-II- 1) O’zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologiktamoyillari quyidagilardan iborat:
- ilmiy xolislik (obyektivlik);
- tarixiylik;
- mantiqiy izchillik;
- vorislik va xronologik izchillik;
- g’oyaviylik va vatanparvarlik;
- qiyoslash, kuzatish, umumlashtirish;
-bahslashish, munozara yuritish va isbotlash;
- matematik hisoblash;
- shakllash va modellashtirish;
- ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrimlikka (deduksiya);
-etnografiya, arxeologiya, antropologiya, genealogiya va boshqa fanlarning metodlaridan keng foydalanish va boshqalar.
2) O’zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik g’oyaviy asoslari:
- din bilan dunyoviylik o’rtasida mo’tadil munosabat bo’lishi va dunyoviylik aslo dahriylik emasligi;
- tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;
- tarixda hozirgi zamon sivilizasiyasi nuqtai nazari va bag’rikenglik asosida yondashish;
- tarixiy taraqqiyot asosini evolyusion tadrijiy yo’l va islohotchilik tashkil etadi, deb anglamoq;
- tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat dialektika va sinergetika qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;
- tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda g’oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.
3) Metodlar:
- Dialektik metod. Dialektika (yunoncha – dialektike – rivojlanish to’g’risidagi falsafiy ta’limot) olam yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqyealar umumiy va o’zaro bog’lanishi, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi, deb ta’lim beradi. Bu degani olamda sodir bo’lgan hodisalar, voqyealar ma’lum bir bog’lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyot jarayonida sodir bo’lishini inobatga olmoq lozim. Demak, O’zbekiston tarixini o’rganar ekanmiz, uning jahon tarixining bir bo’lagi ekanligini yodda tutmoq kerak.
- Xolislik metodi. Tarixiy voqyea, hodisalarni o’rganish, tahlil etish va yoritishga xolislik – haqqoniy, adolatli yondashuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqyea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’lgan barcha faktlarning hyech bir istisnosiz butun majmui bilan birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o’zaro aloqada va munosabatda deb o’rganish kerak.
- Tarixiylik metodi. Tarixiylik metodi o’rganilayotgan davr shart-sharoitlarini, tarixiy muhitni inobatga olmoqni taqozo qiladi. Voqyea-munosabatlarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy rivojlanish jarayoniga e’tibor qilmoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda bo’lganligini, bu hodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir.