Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar: 1. Ma’ruza haqida ma’lumot bering. 2. Psixolog N.U.Zaychenko ma'ruzaning maqsad va vazifalariga muvofiq qaysi funksiyalarni ko‘rsatgan? 3. V.N.Karandashev ma'ruzaning qaysi funksiyalarni ko‘rsatgan? Ularni izohlang. 4. Ma’ruzaning tuzilishini tushuntiring. 5. Ma’ruza o‘qishga qaysi talablar mavjud? 6. Ma’ruza turlarini izohlang. 7. N.U.Zaychenko ma'ruzani qaysi turlarga ajratgan? 8. Muammoli ma’ruza haqida ma’lumot bering.
217
13-MAVZU. PSIXOLOGIYA FANLARIDAN SEMINAR VA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI Tayan so‘zlar: seminar mashg‘uloti, seminar turlari, seminar, amaliy, bahs munozara, seminar mashg‘ulotini tashkil qilish, seminar mashg‘ulotiga tayyorlanish, konspektlashtirish. 13.1. Seminar mashg‘ulotining mohiyati va turlari Psixologiya fanlarini o‘qitishda seminar mashg‘uloti – bu
o‘qitishning dialogik shaklidir. Talabalar faollik darajasi turlicha
bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, bilimlarni faol muhokama qilish jarayonida
o‘rganish imkoniga yega. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, seminarlarda
talabalar ma'ruzalarda yoki kitoblardan olgan bilimlarini qayta hikoya
qilish yoki muhokama qilish jarayonida mustahkamlaydilar. Turli
manbalar (nafaqat darsliklar) asosida mashg‘ulotlarga tayyorgarlik
ko‘rish va taqdimot qilish talabalarning kursga doir bilimlarini
kengaytiradi.
Seminar, psixologiyani o'qitishning tashkiliy shakli sifatida,
ma'ruzadan farqli o'laroq, o'quv materialini muhokama qilishda
talabalarning ishtirokini o'z ichiga oladi.
Seminarlarning maqsadi:
1) talabalarning o'quv faoliyatini faollashtirish;
2) muammoning echimini ijodiy izlash;
3) kognitiv motivatsiyani rivojlantirish;
4) ijodkorlikni rivojlantirish;
5) kasbiy fazilatlar, bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish.
Vazifalar:
-
aniq
mavzular
bo'yicha
olingan
nazariy
bilimlarni
umumlashtirish, tizimlashtirish, chuqurlashtirish, mustahkamlash;
- olgan bilimlarini amalda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish;
- intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish;
- kasbiy ahamiyatga ega fazilatlarni rivojlantirish.
Maqsad va vazifalarga qarab, o'quv jarayonidagi seminarlar
quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1) bilimlarni mustahkamlash;
2) bilimlarni kengaytirish;
3) mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish;
218
4) intellektual faoliyatni rag'batlantirish.
Olimlar seminarlarning har xil turlarini ajratib ko'rsatadilar.
B.S.Badmaev seminarni quyidagi turlarini ko‘rsatgan
1
: