1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə45/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90
Узбек тили

Ishonchnoma
Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan rasmiylashtirilishiga qarar, ishonchnoma rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
Rasiy ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, hamda boshqa ijtimoiy tashkilotlar tomonidan ish yuritishga yoki qilinganlarini bildirish uchun beriladi. U muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhir bilan tasdiqlanishi lozim.
Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan o‘tishi zarur bo‘ladi.
Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish muddati albatta ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha yilgacha bo‘lgan (lekin uch yildan ortiq bo‘lmagan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi.

Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismi:


1. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi.
2. Ishonchnoma tartib raqami va berilgan sana.
3. Ishonchnoma berilyotgan shaxsning lavozimi va to‘liq nomi (ismi, otasining ismi va familiyasi).
4. Qimmatbaho buyumlar olinadigan muassasa nomi.
5. Ishonchnomaning berilish sababi.
6. Ishonchnomaning amal qilish muddati.
7. Ishonchnoma berilayotgan oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatning nomi. (pasport, guvohnoma).
Ishonchnomaning zaruriy qismlari aniq, buzilmasdan, tuzatishlarsiz rasmiylashtirilishi kerak. Aks holda, moddiy buyum boyliklarini berish ruxsat etilmaydi. Moddiy buyum boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish, beri shva qaid etish tartibiga rioya qilish, shuningdek, ulardan foydalanish yuzasidan nazarat qilish korxona bosh hisobchisining vazifasidir.
SHaxsiy ishonchnomaning eng keng tarqalgan turi pul olish uchun yozilgan ishonchnomadir. Bunday yozma vakolatni majburiy notarial tashkilotdan o‘tkazish shart emas. Ishonch bildiruvchi shaxsning imzosini u ishlayotgan yoki o‘qiyotgan muassasa rahbariyati, u yotib davolanayotgan muassasa ma’muriyati, harbiy qism qomondonlari va tasdiqlashi mumkin.
SHaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda, qo‘lda yoziladi, lekin unda, albatta, quyidagi zaruriy qismlar bulishi shart:
1. Hujjatning nomi (ishonchnoma).
2. Ishonch bildiruvchining pasportiga asosan tuliq nomi, ismi, familiyasi.
3. Ishonchli shaxsning to‘liq nomi.
4. Ishonchnoma mazmuni (aniq kursatilishi lozim).
5. Topshirilgan vazifalar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muassasa nomi.
6. Ishonch bildiruvchining imzosi.
7. Berilgan (yozilgan) vaqti.
8. Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlovchi shaxsning lavozimi va imzosi.
9. Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhir.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin