1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


-mavzu: «Tarix va zamonamiz»



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə43/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90
Узбек тили

14-mavzu: «Tarix va zamonamiz»
I. Og‘zaki nutq o‘stirish.
1-mashq. «Ey, aziz yurt» she’ri mazmunini aytib bering.

Ey, aziz yurt


Ey aziz yurt, Huriyat – davron muborakdir senga,
O‘zbekiston – beg‘ubor osmon muborakdir senga.
Necha yuz yil sen kurashding Mustaqillik oni deb,
Sen oni topding, ulug‘ imkon muborakdir senga.
Xalqaro davlat bo‘lib quyding qadam, mardona bo‘l,
Boshlagin iqbol sari, Sarbon muborakdir senga.
(A.Oripov)
Lug‘at
Hurriyat –
Oni –
Iqbol –
Sarbon –

Savol-javoblar


1. Mustaqillik bizga nima berdi? Biz qanday yutuqlarni qo‘lga kiritdik.
2. Istiqlol mafkurasi nima?
3. Biz qanday jamiyat tuzmoqdami?

2-mashq. Matnni ifodali o‘qing va gapirib bering.


Istiqlol mafkurasi


Mustaqil o‘zbek diyorida shakilanayotgan istiqbol mafkurasi ma’naviy birliklarni mustahkamlash, xalqimiz va ayniqsa yoshlarimizni Vatanga cheksiz mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadga xizmat qiladi. Tarixning guvohlik berishicha, har qanday jamiyat sharoitida ham odamlar nimagadir e’tiqod qilishgan, qandaydir g‘oya yoki ma’lumotga tayanib, ishonib faoliyat ko‘rsatishgan. Yuksak orzu-niyat, umid va istaklar ummonida yashashgan. Mafkuradan xoli jamiyat bo‘lmaganidan, mafkurasiz davlat ham bo‘lmaydi. Davlat turli millat va elatga mansub o‘z fuqarolarini faqat mafkura vositasi bilan yagona maqsad atrofida birlashtiradi. Sohibqiron Amir Temurning tarqoq turkiy xalqlarni markazlashgan qudratli davlatga birlashtirganligi va jahon sivilizatsiyasi tarixida temuriylar davlatining takrorlanmas madaniyati bilan munosib qissa qo‘shganligi yagona davlat mafkurasining natijasidir. Tarixiy haqiqat shundaki, kelajagini aniq tasavvur qila olmaydigan, o‘z maqsadini oldindan belgilamagan, uni amalga oshirish yo‘llari, usul va uslublarini aniqlab olmagan davlat xech qachon yuksaklikka kutarila olmaydi. Aniq mafkuraviy dasturga ega bo‘lmagan har qanday davlatda bomboshdoqlik hukmron bo‘ladi. Xuddi shuning uchun har bir mustaqil davlatning o‘z mafkurasi bo‘lishi zarur.
Istiqlol mafkurasi vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari uning ijtimoiy adolat tamoyillari va me’yorlariga asoslanishi bilan o‘lchanadi. Faqat anna shunday mafkura ta’rifida faoliyat ko‘rsatgan fuqaro o‘zini hur va baxtiyor his qiladi. Kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan totalitar tuzim sharoitida inson davlatga xizmat qilgan bo‘lsa, milliy istiqlol mafkurasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston sharoitida huquqiy davlat insonga xizmat qiladi.
Chunonchi, har bir fuqoraning insoniy huquqlarini himoya qiladi.
Ko‘p millatli O‘zbekiston sharoitida istiqlol mafkurasining samaradorligi, ta’sirchanligini oshiruvchi eng muhim omillardan biri uning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanishidir. Boshqacha aytganda, istiqlol mafkurasi respublika hududida yashovchi yarlik xalqning tarixiy, madaniy, ma’naviy urf-odatlari, rasm-rusumlari, bayram va mafosimlariga asoslanganligi qudratli ijtimoiy kuchga aylandi.
Istiqlol mafkurasining asosini tashkil etuvchi umummilliy, umumdavlat g‘oyasining bo‘lmishi ham tarixiy zaruriyatdir. Chunki har qanday sharoitda ham uning turli millat va elatlarga, maslik va manfaatlarga mansub fuqaralari uchun umumiy g‘oya zarur.
O‘zbekiston istiqlol mafkurasi asosida adolatli, insonparvar, demokratik jamiyat qurish, o‘sha, jamiyatning bunyodkori bo‘lgan jismonan baquvvat, ma’naviy-madaniy barkamol, ruhan tetik, mustaqil fikrlar va ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, zamonasining ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga mos kasbiy mahoratini o‘zida mujassamlashtirgan komil insonni shakillantirish g‘oyasi yotadi.
(Mustaqillik, asrayman seni)
.
Savol va topshiriqlar
1. Istiqlol mafkurasi nima uchun xizmat qiladi.
2. Vatanga muhabbat deganda nimalarni his qilasiz?
3. Mafkuradan xoli jamiyat bo‘ladimi?
4. A.Temur turkiy xalqlarning markazlashgan qudratli davlat tuzimiga qanday hissa qo‘shgan?
5. Aniq mafkura va dasturga ega bo‘lgan davlatda qanday vaziyat yuz beradi.
6. Istiqlol mafkurasi bilan kommunistik mafkuraning farqini tushuntiring.
7. Istiqlol mafkurasining samaradorligini oshiruvchi omillarga nimalar kiradi?
8. Istiqlol mafkurasi asosida nimalar etadi.

Lug‘at yozing


II. YOzma nutq o‘stirish


3-mashq. Mustaqillikdan keyin Respublikamizda qanday milliy qadriyatlar qayta tiklanmoqda. Qanday bayramlarimiz haqida bilasiz, shular bo‘yicha kichik-kichik ommabop matnlar yarating.


4-mashq. Quyidagi matnni ifodali o‘qing va o‘tmishi va hoщirgi ahvolini qiyoslang.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin