1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


O‘zbekiston Respublikasining qonuni



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə61/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90
Узбек тили

O‘zbekiston Respublikasining qonuni
UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA
1. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatni bajarishi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hәmda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Umumiy harbiy majburiyat
Umumiy harbiy majburiyat fuqoralarning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarlikdan iborat bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari (bundan buyon matnda Quralli Kuchlar deb yuritiladi) safini to‘ldirishni va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi.
Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz bo‘lgan taqdirda aholini muhofaza etish tadbir-choralarini qamrab oladi.
Ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, xususan: harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar – chaqiriluvchilar;
Haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar – harbiy xizmatchilar;
Qurolli Kuchlarning rezervi yoki zaxirasidagi shaxslar – harbiy xizmatga majburlar; turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki harbiy ro‘yxatdan chiqarilgan, щu jumladan iste’fodagi shaxslar – harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar deb ataladi.
Haqiqiy harbiy xizmat chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida Qurolli Kuchlar safidagi harbiy xizmatdir.
Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tadbiq etilmaydi.
Harbiy hizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda (kontrakt bo‘yicha) kirgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqi va Prezidentiga sodiqlik to‘g‘risida Harbiy qasamyod qabul qiladilar.
Muqaddam Harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarga jalb etilganlarida yoki safarbarlik bo‘yicha chaqirilganlarida Harbiy qasamyod qabul qiladilar.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin