15-mavzu: «Milliy va zamonaviy bayramlar
1. Og‘zaki nutq o‘stirish
1 mashq. Quydagi savollarga javob bering.
1. Milliy bayramlarga nimalar kiredi?
2. Qaysi milliy bayramlarni nishonlaymiz?
3. Qaysi milliy bayramlarimiz mustaqillikdan keyin tiklaydi?
4. Islom dini bilan bog‘liq qanday bayramlarni bilasiz?
5. Qanday kasb bayramlarini bilasiz?
6. Xalqimiz qanday mehnat bayramlarini qadimdan nishonlab kelgan?
7. Navruz va yangi yil bayramlarini qanday kutamiz.
8. Navruz SHarqda qanday kun hisoblanadi?
9. Navruz haqida qanday asarlar yozib qoldirilgan?
10. Navruz bayramida qanday taomlar pishiriladi?
2-mashq. 1 topshiriq. O‘zingiz sevgan bayramlar yoki quyidagi mavzulardan biri bo‘yicha ijodiy matn yarating. Masalan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni kabi.
2 topshiriq: «Navruz» bayrami qanday udumlar, an’ana va rasm-rusmlarni bilasiz.
3 topshiriq: Quyidagi matnlarni ifodali o‘qib, gapirib bering.
Navruzda atrof-muhit orastalanadi, ariq-zog‘urlar tozalanadi, hovli-bog‘lar tartibga keltiriladi. Ko‘chalar, maydonlar, hovlilartozalanadi.
Navruz dasturxoniga 7 xil daraxt shoxidan namunalar keltirib qo‘yiladi. Ular: majnuntol, zaytun, behi, anor, bodom, pista, yong‘oq. SHular qatorida qatiq sut, pishloq, tuxumlar, baliq va yonib turgan shohlar ham quyilgan.
Navruz kuni podsholar yoshu qarilarga osh bergan, el ichidagi eng munosib kishilarni taqdirlagan, bandlarning gunohidan kechishgan, urushlar to‘xtatilgan, adamlar bir-birlarining gunohlaridan kechib, olam-olam sevinch ulashgan.
Navruz kunlari Xorazmda erlarni chig‘ir bilan sug‘arish ishlari boshlangan. O‘sha kuni chig‘irlarning piri noiloj buva haqiga qurbonlik va sadaqa qilingan.
(Ma’naviyat darslari)
4-topshiriq. Navruz haqidagi qanday xalq udum, an’ana va rasm-rusmlarni bilsangiz yozing va ifodali o‘qib bering.
II. YOzma nutqni o‘stirish. Matnni ko‘chirib yozing va qanday milliy-zamonaviy bayramlar berilganligini gaprib bering.
Dostları ilə paylaş: |