ravishda bir necha davrlarga bo’lish mumkin.
1.
1920 yillargacha bo’lgan davr. Bu davrda qishloq xo’jaligi tarqoq
holda rivojlangan. Qishloq xo’jaligi asosan oziq-ovqat muammosini hal qilish va
qisman xorijiy bozorlarga muhim tovarlarni ayirboshlash vositasi bo’lib xizmat
qilgan. Yerga asosan ma’lum guruh egalik qilgan va ularning shaxsiy manfaatlari
agrar siyosatning mohiyatini tashkil qilgan. Agrar siyosat soliqlar va to’lov
vositalari orqali amalga oshirilgan.
2.
1920-1991
yillar.
Mamlakat
agrar
siyosati
asosan
paxta
yakkahokimligi siyosatiga qaratilgan, yerga egalik davlatning qo’lida, ishlab
chiqarish va mulk munosabatlari umumiylikka asoslangan.
Agrar siyosat davlat
tomonidan, asosan sanoatning manfaatlariga asoslangan holda amalga oshirilgan.
3.
1991-1997 yillar. Barcha sohalarda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar
mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga qishloq xo’jaligida ham amalga oshirilishga
harakat qilindi.
4.
1998 yildan keyingi davr. Bu davr mamlakat hukumatining qishloq
xo’jaligiga keskin e’tibor qaratishi bilan boshlandi. Mamlakat qishloq xo’jaligida
iqtisodiy islohotlarni keskin chuqurlashtirish borasida qator qonun va me’yoriy
hujjatlarning qabul qilinishi bu tarmoqqa e’tiborning kuchayishidan dalolat berdi.
Mamlakat qishloq xo’jaligidagi mavjud iqtisodiy tushkunlikni yo’qotish va uni
samarali rivojlantirishning qator dasturlari ishlab chiqildi va ular davriy ravishda
takomillashtirilib amalga oshirilmoqda. Bu davrdagi
agrar siyosatning asosiy
xususiyatlariga
yerga munosabatning keskin o’zgartirilishi, rivojlangan
mamlakatlar tajribalari va mamlakat ichki xususiyatlari e’tiborga olinib amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ishlab chiqarishni fan yutuqlari asosiga qurish,
yangi texnologiyalardan foydalanish kabi bir qator xususiyatlar xosdir.
Dostları ilə paylaş: