Nazorat savollari:
1. O’yin turlarini sanab bering.
2. Didaktik o’yinlar qanday o’yinlar hisoblanadi?
14-mavzu: “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi bo’yicha o’qitishni mavzuli rejalashtirish.
Reja:
1. MTMda bolalar hayotini tashkil etish.
2. Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonni tashkil etish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, o’z-o’zini nazorat.
Fiziologiya, gigiyena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida MTMda kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi prinsiplari yuzaga keldi:
Har bir yosh guruhda bolalarni jamoatchilik ruhida tarbiyalash va bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan shart-sharoitlar yaratish. Bolalarni yosh guruhlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'limtarbiya
jarayonini tashkil etish.
Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va birbirlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigiyenik, pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbobanjomlar bilan ta'minlash. Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta'minlash. Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (o'yin, mehnat, ta'lim] tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma'lum vaqt ajratish. Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan prinsiplar asosida almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini to'g'ri tashkil etish. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishiningtashkiliyshakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg'ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o'yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o'z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o'z-o'ziga xizmat qilish, sayrlar o'tkazish, gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish
MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liq. MTMsining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o'yinda, mehnatda, mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg'ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o'stirish va savod o'rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo'yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko'nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan bo'lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg'ulotlarda ta'lim berish didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o'ziga xos
xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'ladi.
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o'tkaziladigan mashg'ulotlar soni va har bir mashg'ulot qancha davom etishi belgilab qo'yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o'zining haftalik mashg'ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bo'limlari bo'yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir. Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko'rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir. Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omiii bo'lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi.
Rejalashtirishning maqsadi – “Maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya dasturi”ning bajarilishini ta'minlashdir. Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi, Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshga ko'ra pedagogik ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo'llangan bo'lishi kerak. Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo'lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to'g'risidagi bilimlarni,ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi. Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarigaoldindanpuxta tayyorgarlik ko'rish metod vausullarni yaxshilab o'ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashi lozim. Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo'lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o'zgarishlar kiritish mumkin. Shuning uchun MTMda bir-birini to'ldiradigan bir necha xil reja tuziladi: MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachilar tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o'z ichiga oladi. Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo'ljallangan bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta'limtarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maqsadga qaratilgan va samarali bo'lishini ta'minlashdir. Unda “MTMda ta'lim-tarbiya dasturi”ning hamma bo'limlari o'z aksini topadi. Istiqbol rejasida dasturning hamma bo'limlari bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ta'lim-tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo'yicha belgilab chiqiladi. Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi. Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to'g'risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o'stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
Nazorat savollari:
1. O’quv tarbiyaviy faoliyat qanday rejalashtiriladi?
2. Yillik va haftalik reja haqida ma’lumot bering.
15-mavzu : “Ilk qadam “ o’quv dasturida haftalik reja . Turli guruhlarda haftalik rejaning tuzilishi.
Reja:
1. Haftalik reja haqida tushuncha.
2. Haftalik rejani tuzishda rioya qilinadigan qoidalar.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogli yondoshuv. Muammoli ta’lim. Aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, FSMU, Baliq skeleleti, Sinkveyn, Keys texnologiyasi, o’z-o’zini nazorat.
Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash, mashg‘ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga yo‘naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali o‘tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi7. Bolalar bilan olib boriladigan ishning mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat / passiv faoliyat; individual faoliyat / kichik guruhda, katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat / bola rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat) va uni o‘tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat / ko‘chadagi faoliyat)ni hisobga olgan holda rejalashtirilishi kerak.
Haftalik reja xilma-xil va moslashuvchan bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o‘zgarishi va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko‘proq yoxud kamroq vaqtga mo‘ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi bahorgi gullagan bog‘ga borishni rejalashtirgan bo‘lsa-yu, ob-havo juda yomg‘irli bo‘lsa, bu tadbirni xonada o‘tkazishning imkoni bo‘lgan boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.
Haftalik reja – bu tarbiyachining ish jurnali va mashg‘ulotlar konspekti. Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
titul varag‘i;
guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi;
ertalabki badantarbiya kompleksi;
guruhda sentyabrdan avgustgacha bo‘lgan ta’lim jarayonini rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi yarmi kiradi;
haftalik ish tahlili;
ilovalar.
Mashg‘ulotlar konspektlarida maqsadlar, faoliyatning qisqacha ta’rifi, zaruriy jihozlar ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o‘zgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |