1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Matn mazmuniga doir savol va topshiriqlar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə36/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Узбек тили

Matn mazmuniga doir savol va topshiriqlar

  1. Tarixiy xotirani aks ettiruvchi atamalarni yozing

  2. Matndagi oxirgi fikr asosida munozara tashkil qiling




4-ilova
Grammatik topshiriqlar

  1. Matndagi birinchi xatboshini morfemalarga ajrating. Undosh etakchi va ko‘makchi morfemalar sonini aniqlang.

  2. Matndagi ko‘makchi morfemalarni semantik munosabat bildirishiga ko‘ra guruhlang va jadvalni to‘ldiring.

Sintaktik munosabati bildirgan

Sintaktik munosabat bildirmagan



11-mavzu: «Baxtimizqomusi»
1-mashq. 1-topshiriq. Matnnio‘qing. Berilganilmiymatnnibadiiymatngaaylantiring
BAXTIMIZ QOMUSI
Konstitutsiya har bir davlatning ramzlaridan biri. Konstitutsiya so’zi «tuzish,qurish» degan ma'noni bildiradi.
O’zbekiston ham o’z davlat mustaqilligiga erishgach asosiy qonun - Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu tarixiy voqea 1992 yilning 8 dekabrida sodir bo’Idi.
Yangi O’zbekistonning Konstitutsiyasi jahonning ilg’or davlatlari tajribasini o’rganish asosida yaratildi. Umuqaddima, 6 bob, 26 bo’lim, I28 moddadaniborat.
Asosiy qonunimizda fuqarolar huquq va erkinliklari, majburiyatlari belgilab berilgan.
Unda O’zbekiston xalqini millati, e'tiqodi, dini, jinsidan qafiy nazar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tashkil etishi mustahkamlab qo’ylgan- Shuningdek, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekani aytilgan.
O’zbekiston Konstitutsiyasi ozod va obod Vatan, farovon hayot qurishimizning huquqiy asosi va kafolati bo’lib xizmat qiladi.

2-topshiriq. Matndagifikriyaniqlik, mantiqiyizchillik, ixchamlik, qisqalik, mukammallikkabilarnianiqlang.


3-topshiriq. Mantdaqandayilmiyatamalarmavjud. Mana shu atamalarni badiiy tasviriy vositalar bilan almashtiring. Masalan: Konstitutsiya – qomus, asosiy qonunimiz kabi.
4-topshiriq. «Baxtimiz qomusi» matnini har bir guruh alohida yaratishga harakat qiladi. Matn yaratishda quyidagilar e’tibor berilishi lozim.
1. Darsning maqsadini tushuntirish.
2. «Baxtimiz qomusi» ilmiy matnini ifodali o‘qib, uni badiiy matnga aylantirish.
3. Matnning rejasini tuzish.
4. Matnning tarkibiy qismlari: kirish, asosiy qism, xulosaga alohida ahamiyat berish.
5. Badiiy tasviriy vositalardan foydalanish va matnda obrazlikni ta’minlash.
6. Matnda tinish belgilarning to‘g‘ri qoyilishiga e’tibor berish.
7. Matn mazmuni, fikr izchilligi, badiiy jihatdan mukammalligiga ahamiyat qaratish.

2-mashg‘ulot: Konstitutsiya va inson mavzusida suhbat tashkil qilish


1. Konstitutsiya bu qanday hujjat.
2. Inson huquqlari unda qanday muhofaza qilinadi.
3. O‘z konstitutsion huquqlaringizni bilasizmi?
4. Bunday huquqlarga nimalar kiradi.
5. Konstitutsiya nechta bob va nechta bo‘limdan iborat.
6. Konstitutsiya – baxtimiz qomusi deganda nimalarni his qilasiz.

Esda tuting:


III. Nazariy ma’lumot. Ilmiy uslub haqida ma’lumot
Ilmiy matnlarni til va uslub jihatdan o‘rganish, qonuniyatlarini aniqlash mazkur uslubning ob’ekti sanaladi. Ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub ilmiy terminologiyaga boydir. Chunki terminlar ilmiy uslub leksikasining asosiy qismini tashkil qiladi. Lekin ilmiy uslubda faqat terminlar emas, shu bilan birga unda abstrakt leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari, fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi.
Ilmiy uslubning janrlik xususiyatlari rang-barang bo‘lib, uni monografiya, risola, darslik, o‘quv-qo‘llanmalar, dastur, ma’ruza matnlari, taqriz va referat kabilar tashkil etadi.
Ilmiy matnlar – ilmiy va ilmiy-ommabop tarzida ikki turga ajratiladi.
Ilmiy matnlar muayyan fan sohasiga oid muammolar doirasida faqat bir soha va yo‘nalishdagi mavzular chuqur tahlil qilinadi. Ilmiy-ommabop matnlarni muayan bir fan yoki uning sohasi doirasida chegaralangan vash u soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan, keng omma uchun moljallangan ilmiy matnlar tashkil etadi.

3-mashg‘ulot. 1-topshiriq. Matnni o‘qing. Ilmiy-ommabop uslubga xos ibora va atamalarni toping. Ma’nolarini izohlang.


Har qanday qilmishning aksi, qaytarma oqibati mavjud: shunday ekan, faqat o‘z tamoyillarini himoya qilaman deb, bir kun borib ko‘pchilikni dog‘da qoldirmayik tag‘in?! Axir, mavjud nazariyalar qolipiga tushmaydigan faktlar, ayniqsa, fan uchun qimmatli emasmi? Chunki shu noma’lum faktlarni ishlab chiqish bilan yaqin oralarda fanning yangi yo‘nalishlariga yo‘l ochib berish mumkinmi? Fan tarixida bunday misollar to‘lib-toshib yotibdi. Fanni tan olmaslik, aslida hazm qilinmagan nazariyaning oqibatiku!... Men nasihatgo‘ylik qilishni o‘ylamagandim, ammo o‘rni kelib qoldi. Koinot azaldan insonni zulmat bilan o‘ragan. Fan esa – odamzot qo‘lidagi mangu mash’ala! Zero, fan – cheksizlikni o‘rganar ekan, ayni paytda, o‘zining ham had-chegarasi yo‘q. Inson bilimi tugamaydi, u abadiy yaratiladi, abadiy harakatda… Modomiki shunday ekan, men ochgan kashfiyot uslubiga boshqa bir uslub qarama-qarshi chiqib qolsa, nima uchun endi men unga, albatta, tosh otishim kerak? Nima uchun?! Yo‘q! Aqlimiz bo‘lsa, istiqbolimizga chinakam qayg‘ursak, orzuni bo‘g‘maylik. Orzu har qanday faktdan ham qudratli! Orzu bamisoli hayot ko‘ksidagi miltirab turgan buloq, gurkirab o‘suvchi hilol!...
(O‘ktam Usmonov «Girdob»dan)
2 topshiriq. «Namuna». Ibora. Birikma va atamalarni ikki ustunga ajratib yozing. Ma’nolarinitushuntiring.



Iboravabirikmalar

atamalar

Qaytarmaoqibat
Nazariyalarqolipi
Fanningyo‘nalishlari

Tamoyil
Fakt
fan

4-mashq. 1-topshiriq. Ilmiyuslubdagiobrazlikbilanbadiiyuslubdagiobrazliknifarqlaydigantasviriyvositalargamisollarkeltiring. Namuna:





Ilmiyuslubgaxos

Badiiyuslubgaxos

Ucharyulduz (meteor)
Quyruqliyulduz (kometa)
Somonyo‘li

Uchargilam
Yulduznibenarvonurmoq
Hayotyo‘li

- Bilib oling. Ilmiy uslubdagi obrazlik bilan badiiy adabiyotdagi obrazlik farq qilinadi. Ilmiy uslubda masalan, astronomiyada uchar yulduz (meteor), quyruqli yulduz (kometa)kabi obrazli tasviriy vositalar nominativ vazifa bajarib, atama sifatida qo‘llaniladi. Badiiy adabiyotda esa yozuvchi oquvchiga estetik ta’sir vositasi sifatida obrazlikni ta’minlash maqsadida qo‘llaydi. Bu haqda adabiyotshunoslarimiz obrazlik ilmiy uslubda «so‘ngan, nursiz» holda ko‘rinsa, badiiy adabiyotda «jonli» obrazda namoyon bo‘ladi, deydi.
Shuningdek, ilmiy uslub bayonida fikriy aniqlik, mantiqiy izchillik, ob’ektivlik, ixchamlik, qisqalik, kitobiylik, mukammallik, alohida vaziyat, individuallik va qiyosiylik talab etiladi.
5-mashq. Quyidagi matnni o‘qing, unda ilmiy uslubga xos xususiyatlarni aniqlang.

Oshqozon xastaligi


Oshqozon – ovqat hazm qilish faoliyatini tartibga soluvchi muhim a’zo. Oshqozon xastaligini davolash uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, oshqozon og‘rig‘i huruj qilganda darhol shifokorga murojaat qilishi lozim.
Inson oshqozonini zaiflashtiradigan omillar: ovqatni o‘z vaqtida emaslik, ko‘p eyish, taomlarni aralashtirish, achchik vat il kuyadigan darajada qaynoq tanovvul qilish, ovqatdan so‘ng sovuq suv ichish yoki yotib qolish kabilar.
Oshqozon ichak kasalligi bilan og‘irgan bemorlar yog‘liq, yuqori kaloriyali ovqatlarni ko‘p iste’mol qilmasliklari, shifakor buyurgan parhezga rioya qilishlari kerak bo‘ladi.

Matnustidaishlash


2-topshiriq. 1. Ushbumatnqaysifansohasigakiradi?
A – biologiya
V – matematika
S - tabbiyot
D – tarix

2. Matnda qanday atamalar uchraydi?


3. Matnda fikriy aniqlik nimada?
4. Matnda mantiqiy izchillik bormi?
5. Matnda ikchamlik, qisqalik mavjudmi?
6. Matnda tushunish qiyin bo‘lgan yangi so‘zlar uchraydi.

O‘zbekcha-qoraqalpoqcha lug‘at


Hazm – siңdirio‘
A’zo – mүshe
Xastalik – kesellik
Xurunj – toplыs
SHifokor – vrach
Zaiflashtirmoq – әzizlestirio‘
Taom – ao‘qat
Tanavvul – jeo‘
Parhez – dieta.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin