1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə34/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Узбек тили

Inson va tabiat
Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti Namangan mintaqaviy axborot tahlil markazida O’zbekiston Ekologik harakati va viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi hamkorligida "Inson va tabiat munosabatlari" mavzuida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Ekologik harakati va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, siyosiy partiyalar, bir qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi, deb xabar beradi O’zA. Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofazalash, aholi salomatligini yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar katta ahamiyat kasb etayotir. Davra suhbatida O’zbekiston Ekologik harakatining faoliyati, uning istiqboldagi rejalari, atrof-muhit va aholi salomatligiga oid masalalarni davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda hal qilish yo’nalishlari, tabiat va inson munosabatlarining huquqiy asoslari, viloyatda atrof-muhitni muhofaza qilish istiqbollari, bu borada jamoatchilik faolligini oshirish masalalari bo’yicha fikr almashildi. "Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatga bo’lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining vazifalari", "Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish vazifalari", "Atrof-muhit muhofazasida jamoatchilik faolligini kuchaytirish yo’nalishidagi vazifalar", "Tabiatni muhofaza qilish va sog’lom ekologik muhitni barqarorlashtirishda yoshlarning roli" singari mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Ilmiy uslub
Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy-uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo'lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg'ir - suyuq tomchi holidagi atmosfera yog'ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo'ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o'ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so'zlar o'z ma'nosida qo'llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo'laklar, kirish so'zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo'shma gaplardan ko'proq foydalaniladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin