Go‘zal (CHo‘lpon)
Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib,
Eng yorug‘ yulduzdan seni so‘raymen.
Ul yulduz uyalib, boshini bukub,
Aytadir: men uni tushda ko‘ramen.
Tushimda ko‘ramen – shunchalar go‘zal,
Bizdan-da go‘zaldir, oydan-da go‘zal!
Ko‘zimni olaman oy chiqqan yoqqa,
Boshlayman oydan-da seni so‘rmoqqa.
Ul-da aytadir: bir qizil yanoqqa
Uchradim tushimda, ko‘milgan oqqa
Oqqa ko‘milganda shunchalar go‘zal,
Mendan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Erta tong shamoli sochlarin yozib,
YOnimdan o‘tganda so‘rab ko‘ramen.
Aytadir: bir ko‘rib, yo‘limdan ozib,
Tog‘ va toshlar ichra istab yuramen!
Bir ko‘rdim men uni – shunchalar go‘zal!
Oydan-da go‘zaldir, kunda-da go‘zal!
Ul ketkach, kun chiqar yorug‘lik sochib,
Undan-da so‘raymen sening to‘g‘ringda.
Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib
Aytadir: bir ko‘rdim, tushdamas, o‘ngda.
Men o‘ngda ko‘rganda shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!
Men yo‘qsil na bo‘lib uni suyibmen,
Uning-chun yonibmen, yonib-kuyibmen,
Boshimni zo‘r ishga berib qo‘yibmen,
Men suyib… men suyib kimni suyibmen?
Men suygan suyukli shunchalar go‘zal,
Oydan-da go‘zaldir, kunda-da go‘zal!
10-mavzu: TARIXIY HOTIRANI SHAKLLANTIRISH
Tarixiy xotira – inson ma’naviyatining ajralmas qismi, o‘tmishni bilish, uni qadrlash, undan saboq olish natijasi. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q» nomli asari katta ahamiyatga ega. Unda o‘tmishga xolis yondashish, uni qadrlashga alohida e’tibor qaratilgan. Zero, tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, ularni dilga jo etib, bunyodkorlik va yaratish yo‘lidan izchil borishga undaydi.
Buyuk mutafakkir Beruniy ta’kidlaganidek, «o‘tmish kelajakning kalitidir». Mustaqimllik tufayli xalqimiz tili, madaniyati, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘z tarixini bilish imkoniga ega bo‘ldi.
Tarixni ilmiy o‘rganish natijalari hozirgi O‘zbekiston zamini jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Bu qadimiy madaniyat o‘chog‘idan ko‘plab atoqli allomalar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Jahon sivilizatsiyasining rivojida yurtimizning salmog‘i katta. Qadim zamonlarda qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha qimmatini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz bu zaminda azaldan dehqonchilik, xunarmandchilik, me’morchilik va shaharsozlik madaniyati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi. Eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, Kime, falakiyot, me’morchilik, dehqonchilikka oid minglab asarlar bizning beqiyos madaniy va ma’naviy boyligimiz, faxrimizdir. Bunday katta madaniy merosga ega bo‘lgan xalqning kelajagi ham porloq bo‘lishi aniq.
Tarixiy xotira qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihat, ulug‘vor ishlarni bajarishga qobir bo‘ladi. Tarixiy xotiraning o‘ziga xos jihatlaridan yana bir o‘z o‘tmishidan faxrlanish tuyg‘usidir. Dunyoda hududi O‘zbekistondan bir necha marta katta bo‘lgan ba’zi davlatlar ham aholisi o‘troq bo‘lib yashashni boshlagan moziyning azaliyligi, o‘nlab shaharlarining tarixi 2500 yildan ortiqroq ekanligi bilan g‘urulana olmaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, tarix shunday manbaki, u insonning o‘zini anglash anglash, jamiyat oldidagi burchi, ajdodlar ruhi oldidagi ma’suliyatini to‘g‘ri tutuni shiga, istiqbolni to‘gri belgilashga imkon beradi.
«O‘zlikni anglash tarixini bilishdan boshlanadi. Inson uchun tarixdan judo bo‘lish hayotdan judo bo‘lish demakdir».
Dostları ilə paylaş: |