Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, “pedagogik mahorat” tushunchasiga quyidagi tarzda umumlashgan ta’rifni berish mumkin: Pedagogik mahorat – bu o’quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish, talabalarda (o’quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan faoliyatga moyillik uyg`otishdir. Umuman olganda, bo‘lg‘usi mutaxassis pedagogik mahorat qirralarini mukammal bilishi, bu borada yetakchi mohir o‘qituvchilar pedagogik ish tajribalarini o‘rganishlari zarur.
Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi: - pedagog shaxsini insonparvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo’nalishlari va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlod tarbiyalashga yo’naltirilganligi;
- mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo’lish;
- pedagogik qobiliyatga ega bo’lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan uqib olish);
- pedagogik madaniyat va texnikani egallash, ya’ni o’z-o’zini boshqara olish, o’zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.
1-rasm. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari Xulosa kilib aytganda, pedagogik mahorat - yuksak darajada pedagogik faoliyat yuritishga o’zini yo’naltira bilish uchun zarur bo’lgan shaxsiy xususiyatlar yig’indisidir.
Pedagogik mahoratni quyidagi tarkibiy qismlar tashkil etadi:
- insonparvarlik (gumanistik) yo’nalishi;
1. O’qituvchi shaxsining insonparvarlik (gumanistik) yo’nalishi - g’oyalari, qiziqishi, qadriy yo’nalishlari. Har bir o’qituvchi shaxsining pedagogik yo’nalishi turlicha, ko’p qirrali. Uning qadriy yo’nalishini: 1) o’z-o’zida bilimdon, talabchan, haqiqiy o’qituvchini ko’rishga; 2) pedagogik ta’sir etish vositalariga (o’quv materiali va hakozo); 3) o’quvchiga, bolalar jamoasiga; 4) pedagogik faoliyat maqsadiga - faoliyat ob’ekti, vositalarini - o’zgartirishga qaratilgan bo’lishi mumkin, ya’ni gumanistik strategiya.