O‘quvchilarni fuqarolik ruhida tarbiyalashda davlat ramzlarining ahamiyati. Davlat
ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari
hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar
majmuidir.
Muayyan davlatning bayrog‘i, gerbi (tamg‘asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini
ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunni ifoda etadi. Davlat
ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq, millat o‘tmishi, qadim an'analari,
xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat
madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g‘oyalari tarannum etiladi.
Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilar sanaladi. Ramzlar – bu shartli
belgilar bo‘lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar
tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining e'lon qilinishi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni
ifoda etuvchi ramzlarni yaratishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan 1990 yil 30 martda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi +aror
qabul qilindi va bu borada amaliy ishlar boshlab yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida O‘zbekiston
Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilindi. Ushbu madhiya mualliflari O‘zbekiston Xalq shoiri va
taniqli bastakor Mutal Burxonovdir.
Ta'lim muassasalarida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga davlat ramzlari,
ularning mohiyati borasidagi ma'lumotlarni berish, ularning ongiga davlat ramzlarining xalq, millat or-
nomusi, sha'ni, qadr-qimmatining timsoli ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni singdirish orqali ularda mazkur
ramzlarga nisbatan hurmat tuyg‘usini qaror toptirish kabi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq
sanaladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasining quyidagi matni o‘quvchilar
tomonidan nafaqat yod olinishi, balki madhiya mazmunida ifoda etilgan g‘oyalar mohiyatini chuqur tahlil
eta olish layoqatini shakllantirish uchun ma'lum shart-sharoitlarni yaratib berish ta'lim muassasalari
jamoasi, ularning rahbariyati oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Davlat madhiyasi kabi uning bayrog‘i, gerbi (tamg‘asi) ham jahon miqyosida mavjud bo‘lgan
muayyan davlatning o‘z xalqi, millati nomidan faoliyat yuritish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘ida oq, ko‘k, yashil va qizil ranglar o‘z ifodasini topgan
bo‘lib, ularning har biri muayyan ma'noni anglatishga xizmat qiladi. Oq rang qizil rang bilan
hoshiyalangan. Respublika bayrog‘ida yurt tarixi, o‘zbek xalqining milliy ruhi va yurt tabiatining jamoli
aks ettirilgan. Bayroqning chap tomoni yuqorida qismida yarim oy va o‘n ikki yulduzning tasviri
tushirilgan. Ko‘k rang va yulduzlar tasviri tiniq, moviy osmon belgisidir. O‘rtadagi oq rang esa yorug‘
kun va pokiza, oq ko‘ngilli o‘zbek xalqining tilagi, qizil hoshiyalar esa tomirlarda jo‘sh urayotgan qon
kabi tiriklik va hayot ramzidir. Yashil rang esa qadim-qadimdan tabiat belgisi, oy (yangi oy) ramzining
berilishi mustaqillik sharoitida hayot kechirish xalqimiz uchun o‘ziga xos yangi davr ekanligining
ifodasidir. Yulduzlar sonining o‘n ikkitaligi yil oylari, muchal hisobiga nisbatdir. Umuman, yulduzlar
qadimdanoq abadiyat timsoli sifatida qadrlanib kelingan. XVIII asrdan boshlab esa, buyuk intilish hamda
ulug‘ g‘oyalarning ifodasi sifatida talqin etila boshlangan.
Respublika milliy bayrog‘ining huquqiy maqomi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i
to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab berilgan. Milliy bayroq va uning mohiyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni
o‘quvchilarga yetkazish sinf soatlarida, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida amalga
oshiriladi.
Bayroq davlat mustaqilligining belgisigina bo‘lmay, u O‘zbekiston Respublikasi nomini xalqaro
maydonda ramziy ravishda ifoda etish uchun xizmat qiladi. Davlat bayrog‘i Prezidentlik apparati,
Respublika Oliy Majlisi va hukumati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorig‘i Kengeshi va hukumati,
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, turli davlatlarda Respublika nomidan ish olib boruvchi
O‘zbekiston Respublikasining doimiy vakolatxonalari binolarida ko‘tariladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik mehmonlar Respublika bayrog‘ini hurmat
qilishlari shart. Davlat bayrog‘iga nisbatan hurmatsizlik qonun yo‘li bilan jazolanadi.
Davlat ramzlarining yana biri – bu Davlat gerbi (tamg‘asi)dir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat
gerbining qabul qilinishi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi +onun g‘oyalari
hamda o‘zbek xalqining ming yillik boy tajribasiga asosan amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbida tog‘lar, daryolar, bug‘doy boshoqlari (chap
tomonda), ochilgan g‘o‘za shohlarining (o‘ng tomonda) gulchambar holidagi tasviri aks ettirilgan. Gerb
o‘rtasida serquyosh yurt ramzi bo‘lgan quyosh o‘zining zarrin nurlarini sochib turibdi. Gerbning
yuqoridagi qismida Respublika mustaqilligining ramzi sifatida sakkiz burchak tasvirlangan bo‘lib, uning
ichida yarim oy (yangi oy – yangi tuzum) va yulduzlar (abadiyat timsoli) joylashtirilgandir. Gerbning
markazida baxt va erksevarlik ramzi bo‘lgan kumush rangli Xumo qushi qanotlarini yozib turgan holda
tasvirlangan. Xumo qushi insonga baxt keltiruvchi, uni turli ofatlardan himoya qiluvchi, mehribon jonzot
sifatida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida keng talqin etib kelingan. Gerbning pastki markaziy qismida Davlat
bayrog‘i ranglaridagi chambar lenta o‘zagida «O‘zbekiston» so‘zi yozilgan. Gerbda ifoda etilgan sakkiz
qirrali burchak – masammandir. Ushbu belgi ijtimoiy hayotning ma'lum bir g‘oya, kuch birlashtiradi
degan g‘oyani anglatishga xizmat qiladi. Paxta va bug‘doy boshoqlarining tasviri rizqu-ro‘zning
nishonasidir.
Davlat gerbining huquqiy maqomi ham maxsus +onun bilan himoyalanadi. Davlat gerbidan
foydalanish huquqi maxsus davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga berilgan bo‘lib, ularga
O‘zbekiston Prezidenti devoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, davlat hokimiyati va
boshqaruvning mahalliy idoralari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, barcha toifadagi sudlar, prokuratura,
diplomatik va konsullik vakolatxonalari kiradi.
Davlat gerbining tasviri tushirilgan muhrlar, hujjatlarning blankalari va ulardan foydalanish,
saqlash hamda yo‘qotish tartibi Respublika Vazirlar Mahkamasining maxsus hujjati asosida tartibga
solingan.
Davlat gerbining tasviri, shuningdek, fuqarolik pasporti, korxona, tashkilot, muassasalarning ish
qog‘ozlari, muhrlarida o‘z aksini topgan. Respublika fuqarosi shaxs sifatida o‘z sha'ni, or-nomusini
qanchalik muqaddas bilsa, fuqaro sifatida davlat ramzlarini shu qadar muqaddas bilishi, uni asrash,
muhofaza qilish uchun o‘zida mas'ullik tuyg‘usini qaror toptirishi lozim. Fuqarolik tarbiyasini yo‘lga
qo‘yish jarayonida davlat ramzlaridan noqonuniy hamda axloqsiz ravishda foydalanayotgan kimsalarga
nisbatan murosasiz bo‘lish lozimligini uqtirib borish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va
taraqqiyot yo‘li» nomli asarida shunday yozadi: «O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o‘z yo‘li
to‘rtta asosiy negizga asoslanadi. Bu negizlar:
-
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
-
xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
-
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-
vatanparvarlik».
Fuqarolik tarbiyasining asoslaridan biri millat, xalq o‘tmishini o‘rganish orqali milliy o‘zlikni
anglash tuyg‘usini qaror toptirish sanaladi.
Shaxs ham, jamiyat ham o‘tmishni o‘rganish, uning har bir bosqichini tahlil qilish asosida kelgusi
hayot rejasini ishlab chiqadi.
O‘tmish mutafakkirlarining qarashlari, boy ma'naviy meros g‘oyalari bugungi avlod uchun
dasturilamal bo‘lishi lozim.
Allomalar, xalq qahramonlari hayotini o‘rganish, millat va shaxsga inson sifatida kim ekanligini
anglab yetishga yordam beradi.
Milliy qadriyatlar g‘oyalarini o‘rganish asrlar davomida ardoqlanib kelgan an'ana, urf-odat,
marosimlar millatni bu qadar jipslashganligi siridan voqif etadi. Fuqarolik tarbiyasi negizida xalq
o‘tmishi, tarixini o‘rganish milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga yo‘naltirilgan faoliyatga o‘quvchilarni
jalb etish ijtimoiy maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan yo‘l sanaladi.
O‘quvchilarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda fuqarolik tuyg‘usini qaror toptirish, fidoiy,
vatanparvar fuqaro sifatida tarbiyalash evaziga ta'minlanadi.
Yosh avlodda fuqarolik hissi va e'tiqodini tarbiyalamay turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va
ko‘nikmalarni shakllantirib bo‘lmaydi.
Fuqarolik tuyg‘usini qaror toptirish murakkab jarayon. Bunda dastlab o‘quvchilarga
fuqarolikning mohiyati va me'yoriy qoidalar mazmuniga oid bilimlar beriladi. Avvalo, o‘quvchiga
fuqarolik odobi va madaniyati haqida tushunchalar beriladi, bu xildagi xatti-harakatlarga oid namunalar
keltiriladi, so‘ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu asosida ularda fuqarolik tushunchasi shakllanadi va
fuqarolik xulqiy odatlari hosil qilinadi.
Badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot yangiliklari, kinofilm, spektakl g‘oyalari, turli suhbatlar
mazmunini tushuntirish, targ‘ib etib borish orqali o‘quvchilar ongiga fuqarolik tushunchalari singdiriladi.
Fuqarolik tuyg‘usini bolalarda maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun «Respublika bayrog‘ida nimalar aks ettirilgan?», «Respublika gerbida nimalar
tasvirlangan?», «Himo qushi tasviri qanday ma'noni anglatadi?», «Sen Davlat madhiyasini bilasanmi?»
kabi mavzularda suhbatlashish muhimdir.
O‘quvchiga fuqaro sifatida o‘z xulq-atvori mazmunini tahlil etish imkonini berish lozim. Ya'ni,
«Bugun xalq farovonli, Vatan taraqqiyoti uchun nima qila oldim?», «Zimmamdagi burchni qanday ado
etdim?» tarzidagi savollarga javob topishga o‘rgatish kerak.
Yosh avlodga turli fanlar asoslarini chuqur o‘zlashtirish ularning tafakkuri va dunyoqarashini
boyitishga, shuningdek, fuqaro sifatida o‘z majburiyatlarini to‘laqonli anglashlari uchun imkoniyat
yaratishini tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. Fidoiylik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik,
tashkilotchilik, qat'iyat, matonat, uyushqoqlik kabi xislatlar o‘quvchilarda fuqarolik tarbiyasini tashkil
etish jarayonida tarbiyalanadi.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma'lum shart-sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi.
Bular:
1)
o‘quv yurtida tashkil etilayotgan ta'lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak;
2)
fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o‘qituvchi va o‘quvchilar
jamoasining saviyasiga bog‘liq;
3)
tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga erishish;
4)
oila, maktab va mahalla o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining
muvaffaqiyatini ta'minlaydi;
5)
o‘quvchilarning axloqiy va huquqiy me'yorlar, umumiy tartibga qat'iy rioya etishga o‘rgatish,
zimmasidagi burchni to‘laqonli ado etishlariga e'tiborni qaratish.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma'ruza, bahslardan foydalanish, mashq, test,
anketa savollarga javoblar olish kutilgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi.
Fuqarolik tarbiyasida uning natijasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quvchining
tarbiyalanganlik darajasi asos qilib olinadi. Ushbu maqsadda diagnostik (tashhis qo‘yish), statistik va
qiyosiy tahlil tahlilni olib borish lozim.
Ijtimoiy fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol topgan fuqaro o‘zida quyidagi sifatlarni
namoyon eta olishi lozim:
-
fuqarolik burchini bajara olish (o‘z Vatani, xalqi, ota-onasi oldidagi majburiyatni his eta
olish) qobiliyatiga egalik;
-
milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usiga ega bo‘lish;
-
davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti hamda davlat
ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga nisbatan hurmatda bo‘lish;
-
mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas'ullik;
-
ijtimoiy huquqiy hamda axloqiy me'yorlarga nisbatan hurmat va itoatda bo‘lish;
-
mamlakat milliy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish haqida qayg‘urish;
-
davlat tili, milliy madaniyat va an'analarga sodiq, ularga nisbatan ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lish, ularni asrash;
-
ijtimoiy faollik;
-
demokratik tamoyillarga amal qilish;
-
tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas'uliyatli munosabatda bo‘lish;
-
fuqarolarning huquq va burchlarini hurmat qilish;
-
huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo‘lish;
-
to‘g‘riso‘z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo‘lmish;
-
o‘z faoliyati va xatti-harakatiga nisbatan mas'uliyatli bo‘lish;
-
baynalminallik, o‘zga mamlakatlarning xalqlariga nisbatan hurmatda bo‘lish va
boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |