o’sishi, qishloq xo’jaligi samaradorligining oshishi, qishloq 
aholisi to’liq bandligiga erishish va turmush darajasining oshishi, yerlardan 
oqilona foydalanish tushuniladi. 
Agrar siyosat o’zida qishloq aholisining moddiy, ijtimoiy, huquqiy va 
iqtisodiy shartsharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. 
Agrar bozor, investisiya, kredit, moliya, ilmiy texnikaviy va texnologik 
faoliyat, soliqlar va soliqqa tortish, ijtimoiy muhit, maqsadli va tarkibiy qayta 
shakllanish agrar siyosatning asosiy sohalaridir. 
Agrar siyosatning umumiy maqsadi muayyan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, 
hududiy, tarmoq, ekologik maqsadlar bilan tavsiflanadi. Davlat rivojlanishi 
bosqichlari va tabiiy-tarixiy sharoitlarga bog’liq ravishda aniq maqsadlar o’zaro 
nisbati o’zgaradi. 
Davlat agrar siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilar: 

qishloq 
xo’jaligi 
mahsulotlari 
va 
tovar 
ishlab 
chiqaruvchilar 
raqobatbardoshligini oshirish, oziq- ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash; 

qishloq hududlari barqaror rivojlanishini, qishloq aholisi bandligini ta’minlash, 
ularning turmush darajasini, shuningdek qishloq xo’jaligida band 
bo’lganlarning ish haqini oshirish; 

qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun qo’llaniluvchi tabiiy 
1
Саидова Д.Н., Рустамова И.Б., Турсунов Ш.А. “Аграр сиёсат ва озик-овкат хавфсизлиги”. Укув кулланма. Т.: 
“УзР Фанлар Академияси Асосий кутубхонаси” босмахонаси нашриёти, 2016. - 257 б. 


resurslarni takror ishlab chiqarish va asrab-avaylash; 

qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari daromadliligi oshishini va shu 
bozorlar infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlovchi xomashyo, qishloq xo’jaligi 
va oziq-ovqat mahsulotlari samarali faoliyat yurituvchi bozorlarini 
shakllantirish; 

qishloq xo’jaligi sohasida investisiyalar hajmini oshirish va qulay investision 
muhitni yaratish; 

qishloq xo’jaligi mahsulotlari, xomashyo va qishloq xo’jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilari qo’llovchi sanoat mahsulotlariga narx indeksini kuzatish va bu 
narxlar indeksi o’zaro nisbatiparitetini ushlab turish. 
Davlatning agrar siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 

qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlaning manzilliligi va hammabopligi; 

davlat agrar siyosati holati to’g’risida axborotning mavjudligi; 

qishloq xo’jaligi mahsulotlari, xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlari 
bozorining yagonaligi va bu bozorda raqobat teng shartlarining ta’minlanishi; 

davlat agrar siyosati chora-tadbirlarini amalga oshirishning ketma-ketligi va 
uning barqaror rivojlanishi; 

davlat agrar siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qishloq xo’jaligi 
tovar ishlab chiqaruvchilarining ishtiroki. 
Davlat agrar siyosatining asosiy yo’nalishlari: 

oziq-ovqat tovarlari bilan aholini barqaror ta’minlash; 

qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyo bozorlarini 
shakllantirish va tartibga solish, uning infratuzilmasini rivojlantirish; 

qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat qo’llab-quvvatlashi; 

ichki va tashqi bozorda qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlarini ishlab 
chiqaruvchilar iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish; 

agrosanoat majmuasi sohasida fanni va innovasion faoliyatni rivojlantirish; 

qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish; 

qishloq xo’jaligi uchun mutaxassislarni o’qitish, tayyorlash va qayta 
tayyorlash tizimini takomillashtirish. 
Agrar siyosat negizida agrar qonunchilik va agrar tarkib shakllanadi. Agrar 
qonunchilik - qishloq xo’jaligida va qishloq aholisi hayoti bilan bog’liq holda 
amalga oshayotgan jarayonlarga ta’sir o’tkazuvchi huquqiy me’yorlardir. Yerga 
egalik munosabatlari, kredit va soliqqa tortish, mehnat munosabatlari, mulkiy 
munosabatlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, taqsimlash
ayirboshlash va iste’moli yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, 
ijtimoiy ta’minot va boshqalar agrar qonunchilikning muhim sohalariga kiradi: 
Agrar tarkib - agrar qonunchilikka asoslangan, qishloq xo’jaligi rivojlanishi, 
aholining yashash va ishlash sharoiti xususiyatlari hisobga olingan, ishlab 
chiqarish omillariga bog’liq agrar sohaning iqtisodiy, texnik va ijtimoiy unsurlari 
yig’indisidir. U mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi. 
Agrar siyosatning negizida agrar bozor yotadi. Agrar bozor agrar siyosatni 
ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi manfaatlariga mos amalga oshirilishiga 
yordam qiladi. 
Agrar siyosatning asosiy vazifasi - agrar sohadagi jarayon va qarashlarni aks 
ettiribgina qolmasdan, balki kishilarning shu sohadagi qarashlari, jarayonlari va 
qonunlari tizimidagi faoliyatini ochib berishdir. Uning vazifalariga quyidagilar 
kiradi: 

mamlakat aholisini iqtisodiy asoslangan baholardagi sifatli oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan ta’minlash; 



qishloq xo’jaligining umumiy daromad yaratish sohasidagi ishtirokini 
ta’minlash, agrar sektorni rivojlantirish; 

agrar tashqi savdo siyosatini olib borish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasini 
yaratish; 

atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish. 
Agrar siyosatning tamoyillarini ko’rib chiqib uning muhim oziq-ovqat, 
qishloq xo’jaligi, agrosanoat va tashqi savdo jihatlariga, shuningdek uni 
tavsiflovchi ko’rsatkichlariga e’tiborni qaratish lozim: 

Yüklə 427,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin