Инсон ҳаёти
Дoривор ўсимликлар
5-mashq. Matndaberilganlug‘aviybirliklarniquyidagiturlargaajratingvajadvaldaaksettiring.
So‘zlar
|
So‘zqo‘shilmalari
|
Atamalar
|
Nabotot
|
Lalmikorer
|
Saksavul
|
III. Nazariyma’lumot. Lug‘oviybirikmalargaso‘zvaiboralarkiradi. Lug‘oviybirikmalarningsemantiktahlilidaularleksiksemantika-semasiologiyatadqiqmanbaigaaylanadi. Bundaso‘zningtushuncha (signifikat) vaborliqdagiatalmish (depotat)gamunosabatio‘rganiladi. Semasiologiyaso‘ziningsemantikxususiyati – birma’nolilikvako‘pma’nolilik, umumiyvaxususiy, mavhumvamuayyan, boshvahosila, to‘g‘rivako‘chmama’nolarinitekshiradi. Demak, bundaasosiye’tiborso‘zningsemantikstrukturasigaqaratiladi.
Lug‘aviybirlikningborliqqamunosabatinio‘rganishuningmuhimtomonlaridanbirinitashkilqiladi. Bundaularningkishihayotiga, amalqilinayotgandavrgamunosabatiochiladi. Masalan, yaqino‘tmishdasavdogarso‘zidasalbiyottenkabo‘lganbo‘lsa, bugungikundaijobiybuyohdorso‘zsifatidakengiste’molda.
Bayon turlari
1. Og‘zaki bayon. 2. Yozma bayon.
Og‘zaki bayon og‘zaki nutqni o‘stirish maqsadida olib boriladi. Og‘zaki nutq o‘stirish usullari xilma-xil bo‘lib, ulardan birinchisi ma’nosini uqqan holda matnni yod olishdir. Bunda she’r, hikoya, povest va romandan olingan parchalar keng o‘rganiladi. Badiiy matn har tomonlama tahlil qilingandan keyin ma’nosini tushungan holda yod olinadi. YOd olingan matnda birorta so‘z o‘quvchi uchun mavhum bo‘lib qolmasligi lozim. Bunday so‘zlar lug‘at daftarga qayd qilib boriladi.
Og‘zaki nutqni o‘stirish usullaridan yana biri matnni ifodali o‘qishdir. Ifodali o‘qish talabani badiiy asarga qiziqishini uyg‘atadi, asarning g‘oyaviy-estetik xususiyatlarini ongli ravishda o‘zlashtirishga yardam beradi. SHuningdek, ularda urg‘u, pauza, ritm va intonatsiya haqidagi tushunchalarni kengaytiradi. Ifodali o‘qish orqali talabalar o‘zbek adabiy tilining to‘g‘ri talaffuz me’yorlarini egallab boradilar.
Yozma bayon o‘z navbatida ikkiga ajratiladi: a) ta’limiy bayon; b) nazorat bayoni kabi.
Ta’limiy bayon har bir darsda o‘tkazilishi mumkin. Nazorat bayoni esa talabalarda nutq malakasini egallash, sinash maqsadida har bir o‘qish yilining birinchi va ikkinchi yarimida bir-ikki marta o‘tkaziladi.
Ta’limiy bayoen katta tayyorgarlikni talab qiladi, matn ustida chuqur ishlash va mavzuni to‘la qamrab oladigan reja tuzishdan boshlanadi.
Nazorat bayon yozishda matn ifodali o‘qiladi, savol-javob tashkil qilinib, matndagi tushunishi qiyin so‘zlarga izoh beriladi. Mavzuni to‘la tushunib etgach nazorat bayoni yoziladi. Bunda mavzuning qay darajada ochilishi, uslubi, imlo va ishoraviy xatolariga e’tibor beriladi.
Ta’limiy bayon talabalarning mustaqil holda turli badiiy-tasviriy vositalar hamda obrazli matn yaratish ko‘nikmasini shakillantiradi. SHu bois ta’limiy bayon quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Erkin yoki to‘liq bayoen yozish.
2. Qisqartirib bayoen yozish.
3. Matnni o‘zgartirib bayon yozish.
4. Matndagi dialoglarni o‘zgartirib yozish.
5. Shaxsni o‘zgartirib bayon yozish va h.o.
Erkin yoki to‘liq bayonda rivoya, tasvir va muhokama unsurlari uchraydi. Matn mazmuni talabaning so‘zlari bilan erkin bayon qilinadi.
Qisqartirib bayon yozishda biror bir asa ryoki hikoyaning mazmuni qisqartirilib yoziladi. Bu esa o‘quvchidan faol fikrlashni talab qiladi, mustaqil ishlash malakasini shakillantiradi.
SHaxsni o‘zgartirib bayon yozish ham talabadan faol fikrlashni talab qiladi. Masalan: S.Ayniyning «Eski maktab» asaridagi «men maktabga kirdim. Dadam uyga ketdi, men esa sarg‘avg‘a maktabda qoldim» gapini «U maktabga kirdi. Dadasi uyga ketdi, u esa serg‘avg‘o maktabda qoldi» kabi shaxsini o‘zgartirish mumkin.
Matnda dialogni o‘zgartirib bayon yozishda esa so‘roq gaplar darak gaplarga yoki ko‘chirma gaplar uzlashtirma gaplarga aylantiriladi. Masalan: P.Tursunning «O‘qituvchi» romanidan olingan quyidagi parchaga murojaat qilaylik.
– Onang bormi?
- Onam … Onam yo‘q, - deb boshini chayqadi Elmurod.
- Otang-chi?
- Yo‘q.
- Tog‘an-chi?
- Yo‘q.
- Xolang-chi?
- Yo‘q.
Elmurodning ota-onasi, tog‘a va xolasi bor-yo‘g‘ini so‘radilar.
U hamma so‘roqlarga yo‘q deb javob berdi.
Dostları ilə paylaş: |