1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə37/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
Узбек тили

ErkinVohidov
O’zbegim
(Qasida)
Tarixingdirmingasrlar
Ichrapinhon, o’zbegim.
SengatengdoshPomir-u
OqsochTiyonshon, o’zbegim.

So’ylasinAfrosiyob-u


So’ylasinO’rxunxati,
Ko’hnatarixshodasida
Bittamarjon, o’zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,


Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluq,
Balki Tarxon, o’zbegim.

O’tdilar sho’rlik boshingdan


O’ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o’zbegim

Tog’laring tegrangda go’yo


Bo’g’ma ajdar bo’ldi-yu,
Ikki daryo-ikki chashming,
Chashmi giryon, o’zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan


Bag’rida dog’ uzra dog’,
Chingiz-u Botu tig’iga
Ko’ksi qalqon, o’zbegim.

Yog’di to’rt yondin asrlar


Boshingga tiyri kamon.
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o’zbegim.

Davr zulmiga va lekin


Bir umr bosh egmading,
Sen-Muqanna, sarbador-sen,
Erksevar qon, o’zbegim.

Sen na zardusht,sen na buddiy,


Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o’zbegim.

Ma’rifatning shulasiga


0Talpinib zulmat aro,
Ko’zlaringadan oqdi tunlar
Kavkabiston, o’zbegim.

Tuzdi-yu Mirzo Ulug’bek


Ko’ragoniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk-
Qo’ydi Narvon, o’zbegim.

Mir alisher na’rasiga


Aks-sado berdi jahon,
Sheriyat mulkida bo’ldi
Shoh-u sulton,o’zbegim.

Ilm-u she’rda shoh-u sulton,


lek taqdirga qul,
o’z elida chekdi g’urbat,
Zor –u nolon, o’zbegim.

Mirzo Bobur-sen, fig‘oning


Soldi olam u‘zra o‘t,
SHoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

She’riyatning gulshanida


So‘ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi fig‘on, o‘zbegim.

Yig‘ladi furqatda Furqat


Ham muqimlikda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.

Takixing bitmakka, xalqim,


Mingta Firdavsiy kerak,
CHunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.

Ortda qodi ko‘hna tarix,


Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
topdi darmon, o‘zbegim.

Bo‘ldi osmoning chakog‘on


Tole xurshidi bilan,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
SHula afshon, o‘zbegim.

Men Vatanni bog‘ deb aytsam,


Sensan unda bitta gul,
Men vatanni ko‘z deb aytsam,
bitta mujgon, o‘zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,


Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon, o‘zbegim.

O‘zbegim deb keng jahonga


Ne uchun madh etmayin!
O‘zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,


Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.
Menga Pushkin bir jahon-u
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.

Qayga bormay boshda do‘ppim,


G‘oz yurarman, gerdayib.
Olam uzra nomi ketgan
O‘zbekiston, o‘zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,


Oq sut-u tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O‘zbegim, jon o‘zbegim.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin