1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


-Mavzu: HUNARNING HOSIYATI



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə66/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90
Узбек тили

25-Mavzu: HUNARNING HOSIYATI
Qadim zamonda bir hunarmand odam bor ekan. U ertalabdan keshgacha tinmay mehnat qilar, taq-tuq qilib, egar-jabduq yasar, ertasiga o’sha maxsulotini sotib, bola-chaqasini boqar ekan. Oilasi nihoyatda ahil, hamjihat bo’lib yashar, boriga sabru-qanoat qilib, kun kechirar ekan.
Ularning nihoyatda boy qo’shnisi bor ekan. Qo’shnisi ularning ahilligini ko’rolmas, taq-tuq joniga tekkan ekan. Bir kuni boy kambag’al qo’shnisinikiga chiqib shunday debdi:
- Agar egar-jabduq yasaydigan asbobu-dastgohingni menga bersang buni evaziga bir qop oltin berar edim.
Kambagal qo’shni bir qop oltinning daragini eshitib, darrov rozi bo’libdi:
-Mayli, olaqoling. Kun bo’yi ishlab charchayapman. Jonimga tegdi bu dastgohlar.
Kunlar o’taveribdi. Kambag’al qo’shni nihoyatda ozib ketibdi.
U kechasi yahshi uhlay olmas, yarim kechada dir-dir titrab, o’rnidan turar, oltinlarini hali u yerga, hali bu yerga berkitar, bezovta hayot kechirar ekan. Oqibat shunday bo’libdiki, kasalga chalinib qolibdi. Oxiri oltinlarini boyga qaytarib, o’z asbob-dastgohlarini qaytarib olibdi.
Ko’p o’tmay, kambagal tuzalib ketibdi,yana uning uyidan taq-tuq ovozlari eshitiladigan bo’libdi. Kambag’al o’z hunari bilan oilasini betashvish boqa boshlabdi.
Topshirma:Hunar hakidagi uz tushunchalarini og‘zaki bayon qilish


Gap.Gap bo’laklari, bosh bo’laklar. Ega va kesim.
So`zlarning gapdagi vazifasi gap bo`laklari deyiladi. Gap bo`laklari ikki turga bo`linadi: bosh bo`laklar va ikkinchi darajali bo`laklar.
Bosh bo`laklar
Bosh bo`laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Bunga ega va kesim kiradi.
Ega.Gapning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, boshqa bo`laklarga grammatik tobe bo`lmagan bo`lak ega deyiladi. Ega kim?, nima?, qayer? so`roqlariga javob bo`ladi.
Ega bosh kelishikdagi ot, olmosh, son, harakat nomi, modal so`zlar, otlashgan so`zlar, ibora hamda ajralmas birikmalar bilan ifodalanadi: Yoqimli shamol esdi (ot). Ular mashg’ulotlarga kelishdi (olmosh). Yaxshilar ko`paysin (otlashgan sifat). Bilgan bilganin ishlar (otlashgan sifatdosh). Onahonning yuziga oyoq qo`yish bizning ahloqimizda yo`q (ibora). Ikki o`n besh – bir o`ttiz (son). O`qimoq – ulg’aymoq (harakat nomi). Bor – boricha, yo`q - holicha (modal so`z). Ikkala dugona gapni bir joyga qo`yishdi (ajralmas birikma). Ba’zan ega chiqish kelishigi shaklida ham bo`lishi mumkin: Bu kitoblardan menda ham bor.
Kesim.Ega haqidagi xabarni bildirib, unga grammatik tobe bo`lgan bo`lak kesim deyiladi. Kesim asosan, fe’l bilan, shuningdek, sifat, ot, son, olmosh, ravish, ibora va modal so`zlar bilan ifodalanishi mumkin: Shamol esdi (fe’l). Yerimiz unumli (sifat). O`zbeksiton poytaxti – Toshkent (ot). Ikki o`n besh-bir o`ttiz (son). Hosilimiz mo`l (ravish). Davron so`zining ustidan chiqdi (ibora). Pulim yo`q (modal so`z). Ba’zan jo`nalish, chiqish, o`rin-payt kelishigidagi so`zlar ham kesim vazifasida kelishi mumkin: Ilon zahri tishida, odam zahri ichida. Hamma terimga. Galiya, parishonxotirligim sendan.
Kesimlar tuzilishiga ko`ra ikki xil: sodda va murakkab kesim.
1.Sodda kesim bir so`z bilan ifodalanadi: Men ishlayapman.
2.Murakkab kesim ikki yoki undan ortiq so`z bilan ifodalanadi: Men kitobni o`qib chiqdim. U talaba ekan.
Kesim ifodalanishiga ko`ra ham ikki xil:
1.Fe’l kesim fe’l yoki uning sifatdosh, ravishdosh shakllari bilan ifodalanadi: Mard maydonda bilinar.
2.Ot kesim ot, sifat, son, olmosh, ravish, harakat nomi va modal so`zlar bilan ifodalanadi: Havo salqin. Uyat o`limdan qattiq.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin