Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga
tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy
mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1)
o‘quvchilarga fuqaro mudofaasi hamda harbiy bilim asoslarini bo‘yicha dastlabki nazariy
bilimlarni berish va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;
2)
o‘quvchilarni milliy mustaqillik, O‘zbekiston Respublikasining davlat qurilishi hamda
konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtiriluvchi tahdidlarning oldini olishga tayyorlash;
3)
o‘quvchilarda g‘oyaviy onglilikni tarbiyalash asosida ularda terrorizm va diniy ekstremistik
g‘oyalarga qarshi nafrat tuyg‘usini tarbiyalash;
4)
o‘quvchilarning Vatan himoyasini ta'minlash borasidagi harbiy-texnik tayyorgarlikka ega
bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
5)
o‘quvchilarda favqulotda vaziyatlarda tegishli chora-tadbirlarni ko‘ra olish, shuningdek, qurolli
hurujlardan himoyalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
6)
ularda hushyorlikni oshirish va hokazolar.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda ta'lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan
boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘rtasida BHT
(boshlang‘ich harbiy ta'lim o‘quv fani) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni namoyish
etish imkonini beruvchi musobaqaning tashkil etilishi bu borada ijobiy natija bera oladi. O‘qituvchi
rahbarligida «Shon-shuhrat» muzeylariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar ham o‘quvchilarda harbiy–
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |