1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


-mavzu: «Orol – madad kutmoqda»



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə52/90
tarix14.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#180510
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90
Узбек тили

18-mavzu: «Orol – madad kutmoqda»
I. Og‘zaki nutq o‘stirish
1-mashq. Orol bo’yicha o’z tushunchalarini og’zaki bayon qilish

2-mashq. «Orol taqdiri – bizning taqdirimiz» mavzusida suhbat tashkil qilish.


1-topshiriq. Quyidagi savollarga og‘zaki javob qaytaring.
1. Orol dengizi qaerda joylashgan?
2. Orol dengiziga qaysi daryolardan suv quyiladi?
3. Nima uchun dengiz suvi qurib ketdi?
4. Hozir Orol dengizi qanday ahvolda?
5. Orolga qanday madad berish mumkin.

II. Yozma nutq ustirish.


3-mashq. 1-topshiriq. Orol dengizi haqidagi quyidagi she’rni ifodali o‘qing.
2-topshiriq. She’r yuzasidan talabalarni uchta guruhga ajratish va ekologlar, yuristlar va iqtisodchilar guruhining fikr-mulohozalari asosida dialogik matn yaratish.
4-mashq. 1-topshiriq. Ekologik inqiroz haqidagi qanday nazariy ma’lumotlarni bilasiz? – mavzusida vaqtli matbuotdan misollar to‘plash.
2-topshiriq. Ekologiya va salomatlik haqida kichik-hikoya yoki ocherk tayyorlang.
Uyga vazifa. 5-mashq. 1-topshiriq. Orolni asraylik aziz insonlar! Mavzusida yozma matn tayyorlash.
2-topshiriq. O‘tilgan mavzular yuzasidan ekologik lug‘at tuzing.

III. Nazariy ma’lumot. Sintaktik aloqa turlari vatobe bog‘lanish.




Erkin birikmalarda sintaktik aloqa
Erkin so‘z birikmalari tarkibidagi mustaqil so‘zlar bog‘lanish usuliga ko‘ra teng va tobe so‘zli birikmalarga ajratiladi.
Teng so‘zli birikmalar. Ularda ishtirok etgan kki yoki undan ortiq mustaqil so‘zlar grammatik-semantik jihatdan o‘zaro teng munosabatga kirishadilar. Masalan: olma va ankor, Axmad va Toshmad, Hokim, Salim va Karim kabi. Bu xil birikmalarda so‘zlar o‘rni almashtirilganda ham grammatik holat o‘zgarmaydi: bodom va pista-pista va bodom kabi. Ular o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki ohang yordamida bog‘lanadi: olma va o‘rik, o‘rik olma, anor kabi.
Erkin so‘zli birikmalar. So‘z birikmalari, odatda, bir so‘zning ikkinchisiga mazmun va grammatik jihatdan ergashib, hokim-tobelik munosabatiga kirishishdan tashkil topadi. Ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlarning hokim-tobelik munosabatdan tashkil topadigan bunday birikmalar ergash so‘zli birikmalar deyiladi.



1. Teng so‘zli birikmalarda tenglanish munosabati mavjud bo‘ladi:

Olmavao‘rik



2. Ergash so‘zli birikmalarda tobeli munosabat mavjud bo‘ladi:
tobe

CHiroyli olma


(tobe so‘z) (hokim so‘z)



Ergash so‘zli birikmalarda sintaktik aloqa

Ergash so‘zli birikmalar tarkibidagi tobe va hokim so‘zlarning o‘zaro biror shakl, yordamchi so‘z, tartib va ohang kabi vositalar yordamida sintaktik aloqaga kirishishga ko‘cha uch xil usul yordamida birikadi: moslashuv, boshqaruv va bitishuv.


1. Moslashuv tobe so‘zning o‘z shaklini hokim so‘zga moslab, muvofiqlashtirishi natijasida vujudga keladi. Aniqrog‘i qaratqich bilan qaralmishning o‘zaro shaxs-sonda mos kelishiga moslashuv deyiladi: mening o‘rtog‘im, sening o‘rtog‘ing, uning o‘rtog‘i, maktabning bog‘i, yaxshining yaxshisi, o‘nning yarimi kabi.
Ba’zan tobe komponent belgisiz ham qo‘llanadi. Bunda usumiy xoslik, umumiy qarashlilik kabi ma’nolar ifodalanadi: yoshlar anjumani, shahar ko‘chasi, uy qurilishi kabi.
Boshqaruvda tobe so‘z hakim so‘z talabiga ko‘ra ma’lum kelishik qo‘shimchasi yoki ko‘makchilardan birini olib keladi. Masalan: do‘stini ko‘rmoq, do‘stiga aytmoq, do‘stidan xursand, do‘stida bor kabi. Ba’zan ko‘makchilar yordamida ham boshqarilib keladi: yoshlar bilan suhbat, xalq uchun ishlamoq, telefon orqali gaplashmoq va boshqalar. Ayrim hollarda har ikkalasi ham qo‘shilib keladi: kechga dovur o‘qmoq, kechadan buyon kutmoq, anchadan beri yurmoq, maktab tomonga bormoq, maktab tomonidan yashamoq kabi.
Boshqaruv hokim so‘zning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra kitobni o‘qimoq – fe’l boshqaruv, asaldan shirin – sifat boshqaruv, aqldan tez-ravish boshqaruv, undan bir-son boshqaruv, menda ko‘p-ravish boshqaruv kabi turlarga ajratiladi.
Bitishuv usulida hech qanday grammatik shakillarsiz so‘z tartibi va ma’no jihatdan birikish tushuniladi. Masalan: oltin soat, temir sandiq, keng ko‘cha, aqlli bola, o‘qigan yigit, juda ko‘p kabilar.
Xullas, so‘zlarning erkin bog‘lanishi semantik va grammatik jihatdan amalga oshirilishi mumkin.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin