1-Mavzu: “O`zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari”ning tuzilmasi va asosiy qoidalari Reja



Yüklə 498,25 Kb.
səhifə49/54
tarix02.01.2022
ölçüsü498,25 Kb.
#39457
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
UMK FEVRAL

IJODIY RIVOJLANISh










Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar










Talab: Bola atrofdagi borliqni ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega










3-4 yosh

4-5 yosh

5-6 yosh

6-7 yosh










KUTILAYOTGAN NATIJALAR










tasviriy materiallar nomini biladi va to‘g‘ri qo‘llaydi;

sodda kompozitsiyalar, alohida buyumlarni chizadi;

tasvirlanayotgan predmetlarga mos ranglarni tanlaydi va bo‘yaydi;

bolalar musiqiy asboblarida(buben, nay, ksilofon) chalishga taqlid qiladi;

bolalar guruhi bilan qo‘shiq aytadi;

raqsga tushadi (juftlikda aylanadi, oyoqlari bilan depsinadi, predmetlar bilan musiqaga monand harakatlanadi) ;

plastilindan berilgan sodda shakllarni yasaydi;

tayyor shakllardan tasvirlar yaratadi, turli shakldagi qog‘ozlarni yasatadi;

qumdan turli shakl va piramidalar quradi.


predmetlar shaklini aniq ko‘rsatgan xolda qismlarga boy tasvirlar chizadi;

sujetli rasm, predmet va personajlar chizadi;

shakllarni turli texnika asosida bo‘yaydi;

loy, xamir va plastilindan yasaydi;

faoliyati boshida ko‘z oldiga keltirib tasavvur qiladi;

xorda va yakkaxon qo‘shiq aytadi;

raqs harakatlarini hissiyotlarni namoyon etish va muloqot vositasi sifatida qabul qiladi;

musiqiy asboblarda chaladi (qo‘ng‘iroqcha, doira, metallofon, uchburchak) ;

kattalar yordamida barmoqlar teatri sahna ko‘rinishlarida ishtirok etadi.


murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatadi (choynak, gilam, ro‘mol, lagan) ;

xotira yoki tasavvuriga ko‘ra sujet yaratadi;

qog‘ozdan va tabiat materiallardan applikatsiya-hajmli oranjirovkalar yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari) ;

muhit yoki shaxsiy loyihalarini yasatadi;

qog‘oz buklash, yirtish, qirqish yo‘li bilan shakllarni harakati va proporsiyalarini yoritgan holda kichik sujetli kompozitsiyalar yaratadi;

tengdoshlari bilan ijodiy o‘yinlar yaratishi mumkin;

shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qo‘llaydi;

jamoaviy loyihalarda g‘oyalar taklif etadi.



turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi;

individual va jamoada qo‘shiq ayta oladi;

raqsda harakatlariga jilo bergan xolda shaxsiy namuna yaratishi mumkin;

musiqiy asboblarda yakkaxon yoki orkestrda jo‘r bo‘lib chalishi mumkin;

g‘oya yaratadi va tatbiq etadi;

maqsadga erishishda o‘rindosh sifatida turli predmetlar qo‘llaydi;

turli spektakllarda rol ijro etib ishtirok etadi;

olamni o‘zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi;

buyumlarni ikkilamchi qo‘llashda g‘oyalar taklif etishi mumkin.










Nazorat savollari :

1. Ijodiy rivojlanish sohalarida kutilayotgan natijalar nimalardan iborat.

2. Davlat talablarida refleksiv faoliyat nima?

7-mavzu: “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturining tuzilmasi va asosiy qoidalari
Reja:

1.”Ilk qadam” Davlat o’quv dasturining tarkibi.

2. .”Ilk qadam” Davlat o’quv dasturining umumiy qoidalari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, o’z-o’zini nazorat.
“Ilk qadam “ Davlat o’quv dasturi 7 bobdan iborat va ular quyidagilar:

1-bob. Umumiy qoidalar

Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTM davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.

Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llash uchun majburiy:

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;

maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;

maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;

maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.

MTMda davlat o‘quv dasturini qo‘llash

Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.

Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.

Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1.

1.2. MTMning maqsad va vazifalari
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;

bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

2-bob. MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari

2.1. MTM ta’lim jarayonining maqsadlari

O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.

2.2. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari

MTM ta’lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:

bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;

ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;

bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;

bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;

o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;

bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;

bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;

MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;

milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;

Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi.

2. 3. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish

Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.

Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.

2.4. Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati

Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi.

Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.

2.5. Ota-onalar bilan hamkorlik

Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:

ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;

ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;

ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;

ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.

3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv.

4-bob. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat.

5-bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari.

6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish.

7-bob. Ilovalar.

Nazorat savollari:

1. “Ilk qadam “ Davlat o’quv dasturi nechta bobdan iborat?

2. . “Ilk qadam “ Davlat o’quv dasturining maqsad va tamoyillari nimalardan iborat?

8-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentli yondashuv.
Reja:

1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari.

2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, o’z-o’zini nazorat.


Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvo‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.

Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq sub’ekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.

Kompetensiyabolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari

Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.

O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.

Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.

Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari

Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:

jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

bilish jarayonining rivojlanishi;

ijodiy rivojlanish.

3.2.1. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari

«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;

turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;

turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;

o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;

shaxsiy gigiena malakalarini qo‘llaydi;

sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;

xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.

3.2.2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari

«Ijtimoiy-emotsional rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

o‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;

o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;

o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;

kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;

murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi.

3.2.3. «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari

«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

nutqni eshitadi va tushunadi;

o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;

ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi;

ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi;

badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi;

so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;

turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi;

yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.

3.2.4. «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari

Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;

o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;

predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;

raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi;

makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi;

elementar matematikhisoblashlarni amalga oshiradi;

atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi;

atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.

3.2.5. «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari

«Ijodkorlik» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga etganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:

san’at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;

milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi;

san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;

olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;

insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.


Nazorat savollari:

1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari haqida ma’lumot bering.

2. . Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari qaysilar?

9-mavzu: O’quv –tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish.

Reja:

1. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat



2. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda rejalashtirish turlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, o’z-o’zini nazorat.

O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi.

O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.

1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri tashkil etiladi.

4.1. O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish

O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi2.

O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta’lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik, ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi3.

O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta’lim sharoitlariga bog‘liq holda integratsiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan tarkib topadi.

O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:

yillik mavzuviy;

haftalik.

Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integratsiyalash ham hisobga olinadi.

Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish sur’atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda yordam berishi lozim. SHuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.



Yüklə 498,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin