12-mavzu: «O‘zbekistonning nabotot dunyosi»
1. Og‘zaki nutq ostirish.
1-mashq. «Qoraqalpog‘iston tabiati va o‘simliklar dunyosi haqida nimalarni bilasiz» mavzusida suhbat.
1 topshiriq. Savolvatopshiriqlar
1. Qoraqalpog‘istontabiatiqanday?
2. Unda qanday yovvoyi o‘simliklar mavjud?
3. Qanday shifobaxsh o‘simliklarni bilasiz?
4. Har bir o‘simlikning qanday kasallarga davo ekanligini alohida yozing.
5. Qanday o‘simliklar yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi.
2 topshiriq. Shifobaxsh o‘simliklar haqida allomalarimizning qanday rivoyatlarini bilasiz?
2-mashq. Abu Rayhon Beruniyning «Saydana» asaridan olingan kichik matnni ifodali o‘qing. Siz yana qanday darivar usimliklarni bilasiz?
Saydana
«Saydana» asarining V bobida shunday bir rivoyat keltiriladi. «Xorazm amirlaridan biri kasal bo‘lib o‘zoq yillar qiynaladi. Nihoyat nishopurlik bir tabib uning kasaliga nima davo bo‘lishi mumkinligi haqida dorinoma (retsept) yozib beradi. Bu dorinomani mahalliy dorishunoslarga ko‘rsatadi lekin ular bu dorivor o‘simlikni hech aniqlay olmaydi. SHunda bir kishi ular qidirayotgan dorivor o‘simlikni topib berishi mumkinligini, lekin narxi besh yuz dirxam sof kumushdan kam bo‘lmasligini aytadi. Amir mulozimlari rozi bo‘lishadi. U kishi mulozimlarga o‘simlik tomirini tutqazadi. Bu o‘simlik tomiri o‘zlari har kuni ko‘rib yurgan oddiy bir chayon o‘t (krapiva) tomiri edi. Mulozimlarning jahli chiqib, o‘n besh dirhamcha ham olmaydigan shu tomirni bez yuz dirhamga berasizmi? – deb o‘shqiradilar. SHunda giyohfurush javob beradi: «Dorivar moddalar nomini bilish bebaho boylikdir. Sizlar shu o‘simlikning nomini bilmaganliklaringiz tufayli kasalning qanchalik qiynalishiga sababchi bo‘ldilaringiz, tillo bahosiga bo‘lsa ham sotib olishga rozi edilaring» debdi.
Savol va topshiriqlar
1. Matnda keltirilgan qaysi atamalar eskirgan?
2. ________ so‘zini izohlang.
3. Mulozim so‘zining man’osini ayting.
4. Dirham so‘zini izohlang.
5. Chayon o‘ti qanday kasalliklarga davo ekanligini aniqlang.
3-mashq. Matnni ifodali o‘qing. Undagi nabotot dunyosiga e’tibor bering
Dostları ilə paylaş: |