1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə31/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90
Узбек тили

MAZASINI TA’TIB KO’RING
Sitora:O’rtoq,eshitdingmi erta bozorda Navro’z nozu-ne’matlari yarmarkasi bo’lar ekan,u yerda men va sen yaxshi ko’radigan sumalak,nisholda,holva va boshqa turli-tuman ne’matlar bo’ladi.
Nilufar:Xo’p,o’rtoq rostan ham sumalaklar bo’ladimi?
Sitora:Ha,albatta
Nilufar:O’rtoq,kel shu sumalakdan ham uyga olib ketaylik
Sitora:Xo’p,avval uni ta’tib ko’rish lozim.Kechirasiz xolajon shu sumalakingizni mazasini ko’rsak bo’ladimi?
Sotuvchi:Ha,albatta,qizlar mazasini ta’tib ko’ring, yoqsa olarsizlar,yoqmasa ham hech narsa demayman.
Nilufar: Shirinligi shu yerida, xuddi nima yoqadiganday bo’libdi. Unda bizga har birimizga 1litrdan bering.
Sotuvchi:Mana marhamat.
Shu payt qo’shni tomondan bir ovoz eshitildi.
Sotuvchi:Odamlar-u odamlar, kelinglar dunyodagi eng yaxshi nisholdani ma’zasini ta’tib ko’ring-u olib qoling!
Sitora: Mazasiga gap yoq, amaki, bu nisholdani o’zingiz tayyorladingizmi?
Sotuvchi:Ha, qizim. Menga bu kasb ota-bobolarimdan qolib ketgan.
Sitora:Tushunarli, unda qo’llaringiz dard ko’rmasin juda mazali nisholda bo’libdi.
TOPSHIRIQ
1.Ushbu matnlardagi ega vazifasiga kelgan ot so’z turkumiga mansub so’zlarni toping.
2.Quyidagi matnlar tarkibidagi sifat so’z turkumiga oid so’zlarni topib,ularni rus tiliga tarjima qiling.
3.Matnni ifodali o’qing va uning tarkibidagi so’z birikmalarini aniqlang.
4.Yuqoridagi matnlardan kelishik qo’shimchalarini ajrating.
Alisher Navoiy

* * *
Hecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,


Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor,


Keldi jon og‘zimg‘ayu ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.

Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,


Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.

Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor,


Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.

Ko‘zlaringdin necha su kelgay deb, o‘lturmang meni,


Kim, bori qon erdi kelgan, bu kecha su kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,


Yo‘lg‘akim avval qadam ma’shuqi o‘tru kelmadi.

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,


Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin