№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/186
tarix20.11.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#163674
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   186
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

1)
seminar-praktikumlar 
(ushbu seminarlarda talabalar amaliy 
vaziyatli muammolarni hal qilishning turli variantlarini muhokama 
qiladilar, psixologik pozitsiyalarni argumentlar sifatida ilgari 
suradilar); 
2) seminar-munozaralar
(psixologik tadqiqotlarning turli 
usullarini muhokama qilishni o‘z ichiga oladi). 
V.N.Karandashev seminarlarni 
reproduktiv
va 
produktiv
turlarga ajratilgan
2

Seminar mashg'ulotining reproduktiv turi talabalarning bilim 
qobiliyatini quyidagi metodlar yordamida faollashtirishni o'z ichiga 
oladi: 
- ma'ruzalar, darsliklar yoki boshqa manbalar materiallari asosida 
o'quv materialini yodlash va aniq qayta hikoya qilish; 
- o'z fikrini bildirish. 
Reproduktiv turdagi seminarni o'tkazish, olimning fikriga ko'ra, 
quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: 
- tashkiliy qism (mashg‘ulotda davomatni aniqlash); 
- mashg‘ulotga tayyorgarlikni va tayyorgarlik jarayonida talabalar 
duch kelgan qiyinchiliklarni aniqlash; 
- mashg‘ulotining asosiy savollarini shakllantirish va ularni 
talabalar tomonidan ochib berish; 
- qo'shish va sharhlash, o'z fikrini bildirish. 
Seminarni tashkil yetishning produktiv turi talabalarning bilish 
qobiliyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish va yeshitgan 
yoki o‘qigan o‘quv materialini baholash orqali faollashtirishni o‘z 
ichiga oladi. Seminarning bu turi davomida talabalar materialni 
muayyan manbadan ko‘chiribgina qolmay, balki ularning aqliy 
faoliyatini faollashtiruvchi savol va topshiriqlar taklif etiladi. 
Seminarning produktiv turini o‘tkazish muammoli vaziyatlarni 
yaratish, talabalar va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkil 
yetishni o‘z ichiga oladi. 
1
Бадмаев, Б.Ц. Методика преподавания психологии [Текст]: учеб. пособие для студ. высш. учеб. заведений 
/ Б.Ц. Бадмаев. – М.: Владос, 2001. – 304 с. 
2
Карандашев, В.Н. Методика преподавания психологии [Текст]: учеб. пособие / В.Н. Карандашев. – СПб.: 
Питер, 2008. с. 121


219 
Psixolog N.U.Zaychenko quyidagi seminar turlarini aniqlaydi: 
1) didaktik maqsadlariga ko‘ra (umumlashtirish seminari, o‘quv 
adabiyotlarini o'rganish bo'yicha seminar); 
2) tashkiliy metodiga ko‘ra (seminar-munozara, seminar-tadqiqot, 
seminar-suhbat, seminar-konferensiya). 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin