1. Yaponiyada maktabagcha ta’lim tashkilotlari ish faoliyati qanday olib borilishi va tashkil qilinishi Yaponiya-juda tez rivojlana tgan davlat bo‘lib, bu hol asosan yaponlarning tabiatan mehnatsevarlik va ishbilarmonligi bilan bog‘liqdir. Dunyodagi barcha yangiliklar va yuksalishlar sari intilish, eng so‘nggi yutuqlardan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish - bu yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib qolgan. Bugungi kunda Yaponiya dunyodagi barcha davlatlar uchun ochiq va halqaro hamkorlik maydonida faol ishtirok etib kelmoqda.
Maktabgacha ta’limga Yaponiyada katta e’tibor beriladi, chunki psixologlarning ta’kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70%ni, qolgan 30%ni butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi-ularning hayotlarining maqsadlaridir. Yaponlar bolaning erta voyaga etishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg‘u beradi. Masalan, 1 yoshda-o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, 2 yoshda-amaliy san’at qo‘l mehnatini ko‘rsatish, 3 shda-burch hissini tarbiyalash, 4 yoshda-yaxshilik va yovuzlikni farqlashga o‘rgatish, 5 yoshdaliderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga o‘rgatish. Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. O‘g‘ilga oilaning bo‘lajak tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni engishga o‘rgatadilar. Qizlarni esa uy ishlariga tayѐrlaydilar. Yaponiya bog‘chalarida bolalarni 8 kishilik kichik guruhlar-―xanlarga bo‘ladi. Bu bolalarga bog‘chada ―o‘z ish o‘rni ajratiladi, ular o‘z xanlariga nom tanlaydilar. SHu tariqa eng kichik yoshdan jamoada ishlashni o‘rgatadilar. Bu guruhdagi har bir o‘quvchi guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. Bunday xanlar keyingi ta‘lim bosqichida ham qo‘llaniladi. O‘rta maktabda xanlar doimiy emas, ular yangi sharoitlarga tezroq ko‘nikish uchun har 5 oyda o‘zgartirib turiladi. Yaponiya bog‘chalariga 3-5 yoshdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar bog‘chalarining maqsadi bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘la 1olishni o‘rgatishdan iborat. Shuningdek, og‘zaki nutq, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi. Ertaklar, kitoblar, musiqa, sport o‘yinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy xususiyatlariga qiziqish uyg‘otiladi. Hozirgi kunda maktabgacha tarbiya muassasalariga 60% bolalar jalb etilgan. Boshlang‘ich ta’limga erta qabul qilishga o‘tish maqsadida 4-5 ѐshdagi bolalarning barchasini bolalar bog‘chasiga jalb qilish ko‘zda tutilmoqda. Bolalar bog‘chasi Yaponiyada vatan fuqarosini shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong, ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi-bolani maktabga tayѐrlashdir. Bu erda rasm, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tiladi. Individuallik, u qanchalik yaxshi bo‘lmasin, o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilmaydi, bolalar jamoasi tomonidan qabul qilinmaydi. Yaponiya ta’lim tizimlarining yuksak parvozi uz-uzidan bo`lgani yo`q. Uningxam o`ziga xos inqirozi va muammolari bo`lgan. Bularni to`liqroq tasavvur qilish uchun mamlakat pedagogik tamoyillari va maorif taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga nazar tashlash maqsadga muvofiqdir.
Yapon ta’lim tizimining mumtoz shakllanishi 1867-1868 yillardagi mamlakat hukmdori Meydzi tomonidan amalga oshirilgan isloxotlarga borib takaladi. Bu xukmdorning uz oldiga kuygan ilk qat’iy shiori bulib, biri «Fukkoki kioxsi» - boyish, mamlakatni mustaxkamlash va harbiylashtirish, ikkinchisi esa
«Siokusan kogio»-ilg‘or G‘arb ishlab chiqarish texnologiyasi asosida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish edi. Meydzi ikki maqsadni amalga oshirishning bosh omili ta’lim tizimlarini tubdan uzgartirish va yangilashda deb hisoblardi.
Yaponiya yuksak ilmiy kudratga ega mamlakatdir.U dunyoda ta’limni rivojlantirishga mablag‘ sarf etishda AQShdan keyin ikkinchi urinda turadi. mamlakat ilmiy izlanishlarga xususiy sektorni qushib xisoblaganda, umumiy fanni rivojlantirishga ajratilgan mablagning beshdan turt kismi ajratilmokda.
Keyingi 10-15 yilda tabiatshunoslik va texnologiya soxasidagi oliy uquv yurtlari rivojlantirildi, bunga ilmiy izlanishlarga muljallangan mablag‘ning qariyb 60 foizi sarf etiladi.
Texnika taraqqiyoti yuqori saviyali mutaxassis va ishchilarga bo`lgan extiyojni kuchaytirib yubordi.