1. Mavzu: Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talablar va ularga gigiyenik xulosalar berish Reja


-modda. Oziq-ovqatlarni saqlash va tashish



Yüklə 117,18 Kb.
səhifə36/38
tarix18.01.2022
ölçüsü117,18 Kb.
#51386
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
1. Mavzu Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talabla

13-modda. Oziq-ovqatlarni saqlash va tashish

Oziq-ovqatlarni saqlaydigan va tashiydigan yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarga rioya etishlari, oziq-ovqat sifati saqlanishini va xavfsizligini ta’minlashlari shart.



14-modda. Oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilish

Majburiy sertifikatlanadigan oziq-ovqat mahsuloti yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bo‘lgan taqdirda realizatsiya qilinadi.

Oziq-ovqat mahsulotini chakana sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 75-sonli qarori.

Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shu maqsadlar uchun ajratilgan joylarda yo‘l qo‘yiladi.

Quyidagi hollarda oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi:

mahsulot sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lmasa, majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar uchun esa moslik sertifikati bo‘lmasa;

saqlash va realizatsiya qilish uchun tegishli sharoit bo‘lmasa;

yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa;

mahsulot qalbakilashtirilgan bo‘lsa;

mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo‘lmasa.



Keyingi tahrirga qarang.


Yüklə 117,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin