1. Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talablar va ularga gigiyenik xulosalar berish Reja


-modda. Yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish



Yüklə 117,18 Kb.
səhifə33/38
tarix18.01.2022
ölçüsü117,18 Kb.
#51386
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
1. Mavzu Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talabla

10-modda. Yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish

Yuridik va jismoniy shaxslar yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish yoki uni takomillashtirish chog‘ida, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish chog‘ida oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini, yaroqlilik muddatini, sifat ko‘rsatkichlarini va nazorat qilish usullarini asoslab berishlari shart.

Oziq-ovqat mahsulotining sifat ko‘rsatkichlari, uning xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar majburiy bo‘lib, ushbu mahsulotning normativ hujjatlariga kiritiladi.

Sifati va xavfsizligi muayyan vaqt o‘tganidan keyin o‘zgarishi hamda odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotiga yaroqlilik muddati belgilanadi.



Oldingi tahrirga qarang.

Yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishga, yangi texnologiya jarayonlarini, uskunalarni joriy etishga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan, hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xomashyosi esa davlat veterinariya xizmati tomonidan o‘tkaziladigan veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasidan keyin va (yoki) mahsulot belgilangan qoidalar va normalarga mosligi haqida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning sanitariya-epidemiologik xulosasi, davlat veterinariya xizmatining veterinariya xulosasi olinganidan hamda oziq-ovqat mahsuloti davlat reyestriga kiritilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.



(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)


Yüklə 117,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin