NUTQ, MULOQOT, O‘QISh VA YoZISh MALAKALARI
Kichik soha: Qo‘l barmoqlari mayda motorikasi
|
Talab: Bolada yozuv malakasi shakllanadi
|
3-4 yosh
|
4-5 yosh
|
5-6 yosh
|
6-7 yosh
|
KUTILAYOTGAN NATIJALAR
|
2-3 obyektdan rasm tuzadi;
varaq sathida to‘g‘ri chiziqlar chizadi;
harflarga qiziqish bildiradi, ayrim harflarni shaklini biladi va farqlaydi;
yirik munchoqlarni ipga teradi;
yozishga harakat qiladi.
|
chiziq, belgi, ilgaklarni sodda namunalarini qayta chiza oladi;
predmetlarning murakkab bo‘lmagan shakllarini chizadi;
rasmlarni ustidan yurgizib chizadi va bo‘yaydi;
shablonlarni shtrixlaydi;
mayda qismlardan iborat konstruktorni yig‘adi;
o‘rta munchoqlarni ipga teradi;
aniq belgilangan chiziq asosida qog‘ozni qaychi bilan qirqadi;
belgilangan chiziq asosida qog‘ozni tekis yirtadi;
ikki qo‘li bilan qog‘ozni buraydi.
|
chiziq, ilgak va gajakcha yozadi;
qog‘ozni turli usulda taxlaydi (origami) ;
namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi;
barmoqlari yordamida mashqlar bajaradi;
rasmlarni tekis shtrixlaydi;
turli sathlarda chizadi (nam qumda, asfaltda, doskada) ;
soch o‘radi;
mozaika yig‘adi.
|
qog‘ozda to‘g‘ri chiziqlar, so‘zlar va qisqa gaplarni yozadi;
daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi;
rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi;
qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizadi;
matodagi rasmni to‘qiydi;
“o‘ziga” va “o‘zidan” harakatlari yo‘nalishini tushunadi;
turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi.
|
Nazorat savollari:
1. Nutq , muloqot , o’qish va yozish malakalari sohalari haqida ma’lumot bering.
2. Davlat talablarida bu soha haqida qanday ma’lumotlar berilgan?
5-mavzu:Bilish jarayonining rivojlanish sohasi.
Reja:
1. Bilish jarayonida kutilayotgan natijalar.
2. Bilish jarayonida bolani rivojlantirish bo’yicha faoliyat.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, o’z-o’zini nazorat.
Mazkur yo`nalishda rivojlanish jarayoni quyidagi bosqichlar orqali kechadi:
elementar matematik bilim va ko`nikmalar — bunda bolaning matematik, jumladan son-sanoq malakalarini rivojlantirish orqali matematik bilimlarini orttirish, mantiqiy fikrlash va muammolarini hal qilish qobiliyatlarini, son-sanoq, miqdor, shakl, kattaliklar va o`lchov birliklaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga erishiladi;
atrof muhit to`g`risidagi bilimlar — bunda bola kuzatish va amaliyot orqali atrof muhit to`g`risida axborot oladi;
ijod — bunda bola milliy ma`naviy meros va madaniyatni hurmat qilishga hamda o`z hissiyotlarini musiqa, teatr va tasviriy faoliyat orqali ifodalashga o`rganadi.
Elementar matematik bilim va ko`nikmalar bosqichida bola:
son-sanoq va hisoblashga oid bilimlarini namoyon qilishi;
predmetlarni toifalash, guruhlash va tartib bo`yicha joylashtirish qobiliyatini namoyon qilishi lozim.
Atrof-muhit to`g`risidagi bilimlar bosqichida bola:
jonli va jonsiz tabiatni kuzatishi va ta`riflay olishi;
inson tana a`zolarini bilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |