1-mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Reja



Yüklə 32,11 Kb.
səhifə2/9
tarix25.09.2023
ölçüsü32,11 Kb.
#148296
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PK Ma\'ruza 1

“Avesto”da bolalarni o'qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda tavsiya etilgan:
a) diniy va axloqiy tarbiya;
b) jismoniy tarbiya;
v) o'qish va yozishga o'rgatish.
Maxsus tayyorgarlikdan o'tgan muallimlar bolalarni yetti yoshidan boshlab, diniy tarbiyaga asoslangan maktablarga jalb qilishgan. Maktablarda “muqaddas yashil ko'ylak” kiydirish marosimi o'tkazilgach, kohin muallimlar bolalarni “Avesto”da keltirilgan madadkor kuchlarni ulug'lovchi ezgulik va yaxshilik ma'budasiga sig'intirishgan. Duolar quyidagi so'zlar bilan boshlangan: “Men zardushtiylik diniga sodiq qolishga va'da beraman, men yaxshi fikrlar, yaxshi so'zlar, yaxshi amallarga ishonaman...”. Marosimdan so'ng muallimlar bolalarga sovg'alar ulashishgan.
Muallimlar mashg'ulotlar jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy jazodan ko'ra ko'proq o'z diniga ishonch va e'tiqodni, dunyodagi barcha yaxshilik va ezguliklarning bunyodkori, ilohiy Axuramazdaga sig'inishni, odamlar boshiga yovuzlik va yomonliklarni yog'diruvchi Axrimandan esa nafratlanish hissini tarbiyalar edilar. Bolalarning sog'lom va baquvvat bo'lib o'sishi bilan birga o'z dinining barcha rasm-rusumlarini to'liq bajarishiga, o'rganilayotgan fanlarni puxta bilishiga, axloqiy pokligiga, mehnatsevarlik, rostgo'ylik, saxovatlilik kabi fazilatlarni egallashiga kohin muallimlari javobgar edilar. “Avesto”da yer, suv va havo muqaddas deb e'lon qilinib, muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish bilan jazolanardi. Tabiatni asrash, uni obod qilish yoshlik davrlaridanoq ular ongiga singdirilgan. Zardushtiylik dini ta'limotida ilgari surilgan umuminsoniy qadriyatlar majmuasi ezgulik va yaxshilik, jaholat va yomonlik, ta'lim va tarbiya haqidagi g'oyalari bilan ulkan pedagogik ta'sir kuchiga ega bo'lgan. Bunda tarbiyachi muallimlarning o'z kasbiga sadoqatini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Zardushtiylik dinida iymon uchta tayanchga asoslanadi: fikrning sofligi, so'zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Muallimlar ta'lim va tarbiyada yoshlar ongiga “bergan so'zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo–sotiq va shartnomalarga qat'iy amal qilish, qarzni o'z vaqtida to'lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo'lish, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash, iymon–e'tiqodli bo'lish, miskinlarga yordam berish, yaxshi niyat, yaxshi so'z va yaxshi amallarga qo'l urish” kabi insoniy tuyg'ularni singdirish uchun qizg'in mehnat qilganlar. Xullas, “Avesto” dunyodagi eng qadimgi din – zardushtiylik ta'limotining axloqiy falsafasi sifatida e'tirof etiladi.
Buyuk allomalarimiz o'z asarlarida mudarrislar kasbining nozikligini, mas'uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qo'yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to'g'risida o'z mulohazalarini bildirganlar. Uyg'onish davrining yetuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abul-Qosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Sa'diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo'lajak murabbiylarga muhim manba bo'lib hisoblanadi. Ular avlodlardan avlodlarga o'tib, o'z qimmatini yo'qotmagan mudarrislarni, tarbiyachilarni tayyorlash tajribalarini umumlashtirib, boyitib borishgan. Zero, insoniyat kelajagi va kurrai zaminning gullab yashnashi faqat ta'lim va tarbiyaga bog'liq ekanligini buyuk mutafakkirlar chuqur his qilishgan. Shuning uchun muallimlar kuchi va g'ayrati bilan barkamol avlodni tarbiyalash ularning eng yorqin orzusi bo'lib kelgan. O'zbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashab o'tgan allomalarning bu borada o'z o'rni va hurmati bor. Barkamol avlodni tarbiyalash, bunda muallimning o'rni to'g'risida allomalarimiz ijodiy merosidan juda ko'p misollar keltirishimiz mumkin.

Yüklə 32,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin