16-modda. Oziq-ovqat mahsulotini olib qo‘yish
Odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti tegishli davlat nazorati organlarining qaroriga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Qoidalar va normalarga mos kelmaydigan oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish hamda uni yo‘q qilib tashlash
(17-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va ishlab chiqaruvchisini aniqlash mumkin bo‘lmagan, shuningdek sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari va (yoki) veterinariya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va sertifikatlashtirish sinovlari natijalariga ko‘ra davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlari tomonidan ovqatga ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilish va realizatsiya qilinishdan olib tashlanadi, u belgilangan maqsadda ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi kerak.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlash yoki yo‘q qilib tashlash usullari va shartlari uchun egasi tomonidan tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishib olinadi.
Oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish (uni qayta ishlash) yoki yo‘q qilib tashlash uning egasi tomonidan yoki mahsulot egasi shu ishlarni bajarishni shartnoma bo‘yicha topshiradigan tashkilotlar tomonidan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga davlat hokimiyati mahalliy organlarining, davlat nazorati organlarining, soliq organlarining va jamoatchilikning vakillari kiradi.
Oziq-ovqat mahsuloti hayvonlarga yem sifatida ishlatilgunicha yoki yo‘q qilib tashlagunicha alohida joyda (rezervuarda), alohida hisobda, miqdorini, ishlatish (qayta ishlash) yoki yo‘q qilib tashlash usullari va shartlari aniq ko‘rsatilgan holda saqlanishi kerak. Bunday mahsulotning but saqlanishi uchun uning egasi javobgar bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotini ekspertiza qilish, yo‘q qilib tashlash usullari va shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish va yo‘q qilib tashlash bilan bog‘liq xarajatlarni uning egasi to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oziq-ovqat mahsulotining egasi davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlariga ushbu mahsulotdan foydalanilganligi yoki u yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etadi.
(17-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
18-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: |