184
referatlar yozish, kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarni yozish,
malakaviy amaliyotlar ham kiradi. Oliy ta'lim muassasasi boshqa o'quv
turlarini ham tashkil qilishi mumkin.
Har bir semestr oxirida yakuniy nazorat
jarayonida talabalar
semestr davomida o'qigan fanlari bo'yicha kreditlar va imtihonlarni
topshiradilar.
Sirtqi o'qish shaklida talabalar o'quv dasturining o'quv materialini
kunduzgi shaklda bo'lgani kabi bir xil hajmda o'rganadilar, ammo
nazariy ta’limdan ko‘ra mustaqil ta’limning hajmi ko‘proq bo‘ladi.
Sessiyalar har semestrda o'tkaziladi.
Psixologik fanlarini o‘qitishda
ma'ruza
o'qitishning monologik
shakli hisoblanadi. An'anaviy ma'ruzalarning o'ziga xos xususiyati
shundaki, o'qituvchi faol,
talabalar nisbatan passiv, ularning
faoliyatining tashqi ko'rinishlari juda kam (ular asosan tinglashadi).
Ma'ruzaning an'anaviy funksiyalari: 1) axborot uzatish, 2)
tizimlashtirish va 3) tushuntirish. O'qituvchi ma'ruza davomida yangi
bilimlarni
tizimli ravishda etkazadi, shuningdek, o'quv kursining eng
qiyin masalalarini tushuntiradi. Ma'ruzalar ham rag'batlantiruvchi va
rivojlantiruvchi funksiyaga (4) ega bo'lishi mumkin. Ma'ruzalar juda
murakkab o'quv tshaklidir, shuning uchun ularni o'tkazish ko'pincha
eng tajribali o'qituvchilarga topshiriladi. Ushbu turdagi mashg‘ulotlarni
tayyorlash va o'tkazishda odatda yosh o'qituvchilar
eng katta
qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Psixologiya fanlarini o‘qitishda
seminar
ma’ruzadan farqli
ravishda, talabalarning o‘quv materialini muhokama qilishdagi
ishtirokini o‘z ichiga oladi. Ularning faoliyat shakllari har xil bo‘lishi
mumkin. Shu bilan birga, seminar mashg‘ulotida talabalar gapirishi va
o‘qituvchi bu jarayonni boshqarishi zarur. O‘quv jarayonidagi
seminarlar quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) bilimlarni mustahkamlash;
2) bilimlarni kengaytirish; 3) mustaqil ish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
4) aqliy faoliyatni rag‘batlantirish. Seminarlarda talabalar ma’ruza yoki
kitoblardan olingan bilimlarni qayta
hikoya qilish yoki muhokama
qilish jarayonida mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladilar. Seminar
mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish axborotni mustaqil qidirish va
qayta ishlash qobiliyatini rivojlantiradi. Talabalarning aqliy faoliyatini
faollashtirish darajasiga qarab seminarlarni tashkil yetish shakllarini
ikki turga bo‘lish mumkin: 1) reproduktiv va 2) produktiv.
185
Seminar mashg‘ulotlarni tashkil
yetishning reproduktiv turi,
birinchi
navbatda,
o‘quvchilarning
eslab
qobiliyatlarini
faollashtirishadi. Talabalar o‘tilgan ma’ruza, darslik yoki boshqa
manbalar asosida aniq o‘quv materialini yeslab qolishlari va qayta
so‘zlab berishlari kerak bo‘ladi..
Seminar mashg‘ulotlarni tashkil yetishning produktiv turi
o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini faollashtirishni o‘z ichiga oladi.
Talabalar yeshitgan yoki o‘qigan materiallar
va tayyorlagan savol va
topshiriqlarni ma’lum bir tarzda taqqoslaydilar, tahlil qiladilar,
umumlashtiradilar, tanqidiy baholaydilar va xulosa chiqaradilar.
Psixologiya fanidan
Dostları ilə paylaş: