YO'L -TRANSPORT HODISALARI (YTH) SODIR BO’LGANDA, BIRINCHI TIBBIY
YORDAM BERISH QOIDALARI
Murakkab bo'lmagan me'yorlar va qoidalar o'qib, o'rganilib, uning talablari to'liq bajarilsa, shikastlanishga va o'limga olib keluvchi ko'p hodisalarning oldini olish mumkin. Ularga amal qilsangiz, o'zingiz va yaqin kishilaringizning hayotini saqlab qolishingiz mumkin. Ehtiyot choralari ko'rilishiga qaramay, baribir yo'llarda baxtsiz hodisalar bo'lib turadi.Agar siz shunday vaziyatga tushib qolsangiz yoki yordam berishga qaror qilgan bo'lsangiz, quyidagi qoidalarga amal qiling.
QUYIDAGI HOLATLARDA JAROHATLAR HAYOT UCHUN XAVFLI BO'LADI:
• bosh yoki tanaga kuchli zarba berilganda;
Elektr toki ta'sirida;
d) portlashda.
BOSH VA UMURTQA POG'ONASINING JAROHATLARI
Bosh va umurtqa pog'onasi jarohatlarining belgilari darhol yoki kechroq namoyon bo'lishi mumkin .
JAROHAT BELGILARI
Es-hushi darajasining o'zgarishi,uyquchanlik, hushning noaniqligi, hushdan ketish.
Bosh, bo'yin yoki ko'krak qafasining orqa devorida qattiq og'riq yoki bosim hissi.
Qo’l va oyoq, barmoqlarida sanchiq, yoki sezuvchanlikning yo’qolishi,
tana biron-bir qismining harakat qobiliyatini yo'qotishi.
Boshda yoki umurtqa pog'onasida g'ayri tabiiy bo'rtiqsimon hosilalarning paydo bo'lishi.
Quloqlar yoki burundan qon yoxud orqa miya suyuqligi kelishi.
Bosh, bo'yin yoki ko'krak qafasining orqa devori sohasidan qon ketishi.
Nafas olish va chiqarishning qiyinlashishi.
Ko'rish qobiliyatining buzilishi.
Ko'ngil aynishi yoki qayt qilish.
Ko'z qorachiqlarining har xil kattalikda bo'lishi.Tana muvozanatini yo'qotish.
Bosh qismida, ko'zlar va quloqlar atrofida ko'kimtir dog’lar bo’lishi.
BIRINCHI YORDAM Tez yordamni chaqiring.
Shikastlangan odamning boshini qaysi holatda uchratgan bo'lsangiz, shu holicha ikki tomonidan qo'llaringiz bilan qimirlamasligini ta'minlang.Nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlang. Es-hush va nafas darajasini kuzating. Tashqi qon ketishini to'xtating. Shikastlangan odamning me'yoriy tana haroratini ta'minlang.Agar shikastlangan odam boshida himoya qalpog'i bo'lsa, uni yechmang.Uni shikastlangan odam nafas olmayotgan holdagina yeching.
HARAKAT-TAYANCH SOHASINING SHIKASTLANISHI
Harakat - tayanch sohasining shikastlanishi juda keng tarqalgandir. Ular turli sharoitlarda yuz beradi: yiqilganda, noqulay yoki kutilmagan harakatda yoki yo'l- transport hodisasida. Sinish bu suyak butunligining buzilishidir. U to'liq va chala, yopiq yoki ochiq bo'lishi mumkin. Nisbatan keng tarqalgan yopiq sinishda teriga shikast yetmaydi.Ochiq sinishda esa, yara jarohati yuz beradi.
CHIQISH - bu suyak bo'g'imdagi odatiy holatiga nisbatan siljishidir.
Suyakning chiqishiga sabab bo'lgan katta kuch ta'sirida suyak sinishi va atrofdagi asab hamda qon tomirlarga jarohat yetkazishi mumkin. Suyakning chiqishini bo'g'imning ko'zga tashlanadigan deformatsiyasiga ko'ra osonlik bilan aniqlash mumkin.
Paylarning cho'zilishi va uzilishi bo'g'imga haddan tashqari kuch bilan ta'sir etganda yuz beradi. Pay cho'zilishining og'ir turlarida bo'g'imning bir ozgina harakati ham qattiq og'riq bilan kechadi. Boldir-panja va tizza bo'g'imlari, barmoqlar va bilak paylarining cho'zilishi keng tarqalgandir.
Mushaklar va tog'aylarning cho'zilishi odatda og'ir buyumlarni ko'targanda, mushaklar haddan tashqari og'ir ish bajarganda yoki noqulay harakatda qo'qqisdan yuz beradi. Agar bu tarzdagi jarohatlarga e'tibor berilmasa, mushaklarning cho'zilishi surunkali holga aylanishi mumkin, ayniqsa, bo'yin, bel va son sohalarida.