202
Ishontiruvchi
funksiya, birinchi navbatda, bayonotlarni isbotlash
orqali, eng aniq haqiqatlarning zaruriyati va ahamiyatini ko'rsatish
orqali amalga oshiriladi.
Metodologik funksiya
ilmiy tadqiqot metodlarini ochib berish
orqali,
ilmiy tadqiqot tamoyillari, shart-sharoitlari, yondashuvlari va
metodlarini taqqoslash orqali talabalar tafakkurini rivojlantirishni o‘z
ichiga oladi.
Boshqarish funksiyasi
bilish jarayonini pedagogik boshqarishda,
talabalarning aqliy faoliyatini faollashtirishda namoyon bo‘ladi.
Rivojlantiruvchi funksiya
o'quv vazifalarini belgilashni va ularni
ongli ravishda bosqichma-bosqich hal qilishni amalga oshiradi, bu esa
talabalar shaxsining intellektual shakllanishiga yordam beradi.
Tarbiyalash funksiyasi
o'rganish mavzusiga nisbatan hissiy-
baholovchi munosabatni uyg'otadi, ma'ruzachi bilan o'zaro aloqada
ilmiy ma'lumotlarning taqdim etilgan hajmini bilish uchun chuqur ichki
motivatsiyani shakllantiradi.
Axborot funksiyasi
ilmiy
faktlar va hodisalarni, ularning asosiy
qoidalari va xulosalarini, qonunlari va qonuniyatlarini
ularning izchil
dalillarida ochib berish orqali o'quv mavzusining mantiqiy tuzilgan
asosiy mazmunini taqdim etadi.
Psixolog V.N.Karandashevning fikriga ko‘ra, ma’ruzaning
an’anaviy funksiyalari axborot,
tizimlashtirish, tushuntirish va
rivojlantirishdir.
1.
Tarixiy jihatdan
axborot funksiyasi
asosiy bo'lgan.
Dastlabki
universitetlarda ma’ruzalarning asosiy maqsadi o‘qituvchi-professorlar
tomonidan talabalarga yangi bilimlarni uzatish edi. Hozirgi kunda
ko'plab o‘quv adabiyotlarning nashr bo‘lishi sababli ma'ruzalarning bu
funksiyasi qisman o'z ahamiyatini yo'qotdi. Shu nuqtai nazardan
darsliklardagi materialni talabalar mustaqil o‘qiy
oladilar va mazkur
materal o‘qituvchi tomonidan qayta so‘zlab berishi yehtimol
o‘rinsizdir. Biroq, ma’ruzaning bu funksiyasi nashr etilgan
adabiyotlarda mavjud bo'lmagan, ammo o‘qituvchi
nuqtai nazaridan
zarur bo'lgan o'quv materialini etkazishi ma'nosida o'z ahamiyatini
saqlab qoladi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar hali chop etilmagan fanlar
bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qishda axborot funksiyasi dolzarbligicha
qolmoqda.
203
2.
Ma'ruzalarning ikkinchi muhim funksiyasi -
Dostları ilə paylaş: