1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə64/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90
Узбек тили

ABDULLA QODIRIY
(1894-1938)
Abdulla Qodiriy XXasr o’zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biridir. Qodiriyning o’zbek adabiyoti rivojida o’rni beqiyos. “O’tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari bilan u o’zbek romanchiligigaasos soldi. Qodiriyning dastlabki mashqlari 1913-1914 yillarda ilk bora nashriyot yuzini ko’rdi. YOzuvchining ilk she’rlari “Millatimga”, “Ahvolimiz”, “To’y”dir. Unda Qodiriy g’aflatda, jaholat botqog’ida qolgan xalqining ahvolini alam bilan yorqin detallar orqali ta’riflaydi:

Ko’r bizning ahvolimiz, g’aflatda


qanday yotamiz,
Joyi kelgan chog’ida vijdonni
pulga sotamiz.
Qodiriy tez orada she’riyatni tashlab, dramaturgiya, nasrga o’tdi, birin-ketin “Baxtsiz kuyov”, “Juvonboz” asarlarini e’lon qildi. Muallifning e’tirof etishicha, “Baxtsiz kuyov” “Padarkush” pesasi ta’sirida, “Juvonboz” esa tatarlarda chiqib turgan jadidchilik ruhidagi hikoya va romanlarga taqlidan yozilgan. Bu ikki asarda ham Qodiriy o’z she’rlaridagi motivni davom ettiradi, jadid adabiyotigaxos g’oyalarni ilgari suradi. Oradan sal o’tmay “Uloqda” hikoyasi yuzaga keldi. Oybek bu hikoyaga juda yuksak baho beradi. “Uloqda” nomli hikoyasi “Juvonboz” va boshqaasarlariga nisbatan tenglashtirilmas darajada yuqori bir asar“, - deb yozadi u. Bu asardan yozuvchi hikoya texnikasi, priyomlarini egallaganligi yaqqol ayon bo’ladi. Qodiriy “Uloqda” hikoyasi bilan o’zbek nasrida realistik metodning qaror topishigaasos soldi. “Uloqda” hikoyasi xalq so’zlari va ifodalari asarning badiiy to’qimasiga uzviy kirib ketganligi bilan ajralib turadi. Hikoya jonli, obrazli til bilan yozilgan. SHaxslar ham o’zigaxos til bilan so’zlaydilar. Hikoyada tashviqotchining, voizning o’rnini san’atkor oladi. YOzuvchi bu asarda voqealar ustida muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, balki obrazlar orqali ko’rsatadi.
Adibning ana shunday asarlaridan “O’tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari uning ijodida eng katta hodisa darajasiga ko’tarildi. YOzuvchining e’tirof etishicha, “O’tgan kunlar”ni u 1919 yilda yoza boshlagan. Qodiriy bu romanidaxolis – ob’ektiv turib, o’tgan XIXasr o’rtalaridagi Turkiston tarixining, o’zbek xalqi hayotining haqqoniy manzarasini beradi, muhim tarixiy jarayonlarni chuqur badiiy tahlil etadi, davrning yetakchi ijtimoiy kuchlari mohiyatini ochadi, o’sha zamon kishilarining ahvol ruhiyati, orzu intilishlari, quvonch va tashvishlarini favqulodda bir mahorat bilan yorqin obrazlar orqali ko’rsatadi. Otabek, Kumush, YUsufbek hoji, Oftob oyim, O’zbek oyim, Hasanali obrazlari orqali adib milliy timsollar yaratdi. Romanda inson erki, muhabbati masalasi bilan bir qatorda Rossiyaga munosabat muammosi ham katta o’rin tutadi. Asar qahramonlaridan Otabek roman boshlaridayoq o’z davrining ilg’or kishisi ilgari surishi mumkin bo’lgan qarashlarni, ya’ni Rossiyaning davlat qurilishi, qonunlari, tartiblari, maorif va madaniyati juda ibratli ekanligi, lekin Turkiston unga qo’shilishi mumkin emasligi To’g’risidagi fikrni suhbatdoshlari o’rtasiga tashlaydi. Hech bir inson o’z xalqining qul bo’lishini istamasligi e’tiborga olinsa, Otabekning bu qarashlari yuksak millatparvarlik ruhi bilan sug’orilgan g’oyalar ekanligi yaqqol ayon bo’ladi. SHunga qaramay, Otabekning mazkur g’oyalari Abdulla Qodiriyni Turkistonning Rossiyaga qo’shilishi progressiv ahamiyatini anglamaslikda va “millatchi”, “xalq dushmani” sifatidaayblash uchun bir dastak tarzida foydalanilgan.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin