1-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari. (4 soat) Reja


Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi



Yüklə 185,22 Kb.
səhifə7/14
tarix19.12.2023
ölçüsü185,22 Kb.
#186323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
1-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy t-fayllar.org

Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi.
«Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya 
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy,
makon, «logos» -fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini 
boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga
qaratilgan pedagogik jarayondir. 
O‘zbekiston Respublikasida tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etishga alohida e'tibor
qaratilmoqda. Bu yo‘lda amalga oshiriluvchi ijtimoiy-ekologik harakat mazmuni «O‘zbekiston 
Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat rejasi»da o‘z ifodasini topgan.
O‘quvlarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish, mehr-muhabbatni uyg‘otish, 
atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich sanaladi.
Ekologik ta'lim o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy 
ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta'limiy jarayonidir.
Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo‘lida olib 
borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ekologik ong tabiat va
atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo‘lib, 
u murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik faoliyat esa ekologik
bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan 
xatti-harakatlar majmui demakdir.
1.

33
Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiyaning suhbat, davra suhbati, ekskursiya


bahs-munozara,
ijodiy

tanlovlar,


uchrashuv, 
ijtimoiy-foydali
mehnat

(shanbalik,


hashar,

ko‘kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish


va jazolash kabi metodlar yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror topishini 
ta'minlaydi.
O‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan sub'ektlarning shaxsiy namunalari, o‘quv manbalari, 
badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, Internet) materiallari va ularning g‘oyalari
o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari sanaladi.



Yüklə 185,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin