12-MAVZU. MA’RUZA MASHG‘ULOTI VA UNING MAZMUNI Tayanch so‘zlar: ma’ruza, ma’ruza mashg‘ulotining mazmuni, ma’ruzaning tuzilishi, ma’ruza o‘qishga qo‘yiladigan talablar, ma’ruza turlari, kirish, axborot, obzorli, muammoli, ma’ruza vizual aloqa, binar, ma’ruza konsultatsiya, ma’ruza konferensiya, ma’ruza funksiyalari. 12.1. Ma’ruza mashg‘ulotining mazmuni Ma’ruza yuqorida ta’kidlanganidek,
oliy o‘quv yurti pedagogik
jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan shakli bo‘lib unda ta’lim
oluvchilarga maksimal darajada yangi ilmiy axborotlar berish, o‘quv
materialini talabalar ongiga yetkazish nazarda tutiladi. Ba'zan ma'ruza
faqat monolog bo'lib qoladi va prinsipial jihatdan videotasvirga yozib
olish mumkin. Biroq, bu usulni auditoriya sharoitida qo'llash noo‘rin.
Ma'ruzachining videoyozuvga nisbatan katta ustunligi talabalarning
fikr-mulohazalarini inobatga oladi va bu mashg‘ulot sifat va
samaradorligiga kattta ta’sir o‘tkaziladi. O'qituvchi va talabalarning
o'zaro ta'sir darajasi turlicha bo'lishi mumkin. Psixologik fanlardan
ma'ruza mashg‘ulotlarining asosiy funksiyalarini ko'rib chiqamiz.
Yechilishi kerak bo'lgan vazifalarga qarab, olimlar ma'ruzaning
turli funksiyalarini belgilaydilar. Psixolog N.U.Zaychenko ma'ruzaning
maqsad va vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni belgilaydi:
tashkil etish, yo'naltirish, rag'batlantirish, ishontirish, metodologik,
boshqarish, rivojlantirish, tarbiyalash, ma'lumot berish.
Olimning fikricha
tashkiliy funksiya “tarkibni barcha tashkiliy
shakllarda ishlab chiqishga ajratish orqali” mavzuni o‘rganishni tashkil
yetish imkonini beradi.
Yo‘naltiruvchi funksiya kasbiy va motivatsion yo‘nalishni asosiy
tarkib manbalarini ko‘rib chiqish, ichki va tashqi turli nazariyalarni
tahlil qilish orqali boshqaradi.