1-mavzu. O’zbekiston respublikasi ta’lim tizimida modernizatsiya jarayonlari



Yüklə 59,19 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü59,19 Kb.
#95818
3-MAVZU

3-MAVZU. O’zbekiston respublikasi ta’lim tizimida modernizatsiya jarayonlari

Reja:

1.Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashning muhim yo’nalishlari.

2.Oliy ta’lim tizimi va globalizatsiya.

3.Ta’lim sifatini ta’minlash.


Ta’lim tizimidagi modernizatsiyaga yorqin misol ta’limdagi islohatlardir(ta’limning tuzilishi, mazmuni, shakl va metodlarning tubdan o’zgarishi ). Keyingi davrlarda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar davlat miqyosida ba’zan esa davlatlararo masala sifatida talqin etiladi. Ta’lim tizimidagi islohatlar ijtimoiy ehtiyoj sifatida qabul qilinishi lozim. U evolyutsion xarakterda hamda revolyutsion xarakterda bo’lishi mumkin. Reformalar ta’limning tanlangan bir tizimida sodir bo’lishi yoki davlat miqiyosida barcha ta’lim bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin (1917 y, 1958 y, 1984 y, 1997 y).
Ta’limni modernizatsiyalashdan maqsad ta’limning taraqqiyotini ta’minlash va tizimda XXI asrda yashayotgan jamiyattning ehtiyojlari, iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari, har bir shaxsning va oilaning ehtiyojlari aks etishi lozim. Bunday taraqqiyot tizimini yaratish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
  • Davlat tomonidan to’liq ta’lim olish huquqini ta’minlanishi;
  • Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy ta’lim sifatini ta’minlash;
  • Ta’limning xuquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni yangi resurslarini aniqlash va jalb etish.
  • Pedagog maqomini ko’tarish va har tomonlama qo’llab-quvvatlash;
  • Ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlash va uning qatnashchilarini mas’uliyatini oshirish.

Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha 2011 — 2016 yillarga mo’ljallangan dastur ijrosi ayni chog’da izchillik bilan bajarilayotgani tizim rivojida muhim omil bo’layapti. Bularning barchasi Yurtboshimizning “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lishlari shart!” degan ezgu maqsadining hayotiy ifodalaridir. 
2011-2012 o’quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qat’iy talab qo’yilmoqda
xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o’quv dasturlarini har bir ta’lim yo’nalishining o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish ko’zda tutilgan. Talabalarning xalqaro ta’lim resurslaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida yaqin yillar ichida oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi zamonaviy optik tolali yagona kompьyuter tarmog’i ishga tushiriladi. Yuqori tezlikdagi Internetga ulanuvchi ushbu tarmoq yordamida mamlakatimiz hamda xorijdagi ta’lim muassasalari bilan aloqa bog’lash, video-anjumanlar o’tkazish mumkin bo’ladi. Prezidentimizning 2011 yil 20 maydagi «Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayѐrlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori Oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiyalash, ularning zamonaviy o’quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim jaraѐnlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, ilg’or pedagogik texnologiyalar hamda o’qitish shakllarini joriy etish, o’qituvchi kadrlar mehnatini rag’batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiy soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlarini qamrab olgan. Avvalo, ushbu dastur o’z ichiga

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 59,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin