1-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari. (4 soat) Reja


Fuqarolik tarbiyasining mazmuni va vazifalari



Yüklə 185,22 Kb.
səhifə8/14
tarix19.12.2023
ölçüsü185,22 Kb.
#186323
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy t-fayllar.org

Fuqarolik tarbiyasining mazmuni va vazifalari. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida
shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyalari fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasida e'tirof etilgan 
insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida
birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish
huquqiy madaniyatini qaror toptirish – fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosiy talabi sanaladi.
Jamiyat tomonidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan talablar fuqaro xulqini baholash, xatti-
harakatlari mohiyatini tahlil qilish uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq
fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko‘rinishlar, harakatlar yoki odatlar ma'qullanadi yoki qoralanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, demokratik, insonparvar huquqiy davlat
va jamiyatni qurishdir. Bu jamiyatni bunyod etish jarayonida yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasini tashkil 
etish vazifalarini yanada murakkablashtiradi. Zero, demokratik, huquqiy jamiyat barpo etilishining


muvaffaqiyati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasi, fuqarolik fazilatlarining qaror topganligi va


ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlariga bog‘liq. 
Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, unda fuqarolarning
shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketadi. 
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida aks etgan g‘oyalar, demokratik talablar hamda
axloqiy-huquqiy me'yorlarga muvofiq faoliyat yuritish ijtimoiy fuqarolik munosabatlarining muhim 
qoidasiga aylanadi.
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak 
darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida
kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining 
markaziy ob'ekti fuqaro sanaladi.
Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e'tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a'zosi bo‘lgan 
shaxsdir.
Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me'yorlarga ongli rioya etish, ma'lum huquqlardan foydalanish 
hamda burchlarni bajarishga mas'ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma'naviy
yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik. 
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:
1.

Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqyega ega bo‘lgan axloqiy va


huquqiy me'yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish. 
2.
O‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida ma'lumotlar berib borish, ularda 

fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish.


3.

O‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish,


Respublika Prezidenti sha'ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish. 
4.
O‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg‘usini 

uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.


5.

Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan


uyg‘unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish. 
6.
Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e'zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga 

tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish.


O‘quvchilarning fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda shaxsga davlat Konstitutsiyasida 
ko‘rsatilgan huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarish xususida ma'lumotlar berish, ularda
ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda huquqlardan foydalanish va burchlarni bajarish bo‘yicha ko‘nikma va 
malakalarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
Respublika Bosh qonunida shaxsning quyidagi huquqlari kafolatlanadi: yashash huquqi, erkinlik 
va shaxsiy daxlsizlik, ayblanayotgan shaxs ishining sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilishi, har
kim o‘z sha'ni va obro‘siga tahdid qiladigan tajovuzlardan, shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish 
va turar-joy dahlsizligi, Respublika hududida bir joydan ikki joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga
kelish va undan chiqib ketish, fikrlash, so‘z va e'tiqod erkinligi, vijdon erkinligi, davlat ishlarini 
boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillri orqali ishtirok etish, qonuniy mitinglar, yig‘ilishlar va
namoyishlarda ishtirok etish, kasaba uyushmalarida, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat 
birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish, saylash va saylanish, mulkdor bo‘lish,
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, dam olish, qariganda yoki mehnat qilish layoqatini yo‘qotganda, 
shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta'minotdan foydalanish, tibbiy xizmatdan
foydalanish, bilim olish, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi. 

O‘quvchilarga huquqlari borasidagi bilimlarni berish bilan birga fuqarolarning burchlari


nimalardan iborat ekanligi haqida ma'lumot berish, bu xususida o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni hosil 
qilish ko‘zlangan maqsadga erishishda muvaffaqiyat omili bo‘ladi.
Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iboratdir: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarda ko‘zda 
tutilgan talablarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni, qadr-qimmatini
hurmat qilish; O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy-madaniy merosini avaylab asrash; fuqarolar tabiiy 
atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; qonunlar bilan belgilangan soliqlar va mahalliy
yig‘imlarni to‘lash; O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish. Yuqorida qayd etilgan burchlarni bajarish 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi sanaluvchi har bir kishining muqaddas burchidir.



Yüklə 185,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin