1-mavzu. Pedagogik mahorat haqida tushuncha, uning o’qituvchi faoliyatidagi o’rni va ahamiyati. Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Reja


Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 399 - 469)



Yüklə 33,34 Kb.
səhifə11/11
tarix12.12.2022
ölçüsü33,34 Kb.
#74166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-Ma`ruza mashg`uloti

Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 399 - 469) o'quvchilar bilan savol-javob usuli orqali ta'lim-tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan. Sokratning shogirdi Platon o'z ustozi g'oyalarini davom ettirib, o'quvchilar bilan savol-javob usulini notiqlik san'atining bir shakli sifatidagi ahamiyati cheksiz ekanligini bayon etadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og'zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholaydi.
Yunonistonda yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda notiqlik san'atining ahamiyatini yoritib berish hamda uning rivojlanishi faylasuf olim
Demosfen (eramizdan avvalgi 384-322) nomi bilan uzviy bog'langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san'atiga qiziqdi. Tug'ma duduq bo'lishiga qaramasdan, o'quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bardosh berib, qizg'in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Barcha dunyoviy bilimlarni faqat notiqlik san'atining olijanob qudrati asosida tinglovchilar tafakkuriga yetkazish mumkin deb ta'kidlagan edi faylasuf. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san'atining yetuk namoyodasi, ya'ni elitasi sifatida mashhur bo'ldi. U davlat tribunasini siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar:
1. “Pedagogik mahorat” ga ta’rif bering?
2. Pedagogik mahoratni shakllantiruvchi omillar nima?
3. O'qituvchining kasbiy tayyorgarligi deganda nimani tushunasiz?
4. “Pedagogik mahorat” fanining vazifalari nimalardan iborat?
5. Yosh avlodni mustaqil hayotga tayyorlash qaysi davrlardan boshlangan?
6. O'rta Osiyoda ilk ta’lim va tarbiya qachon paydo bo'lgan?
7. “Avesto”da bola ta’lim-tarbiyasiga oid fikrlar?
8. Abu Nasr Forobiy asarlaridamudarrislarga qo'yiladigan talablar?
9. Kaykovus mudarrisning axloqiy belgisini qaysi xususiyatida ko'radi?
10. Abu Ali ibn Sinoning mudarrislarga tavsiyalari?
11. Alisher Navoiy asarlarida mudarrislar faoliyati haqida?
12. Notiqlik san’atiga asos solgan yunonistonlik mashhur faylasuflar kimlar?
Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin